160
5.33. Fazalash
(F.)
– Фазировка - Phasing
- o‘zgaruvchan tok
tortuvchi nimstansiyalarining transformatorlari chulg‘amlarini ta’minlovchi
fiderlarga ulanish usuli bo‘lib, unga ko‘ra yondosh
tortuvchi nimstansiyalar
kontakt tarmog‘ining bitta umumiy uchastkani ta’minlayotgan fiderlari tashqi
elektr ta’minoti tizimining bitta (masalan,
A
) fazasidan elektr energiyasini
oladi. Fiderlarning bunday ulanishi yondosh tortuvchi ninstansiyalar parallel
ishlashini ta’minlaydi va tegishli uchastkada harakatlanayotgan elektr harakat
tarkibini bir vaqtning o‘zida tashqi elektr ta’minoti tarmog‘i turli fazalaridan
ta’minlanib qolishidan saqlaydi.
5.11-rasm. Tortuvchi nimstansiya transformatori ikkilamchi (tortish)
chulg‘amlarini ulanish sxemasi.
Bir fazali o‘zgaruvchan tok elektr harakat tarkibini uch fazali tashqi
elektr ta’minoti tarmoqlaridan ta’minlash uchun mamlakatimiz elektrlashgan
t.y.larida tortuvchi nimstansiyada o‘rnatilgan uch fazali transformatorlardan
foydalaniladi, ularning tortish yuklamalar tomonidagi chulg‘amlari
uchburchak ulanadi (5.11- rasm). Ushbu uchburchakning
ikkita uchi har bir
yo‘l kontakt tarmog‘ining tortuvchi nimstansiyadan chap va o‘ngda
joylashgan seksiyalariga, uchinchi uchi esa rels tarmog‘iga ulanadi. Har bir
nimstansiya barcha fiderlari yuklanganda va nimstansiyani tashqi elektr
ta’minoti tarmog‘iga yuklamalarni simmirtiyalashni
hisobga olgan holda
ulanganda turli nimstansiyalarda bir xil faza yuklanish bo‘yicha turli
sharoitlarda bo‘ladi. Nimstansiyada orqada qoluvchi, ilgarilovchi va kam
yuklangan fazalar mavjud bo‘lib, nimstansiyaning ta’minlash
yelkasiga
bevosita ulanmagan faza chulg‘ami (
a
va
b
tugunlar orasiga ulangan
chulg‘am) kam yuklangan faza deb nomlanadi. Nimstansiyaning ikkala
ta’minlash yelkasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi qolgan ikkita faza
chulg‘amlari kam yuklangan fazaga nisbatan ko‘p yuklangan bo‘ladi.
161
O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyasidan notortuvchi iste’molchilar
ikkita
sim-rels liniyalari, tuman iste’molchilari va avtomatik blokirovkani
ta’minlash liniyasi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Ikkita sim-rels
liniyasining asosiy va zaxira ta’minlash simlari shunday fazalanishi lozimki,
bunda manba almashlab ulanganda bu tizim simi elektr energiyasini
almashlab ulanishdan avval qaysi fazadan olgan bo‘lsa,
keyin ham shu
fazadan olsin. Tuman iste’molchilari va avtomatik blokirovka liniyalarini
ta’minlashda ham nimstansiyada xuddi shunday fazalash amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: