306
zarba berishi mumkin. Shamol ta’sirida kontakt simining gorizontal
yo‘nalishda ko‘proq siljishi uning polozdan chetga chiqib ketish xavfini
tug‘diradi, natijada kontakt osmasi va tok qabul qilgich shikastlanadi.
Gorizontal yo‘nalishda shamol yuklamasi fiksatorlar qo‘shimcha sterjenlari
holatini shunday o‘zgartirishi mumkinki, bunda kontakt simi dastlabki ishchi
holatiga qaytmasligi mumkin. Kontakt tarmog‘idagi bunday holat to‘ntarilish
deb ataladi va unda fiksatorlar va izolyatorlar sterjenlari sinishi kuzatiladi.
Ochiq
joylarda, shamol yo‘lga perpendikulyar esganda, odatda,
muzlamada, yani simlar aerodinamik xarakteristikalari o‘zgarganda,
tebranish chastotasi 1 Hs ga yaqin bo‘lgan avtotebranishlar yuzaga keladi.
Kontakt simi tebranish amplitudasi shunchalik katta (1,5 m gacha) bo‘lishi
mumkinki, natijada kontakt tarmog‘i elektrovozni qoniqarli darajada tok
bilan ta’minlay olmasligi mumkin. Shamolga barqarorlik kontakt tarmog‘ini
loyihalash bosqichida hisobga olinadi va uni montaj hamda ekspluatatsiya
qilishda ko‘zda tutiladi. K.t.sh.b.i. turli klimatik hududlar uchun har bir
hudud mikrirelefining shamolni kuchaytirishiga ta’sirini hisobga olgan holda
aniqlanadi. Shamolni simga ta’siri
uning kesimi balandligiga, shamolning
hisobiy tezligi va aerodinamik (lobovoe)qarshiligiga bog‘liq. Kontakt
simlarining gorizontal yo‘nalishda siljishi yondosh tayanchlar orasidagi
masofa
l
ning ortishi bilan
𝑙
2
ga
proporsional ravishda, simlar tarangligiga
esa teskari proporsionallikda ortadi. Kontakt osmasi simlarining zigzag
ko‘rinishida joylashtirilishi kontakt simini shamol ta’sirida tok qabul qilgich
o‘qiga nisbatan ko‘proq og‘ishiga sababchi bo‘ladi. Davlat standartlarida
respublikamiz t.y. ning to‘g‘ri chiziqli uchastkalarida kontakt simining
shamoldan og‘ishi
0,5 𝑚
dan, yo‘lning egri
chiziqli uchastkalarida esa
0,45 𝑚
dan oshmasligi belgilab qo‘yilgan.
Kontakt simlarini shamol ta’siridan shikastlanishini oldini olish uchun
simlar tarangligini oshiriladi va fiksirlovchi qurilmalar kuchaytiriladi(qattiq
rasporkalar,
fiksatorlar
qo‘shimcha
sterjenlari
siljishini
cheklovchi
elementlar, ushlab turuvchi elastik strunalar o‘rnatiladi va b.). Simlarning
avtotebranishlari muzlamalarni o‘z vaqtida yo‘qotish va tebranishlarni
aerodinamik so‘ndirgichlardan foydalangan holda bartaraf etiladi. Zarurat
tug‘ilganda shamol ta’sirini sezilarli darajada
kamaytirish maqsadida
shamolga barqaror bo‘lgan rombsimon kontakt osmasi montaj qilinadi yoki
qo‘shimcha oraliq tayanchlar o‘rnatish hisobiga yondosh tayanchlararo
masofa 2 martaga qisqartiriladi.