II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
97
Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni topolmasak dahshat
bo`ladi!
Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi, vijdonni qiynaydi.
Vahima bizga yarashmaydi!
Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz!
“Klaster” metodi. “Klaster” (g`uncha, bog`lam) metodi pedagogik, didaktik
strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida
erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam
beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkoniyatini
beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan
fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan
bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan
chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini
ta`minlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda boshlang’ich sinflarning, nafaqat ona tili darslarida balki boshqa
har qanday dars turlari davomida yangi pyedagogik texnologiyalarni qo’llash, noan'naviy dars
usullaridan foydalanish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha
XIVA XONLIGINING SIYOSIY TARIXI
Hamroyeva Mahfuza Salimovna
Buxoro tuman 36 maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya - Ushbu maqolada xiva xonligining siyosiy tarixi yoritib o'tilgan
hisoblanadi.
Ilmiy fikrlar faktlarga asoslanib xulosalanadi.
Kalit so'zlar - Xorazm, hudud, Eron, shoh, noib, harakat, shahar, xon. shayx, markaz,
hokimiyat.
1510-yilda Shayboniyxon vafotidan so'ng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil tomonidan
bo'ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron shohining noiblari idora qildilar. Ammo,
1512-yilda Xorazm hududlarida eroniylarga qarshi halq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga
Vazir shahrining (Ustyurtda, Ko'xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shaharni
XVasrda o'zbek xonlardan bo'lgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi Umar Shayx boshchilik
qildi. Qo'zg'olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Xazorasp shaharlaridagi eroniy
noiblar va ularning qo'shinlarini qirib tashladilar. [1]
1512-yillarda Xorazmning obro'li shayxlaridan bo'lgan Shayx Ota avlodlari ko'chmanchi
o'zbeklarning Berka sulton avlodidan bo'lgan Elbarsxonga maktub yo'llab, uni Xorazm taxtiga
taklif qildilar. Elbarsxon taxtga o'tirgach, eroniylarni mamlakat hududidlaridan butunlay
haydab chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini hozirgi
Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs viloyati, Mang'ishloq, Abulxon,
Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo, o'zbek sultonlari va shahzodalar o'rtasida siyosiy
birlik yo'q edi. Tez orada ular o'rtasida hokimiyat uchun o'zaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu
kurashlardan foydalangan. [2] Buxoro hukumdori shayboniy Ubaydullaxon 1537 - 1538-
yillarda, qisqa muddat Xorazmni egallashga muvaffaq bo'ldi. Mag'lubiyatga uchragan
Avanishxon oilasi bilan shayboniylar tomonidan qatl etildi.
Ubaydullaxonning hukumronligi uzoqqa cho'zilmadi. Ubaydullaxon zulmiga chiday
olmagan xorazmliklar Anushaxonning vorislari boshchiligida buxoroliklarga qarshi qo'zg'olon
ko'tardilar. Ubaydullaxon 1538-yilda yana Xorazmga qo'shin tortdi. Xazorasp bilan Xiva
shaharlari oralig'idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qo'shinlari mag'lubiyatga uchradi.
Shayboniylardan ozod bo'lgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib ketdi.[3] Shuningdek,
Do'stlaringiz bilan baham: |