II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
282
o‘quvchilar bilimini
aniqlashda tinglab tushunish, o‘qish, grammatika va leksikaga oid
bilimlarni tekshirishdan iborat bo‘lgan 40 ta savoldan iborat bo‘lgan test o‘tkazish. Gapirish malakasi
esa 3 etapdan iborat bo‘lgan yuzma-yuz suxbat orqali aniqlanadi.( imtihon
jarayoni videoga yozib
olinadi) o‘quvchilar bilim darajasi yozib qo‘yiladi.( Masalan V1daraja va hokazo)
o‘quvchilarning polilogik nutq haqidagi bilim va malakalari, guruh muhokamalarida ishtirok
etishdagi individual yutuq va kamchiliklari anketa
–so‘rovnomalar orqali aniqlanadi.
2-hafta
1.
Motivatsion dars olib borish. Bunda biz tayyorlagan video taqdim etiladi va talabalar bilan
suhbat o‘tkaziladi. Motivatsion dars olib borish. Bunda tayyorlangan video taqdim etiladi va talabalar
bilan suhbat o‘tkaziladi. Dars mazmuni quyidagilardan iborat.
Ingliz tili o‘rganishdagi va umuman o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarni yozib borish va unga
eltuvchi pog‘onalarga amal qilish. Maqsadimizga eltuvchi pog‘onalar quyidagilardan iborat. Ingliz tilida
badiiy adabiyotlarni o‘qish,
inglizlarga
taqlid qilish, ko‘shiq tinglash, informatsion ko‘rsatuvlar
tomosha qilish, ijobiy
fikrlovchi
insonlarga yaqinroq yurish, klassik musiqa tinglash, raqs, xobbi, badantarbiya (ushbu
pog‘onalar talabalarning o‘zlashtirishlarida sub’ektiv muammolarni bartaraf etishga yordam beradi)
aqlli insonlar bilan suhbat va h.
Maqsadlarimizdan uzoqlashtiruvchi pog‘onalarga to‘xtalsak, ular:
dangasalik, telefonda chat,
internetdan
maqsadsiz foydalanish, tanqid (o‘zni va o‘zgalarni), zararli odatlar, g‘iybat,
televizor
ko‘rish (behuda seriallar).Ko‘rsatilgan omillar talabalarga o‘z ustlarida ishlashga vaqt ajratmay vaqtni
behudaga sarflashlariga sabab bo‘ladi.
Garchi, tadqiqotimiz ob’ekti til va nutq materiallarini o‘zlashtirish bo‘lsada, urinishimiz samarali
bo‘lishi uchun ushbu motivatsion tarbiyaviy darsdan boshlashni ma’qul deb topdik.
Darsdan olingan taassurotlar bilan o‘rtoqlashish va test natijalariga ko‘ra har bir talabaga
individual istiqbol reja tuzishga ko‘maklashish. Bir necha motivatsion videolar taqdim etish. O‘z
kamchiliklari ustida ishlash uchun guruh bo‘yicha va individual vazifalar berish ( Masalan fikr bayon
etishga uyaluvchi talabalarga uyga vazifa qilib oyna oldida gapirish, o‘z nutqini ovozini yozib juftlikda
eshitib bir-biriga kamchiliklarini aytish va h.).
Do'stlaringiz bilan baham: