II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
80
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Ta’lim to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasi
qonunlariga, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” talablariga ko‘ra ta’lim tizimida tub o‘zgarish
va
islohotlar,
ta’lim
bosqichlarining
uzluksizligi
va
izchilligini
ta’minlash,
ta’limningzamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat talablarini kompetensiyaviy yondashuv
asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangiavlodini ishlab chiqish va
amaliyotga
joriy
etish,
raqobatbardosh
kadrlar
tayyorlashning
eng
innovatsion
texnologiyalarini joriy etish masalalari dolzarb mavzu sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarni hal etish ta’lim mazmuni, ta’lim shakli,
metodlari hamda vositalarining samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim shakli, metodlari va
vositalari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda chuqur bilim va
dunyoqarashni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim shakli o‘qituvchi va o‘quvchining
belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum tartibda tashkil etiladigan
faoliyatlarining tashqi ifodasidir.
Qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari o‘qitish ishini tashkil qilishning
ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar. Hozirgi ta’lim
muassasalarida o‘qitishning quyidagi shakllaridan foydalanilmoqda.
Dars-
o‘quv ishlarining
asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. Sinf-dars tizimi quyidagi mazmunga ega:
Har qaysi sinf yoshi va bilim darajasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan o‘quvchilarning
doimiy guruhiga ega bo‘ladi.
Dars jarayoni asosan 45 daqiqa davom etib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.
Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyat birligiga asoslangan bo‘lib, bevosita
o‘qituvchi rahbarligida jamoa, guruhli va yakka tartibda olib boriladi.
Dars mashg‘uloti o‘tilayotgan va o‘zlashtirilayotgan materialning mazmuniga qarab
turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta’lim tizimining bir qismi sifatida,
albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zamin yaratishga
xizmat qiladi. Bugungi kunda ta’limni tashkil etish tizimida yakka tartibda ta’lim olish o‘ziga
xos o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. Yakka tartibdagi ta’lim o‘quvchining qiziqishi, ehtiyoji,
xohishiga ko‘ra muayyan fan, predmet yuzasidan chuqur bilim olish; ma’lum fan yoki predmet
bo‘yicha yuzaga kelgan o‘zlashtirmovchilik holatini bartaraf etish, shuningdek, uzoq vaqt
sog‘liqni saqlash muassasalarida davolangan yoki tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lgan
o‘quvchilarning o‘quv dasturi talablarini bajarishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil
etiladi. Bunday usul Yaponiyaning “dzyuku” (mahorat yoki repititorlik) maktablarida ham olib
boriladi va yaxshi samara beradi. Yakka tartibda ta’lim olishning asosiy ko‘rinishlaridan biri
sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: