SINFDA O'QISH DARSLARINING TA'LIM-TARBIYAVIY AHAMIYATI VA
VAZIFALARI
To’layeva ManzuraNurilloyevna
Buxoro tuman 34 maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya - Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda o'qish
darslarining ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati haqida fikrlar ilmiy bayon etilgan. Ilmiy fikrlar
faktlarga asoslanib xulosalanadi.
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
90
Kalit so'zlar - Ta'lim, tarbiya, vazifa, komleks, muhit, axloq, aql, o'quvchi, mazmun,
metod, material, asar, mavzu, xalq.
Sinfda o'qish darslarida ta'lim-tarbiyaviy vazifalar kompleks ravishda hal qilinadi,
bolalarning atrofini o'rab olgan muhit haqidagi, shuningdek, o'quvchilarning ijobiy axloqiy
sifatlari shakllanadi, ular aqliy va estetik jihatdan kamol topadilar, mustaqil ravishda bilim olish
asoslarini egallaydilar. [1]
"O'qish kitobi"ni tahlil qilish fikrimizni tasdiqlaydi. Bu kitoblarning mazmuni va metodik
materiallari (matnni tahlil qilish uchun topshiriq va savollar, mustaqil ishlar tizimi va hokazo)
o'zaro bog'liq holda boriladi. [2] Ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun
o'qish darslarida matnni o'qishgina emas, balki matn ustida qanday ishlash kerakligi ham
muhimdir.
O'qish kitoblariga kiritilgan asarlar mavzusida Vatanimiz xalqi haqidagi bilimlar
o'quvchilar sinfdan sinfga o'tishi bilan tobora chuqurlashtira boriladi. [3] Vatan, uning sharafli
o'tmishi va qahramonona hozirgi kuni o'qish kitoblarida O'qituvchi o'quvchilarning Vatan- bu,
yer, suv, o'rmon, paxta-dalasi, tog'largina emas, balki, avvalo, o'z mehnati bilan el boyligiga
boylik qo'shuvchi, xushchaqchaq, erkin hayot yaratuvchi, o'z-kuchi va hayotini ayamasdan
dushmanlardan ona yerini himoya qiluvchi kishilar xalq ekanini tushunishlariga erishadi.[4]
Sinfda o'qish darslarining ta'lim-tarbiyaviy funksiyasini bir jarayonga birlashtirishning
sharti badiiy asar yoki ilmiy-ommabop maqolani idrok etish va tahlil qilish davomida
o'quvchilarni asarning ijtimoiy mohiyatini baholay olishga o'rgatish yuzasidan o'qituvchining
ko'rsatma berishi hisoblanadi. [5]
"Psixolog olim A.N. Leontyev: "So'zni yodlash va tushunishgina emas, hatto undagi
g'oya-fikr va hisni bilish ham yetmaydi; bu g'oya-fikr, bu his shaxsning ichki dunyosini
belgilashga yordam berishi kerak. Demak, asosiy narsa shundan iboratki, biz bergan fikr va
bilim, biz bolada tarbiyalagan his-tuyg'u, biz unda uyg'otgan orzu-umid o'sha kishiniki bo'lsin",
- deb ta'kidlaydi. O'qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o'zi oladigan bilim, unda
shakllanadigan his-tuyg'u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu o'rinda o'qish
darslari alohida o'rin tutadi.
Maktab bolani o'qish malakasi bilan qurollantiradi, shuning bilan birga, kitobni mustaqil
-o'qiy oladigan, uni tushunadigan, muntazam o'qib borishni talab qiladigan, ma'lum bir
mavzuga doir kitoblarni tanlay oladigan, faqat qiziqarli kitoblarnigina emas, balki gazeta va
jurnallarni ham o'qiy oladigan faol kitobxonni tarbiyalashi lozim.
Sinfda o'qish darslarining vazifasi:
1. O'qish malakasini takomillashtirish. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez,
ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg'otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni
olishga o'rgatish, ya'ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi,
sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.
3. O'quvchilarda atrof-muhit haqidagi bnlimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy
dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O'quvchilar nutqini va tafakkurini o'stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Maktabda o'qitish elementar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. "Alifbe"ga
asoslangan holda qisqa vaqt ichida bolaga o'qish va yozish o'rgatiladi, keyin o'qish va yozish
ko'nikmasini takomillashtira borib, malakaga aylantiriladi, malaka mustahkamlanadi,
avtomatlashtira boriladi. Maktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod o'rgatishning qanday
tashkil etilganligiga bog'liq.
O'qish va yozish kishining nutq faoliyatining turi bo'lib, va yozuv malakasi nutqqa oid
malakadir. O'qish malakasi yozuv malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bo'lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |