Tarbiya: muammo, yechim


LOYHALASHTIRISH- - BOSHANG‘ICH TA’LIMDA SIFATLI DARS OMILI



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

LOYHALASHTIRISH- - BOSHANG‘ICH TA’LIMDA SIFATLI DARS OMILI 
Shoymardonova Maxfuza Raxmatovna 
Buxoro shahar 6-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta’limning rivojlanishiga va 
mazmunan takomillashib borishiga bog‘liq. 
Bugungi kunda ta’lim sifat samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. 
Shiddat bilan rivojlanayotgan asrimizda ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion 
texnologiyalar, pedogogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan 
qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. 
Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytda 
keng ko‘lamli axborotlar oqimi ta’lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib 
borishni taqozo etadi. 
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash, o‘qitish 
jarayonida yuqori natijalarga olib keladi. Ta’lim usullarini har bir darsning didaktik vazifasidan 


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
68 
kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, 
uni turli- tuman zamonaviy usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasini 
ko‘tarilishini ta’minlaydi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi 
tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi mutassil 
rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini 
ochishda interfaol usullarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil 
bajarishga undash talab etiladi. 
Interfaol mashg‘ulot turlari ko‘p bo‘lib , ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda 
ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlash va tayyorgarlik ko‘rish ko‘rish zarur. Intefaol 
mashg‘ulotda ishtirok etish uchun o‘quvchilarning tayyorgarliklariga o‘ziga xos talablar 
qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, 
muloqotga tayyorgarlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya 
qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat. 
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchida mustaqil 
fikrlash, jamoa tarkibida o‘zini erkin his qilish, o‘z-o‘ziga ishonch, liderlik fazilatlariga ega 
bo‘lish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish xususiyatlarini takomillashtirish bilan o‘qitishning 
an’anaviy tizimidan tubdan farq qiladi. Ta’lim- tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish uchun 
eng avvalo dars jarayonini loyihalash zarur. Shu o‘rinda ta’lim jarayonini loyihalash haqida 
to‘xtalib o‘tsak. 
Loyihalash – ta’lim berish jarayoni tashkil etish va uning muvvafaqiyatli kechishini 
ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Loyihalar predmet va uning yo‘nalishga ko‘ra bir-
biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va 
tashxisning qo‘yilishi bilan yakunlovchi tahliliy faoliyat: oldindan ko‘ra bilish va loyihalash 
kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo‘ladi. 
Ta’lim jarayonini loyihalash – o‘qituvchi kasbiy faoliyatining ko‘rinishi bo‘lib, 
o‘qituvchining ta’lim jarayonining texnologik tuzilma, uning natijasini ta’minlovchi metod va 
vositalar yig‘indisi bilan tavsiflanadi. 
O‘quv jarayonining loyihalash bosqichlari quyidagilardan iborat: 
Mavzuga doir material yig‘ish. 
Ta’lim maqsadi va vizifalarni belgilash. 
Ta’lim mazmunini ishlab chiqish. 
Ta’lim shakli, metod va vositalarini tanlash. 
Vaqt o‘rnini belgilash. 
Mashqlar tizimini ishlab chiqish. 
O‘quvchilar faoliyatini nazorat qilishni va boshqarishning yangicha usulini ishlab 
chiqish. 
Loyihani o‘quv jarayoniga tadbiq qilish. 
Ta’lim jarayonini loyihalash har bir holat puxta bajarilishiga erishish amaliy faoliyat 
(o‘quv jarayoni) ning muvaffaqiyatini ta’minlashga olib keladi. 
Dars jarayonida innovatsion usullardan foydalanish: sinf muhitini o‘zgartiradi; mavzu 
qanday o‘rganilishi kerakligini belgilab beradi; har bir o‘quvchini faollashtiradi. 
Umumta’lim fanlari ichida adabiyot fani o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda 
alohida o‘ringa ega. U fanlararo integratsiya jarayonini shakllantirishda, o‘quvchilarning 
tafakkurini boyitishda mustahkam ko‘prik vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, globbalashuv davrining 
muhim davrining muammolaridan bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda yuksak 
ahamiyatga ega. 
Adabiyot fanida 1 soatlik dars jarayonini loyihalashtirishni 7 sinf darsligida berilgan 
yozuvchi O‘. Umarbekovning “ Qiyomat qarz “ hikoyasi misolida ko‘rib chiqamiz. Ushbu 
darsni loyhalashni quyidagi reja asosida amalga oshiramiz. 
1.Yozuvchi O‘. Umarbekov hayoti va ijodiga oid darslikdan tashqari ma’lumotlar yig‘ish 
( internet va badiiy adabiyotlar) 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish