II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
10
6
tekshirib turish va ularni to'la ravishda xazinaga topshirish ustidan nazorat qilishdan iborat
bo'lgan. Bu lavozimga amaldorlar odatda xonning qarindosh-urug'laridan tayinlangan.
Bek - XIX asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha katta rol
o'ynaganlar.
Bek - xon va davlat arboblarining qarindoshlariga, farzandlariga beriladigan faxriy
unvondir.
Parvonachi - xon saroyidagi oliy vazirlardan biri. Parvonachi saroyning ichki va tashqi
ishlarida ham faol qatnashishi mumkin bo'lgan. U arzu-shikoyatlarni xonning huzuriga olib
kirib, javobini qaytargan. Shuningdek, parvonachi xonning formonlarini saroy a'yonlariga
yetkazib turgan. [3]
Eshikoqosi - saroy darvozalarini qo'riqlash ishlarini boshqargan. Oybolta uning mansab
alomati bo'lgan. Hukmdor saroyda bo'lgan vaqtda eshikoqosi uni qo'riqlash bilan shug'ullangan.
Eshikoqosi arzgo'ylarning nima xususda kelganlarini surishtirib, ularni saroydagi tegishli
amaldorlar tomoniga jo'natar edi. Faqat juda muhim xabarlar bilan kelgan kishilargina xon
huzuriga kiritilgan.
Saroyda darvoza ortida turadigan qorovullar va maxsus darvoza qo'riqchilaridan tashqari
xonni qo'riqlaydigan tunqator yoki tunotarlar, ya'ni, kechasi bilan xonni qo'riqlab chiqadigan
xizmatchilar ham bo'lgan.
Mahram - ishonchli xizmatkor, sidqidildan xizmat qiluvchi saroy ichkarisidagi xodim
ma'nolarini anglatadi. Mahramlar xonga yaqin kishilar hisoblangan. Davlat boshqaruvida ular
bevosita xonning maslahatchilari bo'lishgan. Mahramlar xonning oromxonasiga kirish
huquqiga ega bo'lganlar.
Xiva xoni saroyida yana quyidagi unvon, mansab va vazifalar mavjud bo'lgan: oftobachi,
buxchabardor, soatbardor, kitobdor, mo'zabardor (xon poyabzalini beruvchi), sharbatdor,
mahram boshi (yuqori lavozim hisoblangan), to'shakchi, karnaychi, surnaychi, jarchi,
oshmehtar (xon va saroy oshxonasi boshlig'i), sorbon (tuyachilar), kamon xalfa (ovchi,
qushchi), merganlar, sayis (ot boquvchi), ko'mirchi, kuchanchi (egar-jabduqchi), tamakisoz,
loykash, kulol, xodimchi, ro'molchi, selobchi (jom ushlab turuvchi), poyaki (chilimchi),
aravachi, noschi, qilichkor (qilich va shamshir yasovchi), oshpaz, tovoqchi, darakchi
(otchopar), jirchi (ashulachi), yo'nuvchi (duradgor), devon (mirza), mushrif (ozuqa yig'uvchi),
bojbon (zakotchi) va boshqalar. Ularning barchasi saroy xazinasidan maosh olganliklari haqida
ma'lumotlar bor. Saroydagi umumiy tartibni arbob nazorat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |