II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 280
3)
jonsiz va jonli tabiatning o‘zaro aloqasini ta’minlovchi moddiy birliklar.
Kimyo va biologiya fanlarini o‘qitishda fanlararo aloqani quyidagi yo‘nalishlarda olib
borish maqsadga muvofiq deb, hisoblaymiz:
1)
ushbu fanlar uchun umumiy bo‘lgan moddalarning tuzilishi va ular ishtirok etadigan hodisa va
jarayonlaning mexanizmi;
2)
bu fanlar jamg‘armasidagi qonunlar mohiyatidagi umumiylik;
3)
kimyo va biologiyaga dahldor nazariyalarning uyg‘unligi;
4)
kimyodan olingan bilimlarning biokimyoviy jarayonlarni tushuntirishda foydalanilishi;
5)
biologiyadan olingan bilimlarning kimyo va atrof – muhit muhofazasi hamda ekologik
tasavvurlarning shakllantirishda foydalanilishi;
6)
bu fanlarda qo‘llaniladigan metodlaring kimyo va biologiya darslarida foydalanilishi.
Fanlararo aloqadorlikni ayni mavzuda uch yo‘nalishi bo‘yicha tavsiflashni lozim topamiz:
a) kimyo va biologiya uchun umumiy bo‘lgan fundamental tushunchalarni shakllantirish;
b) asosiy kimyoviy tushunchalarni shakllantirish;
v) eng muhim biologik tushunchalarni shakllantirish.
Tabiatshunoslikni ikki shoh tarmog‘i bo‘lgan kimyo va biologiyani o‘qitishda fanlararo
aloqaning uch turini alohida ajratib ko‘rsatish lozim:
1)
ilmiy faktlar, nazariyalar, qonunlar va tushunchalarning umumiyligi;
2)
qo‘llaniladigan ilmiy metodlarning mutanosibligi;
3)
aqliy faoliyatning ushbu fanlarni o‘zlashtirishdagi umumiy xarakterga ega ekanligi.
XX asrning ikkinchi yarimidan xozirgi kungacha intensiv rivojlanayotgan biologiya fanining
o‘ziga xos jihatlarini kimyo o‘qitishda e’tiborga olish zarur, albatta:
1.
Ob’ektiv olamning gultoji bo‘lmish hayot va biosfera haqidagi fan – biologiya tirik
organizmlarni, ularni o‘rab turgan atrof – muhit bilan modda va energiya almashuvi , hayotiy jarayonlarda
moddalarning assimiliyatsiyasi va dissimiliyatsiyasi, ya’ni anabolizmi va katabolizmi haqidagi ta’limot
ekanligi.
2.
Biologiya fanining yutuqlari biotexnologiya, mikrobiologik sintez, hujayra va geninjenerligi,
molekulyar biologiya, biokimyoviy gengetika, DNK tahlili, su’niy va genetik klonlash kabi yangi va
dolzarb sohalarning shakllanishiga hamda ilmiy va ijtimoiy sohalarning amaliyotiga tatbiq etilishiga olib
keldi.
3.
Biologiya fanining bugungi kamoloti inson aql-zakovatining tarixiy mahsuli ekanligi tufayli bu
fan insoniyat jamiyatining barcha sohalari, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash va energetika muammolari singari
global masalalarning ijobiy yechimini hal etish hamda inson umrini uzaytirish, bedavo dardlarga chora
topish, dehqonchlikda hosildorlikni va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, inson mehnati bilan
yaratilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash, ekologik keskinlikni susaytirish kabi xususiy hollarda
beminnat xizmat qilayotganligini kimyo o‘qitishda hisobga olish hayotiy zaruriyatdir