II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
63
O’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar-pedagogning
o’quv-tarbiyaviy jarayondagi gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy sifatlariga quyidagilar
kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar
pedagogning ta’lim oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. SHaxsiy sifatlar o’qitish va
tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati-
psixologik-pedagogik jihatdan o’qitish va tarbiyalash mahorati bilan uzviy bog’liqdir. Pedagog
ta’lim oluvchilarning bilimlari va mahoratlarini xolisona baholash printsiplari, metodlari va
mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning
o’zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini samarali qo’llash mahoratiga ega bo’lishi
kerak.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ta’limning barcha sohalarida yutuqqa erishish
hamda, samarali natija olishimiz uchun kasbiy kompetensiyamizni rivojlantirmog’imiz, buning
uchun kompetensiyaviy yondashuv asosida o’qitishni to’g’ri tashkil etmog’imiz zarur.
O‘QUVCHI MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHIDA PEDAGOGNING O’RNI
Mirzayeva Munavvar Bahodirovna
Romitan tuman 23-IDUM boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Navoiy hazratlari asarlarida bitilganidek insonni so’zlash madaniyati hayvondan ajratib
turishini belgilagan bo’lsa, fikrlash qobilyati insonni insondan ajratib turuvchi jihatdir.
Ma’naviy komillik tushunchasi har bir insonga xos bo’lib, uni har kim o’zicha tahlil etadi.
Binobarin, komillik sari intilgan har bir banda bu yo’ldan albatta o’tishadi. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, ma’naviy boy, sermulohazali, dunyoqarashi keng, eng muhimi chiroyli notiq,
qolaversa, ma’daniy shakllangan, o’z ustida tinimsiz ishlaydigan, insonlarga imkon topib
yordam beradigan shaxslargina bunday baxtlarni yaxshi his qilishadi.
Inson ma’naviyatini shakllantirishda ilmiy va badiiy adabiyotlarning o’rni alohida
ekanligi ma’lum. Jumladan, ma’naviyatli inson o’qishdan to’xtamaydi, buyuklar aytganidek:
“Insonlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar”. Kitoblar insonni
ma’naviyatini boyitish bilan bir qatorda, dunyoqarashini ham, fikrlash qobilyatini ham
o’zgacha charxlaydi. Bu bilan esa inson ma’naviyati yetuklik sari asta sekin qadam tashlab
boraveradi. Borib-borib vaqtlar o’tishi bilan yig’ilgan tafakkur durdonalari jamiyat uchun
xizmat qiladigan bir yo’nalish sifatida namoyon bo’ladi. Inson ongi qanchalik rivojlanib
bormasin, u yana o’qishga, bilim olishga intilishi so’nmaydi, akchincha kuchayib boradi.
Eng avvalo, dars jarayonidagi ma’naviyat haqida to’xtalib, o’qituvchining har bir xatti -
harakati bola uchun o’rnak bo’lishligi aniq, deb hisoblaydigan bo’lsak, ikkinchi tomondan
qaralganda u yo’naltirayotgan yo’nalish yoki berayotgan bilimning har bir nuqtasi ostiga
bekitilgan ma’naviyat haqida ham to’xtalib o’tish kerak. Binobarin, har qanday jamiyatda
kelajakni yoshlar qurishadi. Ertangi kun uchun bugundan boshlangan ijobiy tadbirlar albatta
o’z samarasini beradi.
Milliylik tushunchasi har bir qadamimizda dush kelishimiz mumkin bo’lgan o’zligimizga
xos va mos mentalitetimiz yig’indisidir.
Inson tafakkuri qanchalik rivojlansa, uning o’y fikrlari, dunyoqarashi, qolaversa, butun
borliqni tushunish va anglash ko’nikmasi ham shu darajada shakllanib boradi.
Milliy g’oyani bola ongiga singdirishning yo’llaridan biri bu ularning ongiga ta’sir etish
hisoblanadi.
Agar har bir ota-ona o’z farzandi o’qishi uchun jon kuydirib harakat qilsa, uning o’quv
faoliyati haqida qiziqsa, maktablarga, kollejlarga lozim bo’lsa, oliygohlarga borib ularning
nima ish bilan shug’ullanayotganliklarini ko’rib, ulardan xulosa chiqarib tursa, albatta, bola
shaxsini komil inson sifatida kamol topishlari uchun qo’shgan dastlabki ishlari bo’lar edi.
Afsuski, ko’pgina ota –onalar farzandining o’qish joylariga borish bu yoqda tursin, hatto telefon
Do'stlaringiz bilan baham: |