INNOVATSION TA’LIM VA UNI BOSHLANG‘ICH TA’LIM AMALIYOTIGA
TADBIQ ETISH
Safarova Zulayxo Axadovna
G‘ijduvon tumani 44- maktab boshlang‘ich sinf o'qituvchisi
Ta’lim muassasi yoshlarning kelgusida hozirgi zamon talablariga to’liq javob bera
oladigan, ishlab chiqarishdagi har qanday murakkab mexanizmlarni bemalol boshqara oladigan
yetuk kadrlar bo’lib yetishishlari uchun ular avvalo chuqur bilimga ega bo’lishlari lozim.
Bunday maqsadga erishish uchun o’qituvchi dars davomida zamanovaviy demonstratsion va
lobaratoriya jixozlaridan, kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanishi darsni ilg’or
pedagogik texnologiyalar asosida o’tishi, o’ta bilimli yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lishi
lozim. Bular orasida ayniqsa innavatsion ta’limni to’g’ri yo’lga quay bilish talabalar bilim
saviyasini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
Agar o’qituvchining innavatsion texnologiyalardan foydalangan holda dars o’tishi to’g’ri
yo’lga qo’yilsa, uning yangilikni izlab topishga intiluvchanligi, yanada kuchayadi, o’z ustida
uzluksiz ishlash ko’nikmasi paydo bo’ladi. Yurtimiz ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini
innovatsiyalar asosida tashkil etish va boshqarishni davr taqoza etmoqda innavatsiya avvalo
novatorlar, izlanuvchan ijodkor pedagoglar, “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik
tanlovlarida ishtrok etgan o’qituvchilarning pedagogik faoliyatida kuzatiladi. Innovatsion
texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich -yangi g’oyalarni izlash, u quyidagilardan iborat:
axborotlar bankini yaratish, o’qituvchilar uchun ta’limda innovatsion texnologiyalarning
qo’llanilishiga bag’ishlangan nazariy-amaliy seminar, treninglar tashkil etish.
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
59
Umum ta’lim muassasini innovatsiyalarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash, metodbirlashma,
markazlar, tuman, shaharlardagi internet orqali innovatsion banklar bilan aloqa o’rnatish.
Ikkinchi bosqich-yanglik kiritish, shakillantirish, u quyidagilardan iborat:
tahlilk va loyhalashtirish, yangilikni kiritish, g’oyalarni shakillantirish va ta’lim
muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqan holda ta’limjarayonini loyhalash.
Innovatsion g’oyalarni ijodkor o’qituvchilar guruhi bilan sinovdan o’tkazish.
Tajriba sinovidan o’tkazilgan amaliy ish bo’yicha yakuniy xulosa chiqarish, shu asosida
yangiliklarning amaliyotda qo’llanilishi bo’yicha dastur ishlab chiqarish.
Uchinchi bosqich- yangilikni amaliyotga kiritish yangilikni keng miqiyosida amaliyotga
joriy etishda boshqaruv resurslarini ishga solish bundamuassasa rahbarlarni tashabbus va
ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi va butun pedagogik jamoani yangilikni o’quv jarayoniga
qo’llashga jalb etadi.
To’rtinchi bosqich yangilini joriy etishni tahlil qilish, tanqidiy qarash chora-tadbirlar
ko’rish, joriy etishni mustahkamlashdan iborat.
Ushbu bosqichlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar o’qituvchilarning innovatsion
faoliyatida ish olib borilishini to’g’ri yo’lga qo’ysak ularning yangilikka intiluvchanligi,
kuchayadi, uni izlab topishga darslarda qo’llashga oid bilim va malakasi shakillanadi, o’z ustida
uzluksiz ishlash ko’nikmasi paydo bo’ladi.
Innovatsiya o’quvchilarni o’quv jarayoning harakatlantiruvchi kuchga aylantiradi. Bu esa
o’z navbatida ta’lim jarayonida sifat va samaradorlikni ta’minlaydi. Ta’lim muassasasini ilmiy
metodik boshqarishda innovatsionga ta’limga katta ehtiyoj sezilmoqda. Innovatsion va
noan’anaviy ta’lim usullari an’anaviy usullarda boshqarilayotgan ta’lim jarayonida o’quvchilar
dars davomida passiv ishtrok etadilar. Ular o’qituvchining ma’ruzasini tinglab qabul qiluvchi
informatory sifatida namoyon bo’ladilar Innovatsion va noan’anaviy ta’limda esa barcha
o’quvchilar faol qatnashadilar:
Innovatsion pedagogik ta’lim yo’nalishlarida quyidagilardan iborat:
Aqliy hujum.
Modifikatsiyalashgan ta’lim -shakli o’zgartirilgan ma’ruza.
Multimedia- video dasturlar asosida dars o’tish, ma’lum mavzuni darsturli, ovozli
kurgazmali vositalar yordamida o’tish usuli
Muayyan vaziyat yoki holatni tahlil qilish, to’g’ri xulosa chiqarish.
“Nuqtai nazarining bo’lsin” O’qituvchining savolli topshiriqlariga barcha o’quvchilar o’z
nuqtai nazarlarini bildiradilar shu orqali o’zlarining shaxsiy fikrlari qaror topadilar.
“Tanqidiy fikirlash”-O’quvchilar o’qituvchinini bergan savollariga bir-birini
takrorlamagan holda, tanqidiy yondashib fikr bildiradilar.
Innovatsion ta’lim o’ziga talluqli bo’lgan bir necha bosqich va vositalar jamlanishi
natijasida ilmiy-ijtimoiy yangilik yoki g’oyaga aylanadi. Bunda yangilik kiritish innovatsiya
natijasi sifatida qaraladi. Innovatsion jarayon esa umumiy tarzda quyidagi uch bosqichda
rivojlanadi. G’oyalarni berish, g’oyalarni amaliy jihatdan ishlab chiqish va yangilikni
amaliyotga tadbiq etish.
Tizimli innovatsiyalar muayyan muammo dorasidan kelib chiqadigan, aniq maqsad va
vazifalarga ega bo’lgan innovatsiyalardir.
Bular o’qituvchi va o’quvchi qiziqishlari asosida tuzilib, uzviy harakterga ega bo’ladi.
Bunday innovatsiyalar puxta tayyorlanib ekspertlardan o’tadi va zarur vositalar bilan
ta’minlanadi.
Innovatsion texnologiyalar quyidagi yo’nalishlarda amaliyotga joriy etiladi:
O`quvchilarning e’tibori o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlar majmuiga emas balki
bilimlarni egallashga imkon beruvchi uslub va usullarga qaratiladi. Boshqacha aytganda
texnologiya o’quvchilarni o’qib va o’qib olish ko’nikmasi bilan qo’rollantirish. Ularning
axborot olishi va ishlov berish usullarini egallashlariga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |