II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
60
Innovatsion texnologiya aslida o’quvchilarni mustaqil fikirlashga o’rgatadi. O’quvchilar
innovatsion texnologiyadan foydalanib o’quv materialini tahlil qiladi.
Ta’lim muassasasida innovatsion modellarni amaliyotga samarali tadbiq etishning
boshlang’ich shartlari sifatida quyidagi chora-tadbirlarni keltirib o’tish mumkin.
Umumiy maqsadlar mavjudligi
Boshqaruv tizimining qulay va demokratik xususiyati.
Axborot almashishinish tizimining muvofiqlashtirish.
Raxbarlarning yuqori darajada professional kompetentligi.
Jamoada psixologik muhitning ijobiyligi.
Innovatsion faoliyatda o’qituvchilarning samarali ishtrokini ta’minlash
Innovatsion jarayonni tarkibiy qismiga muammolar, yangilika ehtiyoj, sub’ektlar, maqsad
va vazifalar, mazmun, metodlar va natijalar kiradi. Shulardan ko’rish mumkinki innovatsion
jarayonni tashkil etish hamda ko’zlangan natijalarga erishishda eng avvalo ta’lim
muassasasidagi mavjud muammolarni o’rganish tahlil qilish va bartaraf etishda bajarilishi zarur
bo’lgan vazifalarni aniqlash, shuningdek muassasaning imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib
chiqib innovatsion jarayoning mazmuni va mohiyatini belgilashning sifati va bajarilishi
samaradorligi sub’ektlarning faoliyatiga qay darajada bog’liq bo’lsa, ta’lim muassasasi
faoliyatida belgilangan maqsadlarga ko’ra, yuqori natijalarga erishish ularning innovatsion
faoliyati hamda innovatsion jarayonlarni tashkil etish qobilyatlariga shu darajada bog’liq
bo’ladi.
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH To'qova Sadoqat Safarovna. Kogon shaxar 3 umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Ta`limda integratsiyani amalga oshirish ham iqtisodiy, ham pedagogik jihatdan muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, o’qituvchining vaqti, kuchi tejaladi, ortiqcha zo’riqishning oldi
olinadi. O’quv-biluv jarayonining samaradorligi ortadi. Lekin yuqoridagilarni amalga oshirish
uchun esa, o’qituvchi har tomonlama tayyor bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki
aynan o’qituvchi bolani qanday rivojlanishida mas`ul shaxslardan biri hisoblanadi.
Boshlang’ich ta`lim O’zbekiston Respublikasida ta`limning boshlang’ich bo’g’ini hisoblanib,
bola shaxsini sog’lom va yetuk qilib tarbiyalash maqsadini ko’zlaydi. Bola maktabga kelishi
bilan uning hayotida muhim bosqich boshlanishi, u shaxsning yangi ijtimoiy mavqeiga-
o’quvchiga aylanishi unga yangi talablar qo’yilishi, an`analar ruhida mehnatga munosabati
o’qituvchi e`tiboridan chetda qolmasligi kerak. Bolani o’z vaqtida yetarli darajada bilimini
shakllantirmaslik hunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki u maktabda butunlay yangi
dunyoga o’zi uchun begona bo’lgan muhitga tushib qoladi. Aslida bolaning maktabda fanlarni
yomon o’zlashtirishi aql zakovatining yetarli rivojlanmaganligi bilan emas, balki maktabda
yetarli bilim olmasligidan ham kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda boshlang’ich sinf o’quvchilarini
yetarli bilim olishlari uchun quyidagi jihatlarni hisobga olish zarur:
Jismoniy jihat.
Tabaqalashtirish (farqlash) qobiliyatining ma`lum darajasini, shuningdek, xotiraning
rivojlanish darajasini inobatga oluvchi intellektual jihat.
Diqqatni, sabr-toqatni boshqarish, topshiriqlarni bajarish tayyorgarligi ifodalangan
ishga munosabat.
O’qituvchidan holi bo’lish, guruh bilan aloqa o’rnatish qobiliyatini ko’rsatuvchi
ijtimoiy jihat.
Darsga integratsion yondashish asosan, atrof-borliq va ularning o’zaro uyg’unlashuvida
namoyon bo’ladi.