BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHILARINING KOMPETENTSIYAVIY
XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MALAKA OSHIRISHNING O‘RNI
Raximova Dilrabo To'rayevna
Romitan tuman 23- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Bugungi kunda ta’limga qaratilayotgan e’tibor barcha o’qituvchilarning o’z ustida
ishlashi tinmay izlanish olib borishi hamda o’quv jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy
asosda tashkil etishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda kompetentlik yondoshuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari hamda
o’quv dasturlari ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda ta’limga kompetensiya, kompetentlik,
kompetensiyaviy yondashuv tushunchalari kirib keldi va ommolashmoqda. Kompetentsiya-
lotincha bo’lib u yoki bu soha bo’yicha, bilimdonlik degan ma’nolarni anglatuvchi so’z bo’lib,
shaxs tomonidan hayotning muayyan tarmoqlari bo’yicha samarali faoliyat yuritish uchun zarur
bo’ladigan BKM va tajribaga ega ekanligini anglatuvchi tushunchadir.
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
62
Institutda o’qituvchilarni malakasini uzluksiz oshirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon
nafaqat nazariy, nazariyani amaliyot bilan bog’liqlik muommolarini hal etishga ham
imkoniyatlar yaratilmoqda. Institutda uzluksiz malaka oshirish jarayonida o’qituvchilar
quyidagi yo’nalishlarda ijobiy motivlarini shakllantirishi lozim:
• O’z-o’zini namoyon qilish
• Boshqa odamlar bilan ijtimoiy muloqotda bo’lish
• O’z ustida tinimsiz ishlash
Vaziyatni baholash va muammolarni yechish ko’nikmasiga ega bo’lish
Tashkilotchilik, ijodiy yondashuv
• Boshqaruv ko’nikmasiga ega bo’lish
O’qituvchi oldida axborot va ma’lumotlarni to’plash hamda dars soatlarini miqdorini
oshirmay turib, ularni oldindan rejalashtirilgan bilimlar bilan bir qatorda yangi kashf
etilayotgan fan-texnika yangiliklarini o’quvchilarga etkazib berishga ulgurish muommosi
turibdi. Bu muommoni hal etish maqsadida respublikamizdagi tanlab olingan o’quv
muassasalarida kompetentsiyaviy yondoshuv asosida ta’lim berish bo’yicha tajriba-sinov
ishlari olib borilmoqda.
Kompetentsiyaviy yondoshuvga asoslangan ta’limdan maqsad o’quvchini keng qamrovli
fikr-mulohaza yuritadigan va muloqatga kirisha oladigan bilim, ko’nikma va malakalarini o’z
shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo’llay oladigan barkamol shaxs qilib etkazishdir. Bunda
oqituvchilrning kasbiy kompetentligi ta’limning barcha yo’nalishlarida, shaxsning tajribasi,
uning aktiv pozisiyasi, faoliyatga tayyorgarlik darajasi, o’z ustida ishlashi, ta’limda
samaradorlikni ta’minlash, o’qituvchilarning mahoratini oshirish uchun ularda ma’suliyat
hissini shakllantirish, innovatsion jarayonlarini tashkil etish va har qanday mummo mohiyatini
bilish, uni hal qilish, tinimsiz yangilab borish eng yangi axborotlardan xabardor bo’lish kabi
sifatlar bo’lishini taqozo etadi
Malaka oshirish tizimida ’qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo’lgan talablar kompleksini
belgilaydi. Quyidagilar mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va yetarli
darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi.
Dars berish mahorati.
Tarbiyalash mahorati
O’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlari
Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati
Dars berish mahorati quyidagi talablar bilan belgilanadi:
➢
Kasbiy layoqat va eruditsiya;
➢
Psixologik-pedagogik tayyorgarlik;
➢
Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o’rgatish mahorati;
➢
O’quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish;
➢
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganlik,
Internetning global tarmog’i bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar;
➢
pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish;
➢
Ilmiy –pedagogik
ijodiyot metodologiyasini bilish;
➢
pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini bilish;
➢
Fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati;
➢
Ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish;
Tarbiyalash mahorati-o’qitish va tarbiyalash jarayonining bog’liqligi, uyg’un rivojlangan
shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy saviyasi qaror toptirishga,
pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga. Uning vatanparvarlik, obro’ va burchni his etishga,
keng gumanitar va gumanistik tayyorligiga, shuningdek o’quvchilar o’rtasida tarbiyaviy
ishlarni tashkil etishning amaliy ko’nikmalariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |