II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
74
dunyoqarashlarini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o'qish
malakalarini o'stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsaga muvofiq ishlashni talab
qiladi.
Xullas, boshlang'ich sinflarda barcha o'qitiladigan fanlarda turli xil ko'rgazmalardan
texnik vositalardan foydalanib bilish darsning samaradorligini oshiribgina qolmay ularning
bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini shakllantiradi. Bu jarayonda barcha darslarda
ko'rgazmalilikning o'rni beqiyosdir. Bu o'z navbatida ularga fikr va mulohazalarini
shakllantirishga ahamiyatli hisoblanadi. Agarda o'quvchilarda o'qish malakalari shakllanmasa
o'quvchi o'qiganlari mazmunini tushunmaydi. Shuningdek, o'qiyotgan so'zlari ma'nosini
tushunmagan o'quvchi ham to'g'ri o'qishga qiynaladi. Shuning uchun, o'quvchining tushunishi
uchun to'g'ri va ifodali o'qishni bilishi va to'g'ri o'qishi uchun o'qiyotgan so'zlari ma'nosini
tushunishi maqsadli hisoblanadi.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI O‘QITISH SIFAT-
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Xojiyeva Nasiba Baxodirovna
Buxoro shahar 6-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Yurtimizda ta’lim tizimi islohotiga ustivor vazifa sifatida qaralishining zamirida
kelajagimiz, ertangi taraqqiyotimizni ko‘rish istagi mujassam.Bu xalqimiz orzu-havasining
buyukligidan, ertangi kunga ishonchidan darak beradi.
Murakkab, mashaqqatli, kutilmagan holatlarga boy, ammo jamiyatning zaruriy ehtiyoji
hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimini yangicha ko‘rinish va yangicha mazmunda amalga oshirish,
dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarni samarali qo‘llash orqali
ta’lim samaradorligiga erishish davr talabidir. Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi o‘z hayotida
shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, duch keladigan
muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh
bo‘lishini ta’minlashda asosan pedagog kadrlar salohiyati hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Demak, jamiyatdagi barcha yangilanishlarni uyg‘unlashtirish uchun shaxsiy yetuklik bilan
birga kasbiy kompetentlik ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada ta’lim-tarbiya jarayonida integrativ yondoshuvni amalga oshirish tizim yoki
mavjud shakldagi yaxlit ob’ektning ichki va tashqi
aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib borilishi mumkin.
Tasviriy san’at darslarida integrativ yondashuv fanga oid bilim, ish-xarakat usullari va shaxsiy
sifat hamda fazilatlarni yaxlitligini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Integrativ yondashuv
mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-birini taqozo etuvchi va bir-biriga singib
chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit
mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda
tutadi.
Integratsiyalash alohida o‘quv predmetlari chegarasida amalga oshiri-ladigan nazariy
sintez vositasi sifatida va fanlararo sintez shaklida namoyon bo‘lib, bevosita umummilmiy
bilimlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. Ingegratsiya-sintezning yuqori darajasi hisoblanadi.
Bilish jarayonida, tahlil qismlarga ajratish, sintez esa ularni birlashtirish (umumlashtirish)
sifatida namoѐn bo‘ladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va
dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrof-
muhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Modomiki shunday ekan, “Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
tasviriy san’at darslarining o‘qitilish holati qanday ahvolda?” degan savolga yechim topishga
to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |