II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
82
Respublikamizning ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh istiqbolli pedagog
kadrlarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish, pedagogika va psixologiya
fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini o‘quvtarbiya jarayonida
qo‘llay olishga o‘rgatish, shuningdek, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berishdan
iborat. O‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va ulardan unumli natija
ola bilish pedagogdan katta salohiyat hamda mahorat talab etadi. Kimyo fani ta’limini
takomillashtirishda ham pedagogik texnologiyalarning o‘rni beqiyos, kimyo fani asosi
maktabda asoslari o‘qitiladi. Bunda umumiy kimyoga kirish, atomlar tuzilishi, davriy jadval,
kimyoviy birikmalar, kislota va asoslar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, elektroliz, neft,
uglevodorodlar, spirtlar, uglevodlar, yog‘lar, oqsillar mavzulari o‘rganiladi.
XX asr boshlarida amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Djon Dyui, Gerbart didaktik
tizimiga qarama-qarshi bo‘lgan o‘zining didaktik tizimini taklif qildi va uni Chikago
maktablaridan birida muvaffaqiyatli sinab ko‘rdi. Dyui darsda o‘qituvchi emas o‘quvchi faol
bo‘lmog‘i lozim deb chiqdi. Darsda beriladigan bilimlar talabalar ehtiyojiga mos va ularning
hohishidan kelib chiqqan bo‘lishi kerak deb hisoblagan. U kitobdagi bilimlarni quruq yod olish
hech narsaga olib bormaydi, aksincha, o‘quvchilarni o‘qishdan sovutib, tafakkurini zanglatadi
deb ta’kidlagan. Dyuining ta’lim tarbiyaga qo‘shgan asosiy hissasi – bu “aql yuritishning to‘liq
jarayoni”dir. «Texnologiya» yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib “techne” - mahorat, san’at,
malaka va “logos” - so‘z, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Ta’limni texnologiyalashtirish - bu
o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul
yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik
yo‘nalishdir. Ta’lim texnologiyasi: bu mavjud sharoit va o‘rnatilgan vaqtda belgilangan
ta’limiy maqsad va ko‘zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi,
muloqot, axborot, boshqaruv va o‘qitishning eng qulay yo‘l va vositalarining tartibli yig‘indisi
(ta’lim berish texnologiyasining jarayon-bayonli jihati). Pedagogik jarayonda: Pedagogik
texnologiya – bu o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq
maqsad va natijaga yo‘naltirilgan jarayon. Rossiya olimlaridan V.M. Monaxov: «PT – avvaldan
rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir»,
- degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. «PT – o‘quv
jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon
turg‘unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi, -
deydi V.M. Monaxov.
Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. unda, avvalo Ya.A.
Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o‘qitishning «sinf-
dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan
o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning o‘quv jarayoniga olib
kirish zarurligini MDHga kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy
asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «PT – bu o‘qituvchi mahoratiga
bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini
shakllantirish jarayonining loyihasidir».
Hozirgi paytda o‘zbekistonda ta’lim jarayoniga quyidagi talablar qo‘yilmoqda:
-sifat, ya’ni ta’limning belgilangan darajasini egallash;
-ommaviy, ya’ni ta’limning belgilangan darajasini bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli
o‘quvchilar egallashlari lozim;
-samaradorlik, ya’ni ta’limga sarf qilingan xarajatlar, albatta maksimal samara berishi
lozim.
Buning uchun avvalo innovatsion ta’lim texnologiyalari to’g’ri loyihalashtirilishi va
samarali qo’llanilishi lozimdir. Innovatsion texnologiya - pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga
qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni (faollik, didaktik uyinlar, evristik, qreativ, muammoli,
loyixalashtirilgan, AKT texnologiyalari).
Do'stlaringiz bilan baham: |