162
bo‘lgan shinalar, ikkilamchi kommunikatsiyalar va shkaflarni o‘zaro ulovchi
similar
dasta(jut)lari,
himoya,
boshqaruv,
avtomatika,
o‘lchash
apparaturalarini konstruktiv jihatdan birlashtirgan elektr uskuna.
5.37. Himoya potensiali
(
yer osti inshoatining
)
(H.p.) – Защитный
потенциал
подземного сооружения
– Protective potential
of
underground structures
–
t.y. yer osti inshoati metall qismining elektr
potensiali bo‘lib, u ma’lum darajada yer korroziyasi va daydi toklar
hisobidan yuzaga keladigan korroziyadan himoya qiladi. Turli metallar uchun
H.p. turlicha qiymatga teng bo‘ladi (0,5 dan 1,5 V gacha). Uning minimal
qiymati korroziya jarayonining boshlanishiga,
maksimal qiymati esa
izolyatsion qatlamni metaldan ajralishiga, ayrim metallar (alyuminiy,
qo‘g‘oshin) uchun – katodli korroziyaga mos keladi. H.p. qiymati inshoat
potensialini o‘lchashda ishlatiladigan elektrodlar turiga ham bog‘liq bo‘ladi
(qutblanadigan elektrod – po‘lat, qo‘rg‘oshin va b., qutblanmaydigan – mis
sulfatli, xlor kumushli, vodorodli).
5.38. Himoyalovchi vositalar
(
elektr tokidan shikastlanishdan
)(H.v.)
–
Защитные средства
от поражения электрического тока
– Protective
equipment against electric shock-
elektr toki, elektr yoyi va ularning
oqibatida yuzaga keladigan yong‘indan insonlar
shikastlanishidan himiya
qiluvchi asboblar, apparatlar, turli xil ko‘chma moslamalar va qurilmalar
hamda ularning qismlari.
Izolyatsiyalovchi, to‘suvchi va saqlovchi
H.v.lari
qo‘llaniladi. Izolyatsiyalovchi vositalar insonni tok o‘tkazuvchi yoki
yerlatgichlar qismlardan va yerdan ajratib turadi(
Elektr xavfsizligi
ga
qarang!).
To‘suvchi vositalar
tok o‘tkazuvchi qismlardan ularga tasodifan tegib
ketmaslik va xavfli bo‘lgan masofagacha yaqinlashmaslik uchun vaqtincha
to‘sib turadi hamda kommutatsion apparatlarga adashib xizmat
ko‘rsatmaslikdan asraydi. Ular turkumiga vaqtinchalik ko‘chma to‘siqlar,
yerlovchi va shuntlovchi shtangalar hamda ogohlantiruvchi plakatlar kiradi.
Yerlatgich shtanga - kontakt tarmog‘i va ikkita sim – rels liniyasi simlarining
yerlash vositasidir. Yerlatgich shangalarini
relslar yoniga yoki asosiga
mahkamlash maqsadida qisqichli(boshmoqli) qilib yasaladi. Kontakt
tarmog‘ini yerlatish jarayoni o‘ta xavfli (ishchi kuchlanish ajratilganda ham
unda kuchlanish induksiyalanishi xavfi) bo‘lganligi sababli shtanga
konstruksiyasida uni maxsus ketma-ketlikda oshish va yechib olish belgilab
qo‘yilgan. Bu jarayonlar xodim tomonidan delekrtik qo‘lqoplarda bajariladi.
163
Drezina, avtomotris yoki izolyatsion ko‘chma balandlik ustida turgan inson
ishchi kuchlanish ostida bo‘lgan kontakt tarmog‘ida biror ish bajarayotganda
va undagi bir qancha elementlarga tekkanda
uni himoyalash uchun
elementlar potensiallari shuntlovchi shtangalar yordamida o‘zaro
tenglashtiriladi.
Saqlovchi vositalar
ishchi xodimni yorug‘lik, issiqlik va mexanik
ta’sirdan, yonuvchi mahsulotlardan, elektromagnit maydon ta’siridan hamda
balandlikdan yiqilib tushishdan saqlaydi. Ularga himoya ko‘zoynaklar, qiyin
yonadigan matolardan tayyorlangan maxsus qo‘lqoplar, himoya kaskalari,
gazdan asrovchi moslamalar, saqlovchi belbog‘lar, ehtiyotlovchi kanatlar,
elektromagnit maydon ta’siridan himoyalovchi ko‘chma ekran qurilmalari va
b. kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: