Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
73 
birlikmalarini farqlash, ajratish, kompyuter orqali ko'rgazmalarni ko'rastib borish, axloqiy 
fazilatlarni anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Savod o'rgatish davrida ustunchalardagi 
so'zlarni o'qishga o'rgatish bolalarni gaplarni o'qishga tayyorlaydi. 
Ta'lim jarayonida har bir o'quvchini og'zaki va yozma nutqlarini shakllantirishda turli xil 
didaktik materiallardan foydalanish o'quvchilar faolligini oshiradi. O'qishda bolalar gapdagi 
hamma so'zlarning ma'nosini tushunmasliklari mumkin, lekin bu jarayonda o'qituvchi uning 
ma'no va mazmunini tushuntirib berishi lozim. Alifbe davrida o'quvchilarda yetarli o'qish 
ko'nikmasi bo'lmaganligi uchun, ularning diqqati faqat bir so'z ma'nosiga yoki kichik hajmli 
gap ma'nosiga tortiladi, matn mazmunini tushunishga o'quvchilar qiynaladilar. Bunga erishish 
uchun o'qituvchi har bir o'qish mashg'ulotida o'quvchilar o'qigan so'z, gap, matn mazmunini 
tushunib o'qishlariga e'tibor berishi kerak. O'qilgan gapning, ayniqsa, matnning mazmunini 
tushunishda ifodali o'qish katta rol o'ynaydi. Odatda, bolalarning o'qish ohangi so'zlashuv 
ohangidan farq qilmaydi. O'qishda jonlilik sezilmaydi, sun'iy ohang bilan o'qiydilar. Bu hol, 
so'zsiz, ifodalilikni buzadi. O'quvchilarni ifodali o'qishga o'rgatish juda murakkab ishdir. 
Buning uchun o'quvchilar matnni bir marta o'qib chiqsalar, keyin o'qituvchi matnning 
xarakteriga qarab so'zni ifodali o'qib beradi, har bir gapni qanday ohang bilan bog'lash, gap 
tugaganda esa nuqta oldidan ovozni pasaytirish kerakligini tushuntiradi. O'quvchilarning ifodali 
o'qishlari matn mazmunining to'g'ri va to'liq tushinilishiga imkon beradi. 
Bolalar gap ma'nosini tushinib oldimi yoki gapdagi har bir so'zning ma'nosini 
tushundimi? Bularni ham o'qituvchi bilishi kerak. Boshlang'ich sinflarda bolalarning javobi 
to'liq bo'lishi, bir so'z bilan "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berishlariga o'qituchi yo'l qo'ymasligi 
kerak. O'quvchilar matnning mazmunini tushunish uchun matn tarkibidagi barcha gaplar 
mazmuni tushunishi, ularni bir - biriga bog'lay olishi talab qilinadi. Bu esa bola uchun murakkab 
bo'lganligi sababli o'qituvchining savoli ularning tushunishiga yo'llanma, vosita vazifasini 
o'taydi. O'qituvchining bunday yordami o'quv davrining xarakteriga qarab turlicha bo'ladi. 
Masalan, agar alifbo davrining dastlabki bosqichlaridan boshlab bolalarga bunday savollalarga 
javob berishga o'rgatib borilsa, keyinchalik ularga umumiyroq savollar bilan murojaat qilish 
mumkin. 
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bolalarning o'qish tezligi va o'qishdagi ifodalilik bir xil 
rivojlanmaydi. Ayrim o'quvchilar o'qish malakasini osonlikcha tez egallasalar, boshqalari sekin 
shoshilmay bo'g'inlab o'qiydilar. Buning sabablari o'z - o'zidan ma'lum, o'quvchilarda 
o'zlashtiruvchanlik, o'z diqqatini markazlashtirish, umumiy tayyorgarlik darajalari hech qachon 
bir xilda bo'lmaydi [3]. 
Boshlang'ich sinflarda axborot tehnologiyalaridan foydalanish bugungi kunda 
o'quvchilarning bilim olish saviyalarini shakllantiribgina qolmay ularning barcha fanlarga 
bo'lgan qiziqishlarini shakllantiradi. Ma'lumki barcha fanlarni bir - biriga bog'lab olib borishni 
amalga oshirishishimiz mumkin. Eng muhimi shundaki, har bir matnda fikr nima haqida 
berilayotganini aniqlab olish va matn nazmunini to'liq tushunib yetish imkonini beradi. 
Shuning uchun, o'quvchi o'qigan matni yoki hikoyasini qanchalik yaxshi va puxta 
tushunsa matn yuzasidan bo'ladigan savol - javoblarda mustaqil va dadil o'z javobini ayta oladi. 
O'qish malakalari deganda badiiy asar matnini to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qish tushuniladi. 
O'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. 
O'qish malakasining sifatlari o'zaro bog'liq bo'lib, ularning asosi ongli o'qish hisoblanadi. 
O'quvchi matnni tez va to'g'ri o'qisa - yu, anglab o'qimasa yoki uning tez o'qishi natijasida 
boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to'g'ri o'qisa - yu, o'ta sekin o'qisa nutq birliklari 
orasidagi to'xtamlarga e'tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikrni tushuna olmaydi. 
Muayyan tezlikda va to'g'ri o'qish ongli o'qishga xizmat qiladi, to'g'ri, tez va ongli o'qish esa 
ifodali o'qishning asosi hisoblanadi. 
O'qish malakalarini egallash maktabda o'qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli 
o'zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O'qish faoliyatining asosiy turi bo'lib 
o'quvchilarning g'oyaviy - siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan va ayniqsa, ularning 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish