II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
98
Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi shaharlar va viloyatlar hukmdorlarining
markazdan qochuvchi harakatlari kuchayib, ular amalda o'zlarini mustaqil hisoblar edilar.
Ayrim shaharlar bir vaqtning o'zida ikkta hukmdor tomonidan (mas., Xivada Po'lat Sulton va
Temir Sulton) boshqarildi.
O'zaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va Anushaxon avlodlari o'rtasida kuchayib ketdi. XVI
asrda Abdulg'oziy ma'lumotlariga ko'ra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga
hokimiyatdan o'nlab xonlar almashganlar. Natijada markaziy hokimiyat deyarli inqirozga
uchragan edi. O'zaro kurashlar va siyosiy tanglik, o'z navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan
chiqishiga sabab bo'lgan edi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Xojimxon (Xoji Muhammadxon, 1558-1593, 1598-1602
yy.) hukmronligi davrida Xorazmdagi o'zaro urushlarga biroz barham berilib tinchlik va
osoyishtalik o'rnatildi. Sug'orish va dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo sodiq ishlariga
jiddiy e'tibor qaratilib, tashqi savdo hamda munosabatlar rivoj topdi. Xojimxon hukmronligi
davrida poytaxt Urganchdan Xivaga [Xivaning poytaxtga aylanganligi sanasi to'g'risida - 1556
y, 1598 y, 1602-1621 yy., 1611-1611 yy., 1610-1612 yy., 1557-1603 kabi fikrlar mavjud]
ko'chiriladi (ayrim manbalarda XVI asrning 70-yillarida, ayrimlarda esa 90-yillarda). Bunga
asosiy sabab Amudaryo o'zanining o'zgarib Kasbiy dengizga oqmay qo'yishi natijasida Urganch
va uning atroflaridagi suv tanqisligi bo'lsa, ikkinchidan, Xivaning bu davrda siyosiy va iqtisodiy
mavqei ancha kuchayib, asosiy savdo markaziga aylanishi yana bir sabab edi. [4] Poytaxt
Xivaga ko'chirilganidan so'ng davlat ham Xiva xonligi deb atala boshlandi.
Bu orada Buxoro hukmdori Abdullaxon II Shayboniylar davlatini qayta tiklashga
muvaffaq bo'lib Xorazm hududlarini yana Shayboniylar tasarrufiga olish uchun harakat
boshladi. Chunonchi, bir necha yurishlardan so'ng 1593-yilda Xorazm yana Shayboniylar
qo'liga o'tdi. Abdullaxondan mag'lubiyatga uchragan Xojimxon Xivani tashlab bir guruh
navkarlari bilan Eronga qochdi va shoh Abbos saroyidan panoh topdi. 1598-yilda Abdullaxon
II vafot etganidan so'ng Hojimxon shoh Abbosdan ruhsat olib Xorazmga qaytdi. Yangi
sharoitda u Urganch bilan Vazirni boshqarishni o'ziga olib Xiva bilan Katni Arab
Muhammadxonga, Hazoraspni Isfandiyor Sultonga berdi. 1600-yilda Hojimxon Urganch va
Vazir qal'alari boshqarishini Turkiyadan kelgan o'g'illariga topshirib, o'zi Xiva kichik o'g'li
Arab Muhammadxon bilan qoladi. 1601-yilda Hojimxon 83 yoshida vafot etgach, taxtga
uning o'g'li Arab Muhammadxon (1602-1623 yy.) o'tirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |