LOYHALASHTIRISH- - BOSHANG‘ICH TA’LIMDA SIFATLI DARS OMILI
Shoymardonova Maxfuza Raxmatovna
Buxoro shahar 6-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta’limning rivojlanishiga va
mazmunan takomillashib borishiga bog‘liq.
Bugungi kunda ta’lim sifat samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Shiddat bilan rivojlanayotgan asrimizda ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion
texnologiyalar, pedogogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan
qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytda
keng ko‘lamli axborotlar oqimi ta’lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib
borishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash, o‘qitish
jarayonida yuqori natijalarga olib keladi. Ta’lim usullarini har bir darsning didaktik vazifasidan
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
68
kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda,
uni turli- tuman zamonaviy usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasini
ko‘tarilishini ta’minlaydi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi
tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi mutassil
rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini
ochishda interfaol usullarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil
bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol mashg‘ulot turlari ko‘p bo‘lib , ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda
ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlash va tayyorgarlik ko‘rish ko‘rish zarur. Intefaol
mashg‘ulotda ishtirok etish uchun o‘quvchilarning tayyorgarliklariga o‘ziga xos talablar
qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik,
muloqotga tayyorgarlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya
qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat.
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchida mustaqil
fikrlash, jamoa tarkibida o‘zini erkin his qilish, o‘z-o‘ziga ishonch, liderlik fazilatlariga ega
bo‘lish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish xususiyatlarini takomillashtirish bilan o‘qitishning
an’anaviy tizimidan tubdan farq qiladi. Ta’lim- tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish uchun
eng avvalo dars jarayonini loyihalash zarur. Shu o‘rinda ta’lim jarayonini loyihalash haqida
to‘xtalib o‘tsak.
Loyihalash – ta’lim berish jarayoni tashkil etish va uning muvvafaqiyatli kechishini
ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Loyihalar predmet va uning yo‘nalishga ko‘ra bir-
biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va
tashxisning qo‘yilishi bilan yakunlovchi tahliliy faoliyat: oldindan ko‘ra bilish va loyihalash
kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo‘ladi.
Ta’lim jarayonini loyihalash – o‘qituvchi kasbiy faoliyatining ko‘rinishi bo‘lib,
o‘qituvchining ta’lim jarayonining texnologik tuzilma, uning natijasini ta’minlovchi metod va
vositalar yig‘indisi bilan tavsiflanadi.
O‘quv jarayonining loyihalash bosqichlari quyidagilardan iborat:
Mavzuga doir material yig‘ish.
Ta’lim maqsadi va vizifalarni belgilash.
Ta’lim mazmunini ishlab chiqish.
Ta’lim shakli, metod va vositalarini tanlash.
Vaqt o‘rnini belgilash.
Mashqlar tizimini ishlab chiqish.
O‘quvchilar faoliyatini nazorat qilishni va boshqarishning yangicha usulini ishlab
chiqish.
Loyihani o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
Ta’lim jarayonini loyihalash har bir holat puxta bajarilishiga erishish amaliy faoliyat
(o‘quv jarayoni) ning muvaffaqiyatini ta’minlashga olib keladi.
Dars jarayonida innovatsion usullardan foydalanish: sinf muhitini o‘zgartiradi; mavzu
qanday o‘rganilishi kerakligini belgilab beradi; har bir o‘quvchini faollashtiradi.
Umumta’lim fanlari ichida adabiyot fani o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda
alohida o‘ringa ega. U fanlararo integratsiya jarayonini shakllantirishda, o‘quvchilarning
tafakkurini boyitishda mustahkam ko‘prik vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, globbalashuv davrining
muhim davrining muammolaridan bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda yuksak
ahamiyatga ega.
Adabiyot fanida 1 soatlik dars jarayonini loyihalashtirishni 7 sinf darsligida berilgan
yozuvchi O‘. Umarbekovning “ Qiyomat qarz “ hikoyasi misolida ko‘rib chiqamiz. Ushbu
darsni loyhalashni quyidagi reja asosida amalga oshiramiz.
1.Yozuvchi O‘. Umarbekov hayoti va ijodiga oid darslikdan tashqari ma’lumotlar yig‘ish
( internet va badiiy adabiyotlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |