II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
278
Maktabdan tashqarida o‘qitishga katta e’tibor qaratiladi. Bolalar ilmiy-ko‘ngilochar
markazlarga, masalan, Xelsinkidagi “Evrika”ga boradilar. “Evrika”dagi barcha ekskursiyalar va
maxsus loyihalar umumiy ta’lim dasturlarini to‘ldiradi. Buning uchun pedagoglar “Evrika”
xodimlari bilan hamkorlikda ishlaydilar: sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning rejasini birgalikda
tuzadilar va mavjudlariga tuzatishlar kiritishadi. Ta’lim amaliy yo‘naltirilgan: bolalar qiziqarli
o‘yin shaklida chiqindilarni saralashni o‘rganishadi, muzliklarning erishi qanday oqibatlarni
keltirib chiqarishini ko‘rishadi, hayvonlarda shartli reflekslarning hosil bo‘lishini kuzatishadi va
h.k.
AQSh ta’lim tizimlari. AQShda “strategik fanlar” (matematika, kimyo, fizika, kompyuter
texnikasi)ni o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi. Maktablarda yagona dastur mavjud emas.
Boshlang‘ich maktab 6 yillik, unda fizika, kimyo, geografiya, astronomiya, botanika, fiziologiya
fanlarining ma’lumotlarini qamrab olgan tabiatshunoslik haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.
Boshlang‘ich maktabning o‘ziga xosligi o‘quv materialining kompleks tuzilganligidir.
Pedagogikada bilimlarning integratsiyasi markaziy o‘rinni egallaydi. O‘quv materialining fan
ko‘rinishidagi tuzilmasi mavzular majmuasi yoki amaliy vazifalar ko‘rinishida dastur bilan
uyg‘unlashgan. Dasturlar spiral tuzilishiga ega, ya’ni bir xil mavzular har bir sinfda
murakkablashgan holda o‘qitiladi.
Kichik o‘rta maktabda (7-9-sinflar) yagona o‘quv rejasi, dasturlar, darsliklar mavjud emas,
biroq tabiatshunoslik majburiy fanlar qatoriga kiradi. Biologiya, umumiy tabiatshunoslik 9-sinfda
tanlov o‘quv fanlariga kiritilgan. Kollejda o‘qimoqchi bo‘lganlar 9-sinfda biologiya yoki “Yer
haqidagi fan”, “Salomatlik va jismoniy tarbiya” fanlarini o‘qiydilar.
Yuqori o‘rta maktab (10-11-sinflar) ixtisoslashtirilgan, unda uchta o‘qitish dasturi bo‘ladi:
umumiy, akademik va kasbiy. Umumiy tabiatshunoslik bir yil davomida majburiy fan sifatida
o‘qitiladi.
Akademik maktablarning 10-sinfida umumiy biologiya o‘qitiladi: sistematika va ekologik
muammolar ko‘rib chiqiladi, turli hayvonlar va o‘simlik turlari, odam biologiyasi, shuningdek,
irsiyat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish haqida ma’lumotlar beriladi. Evolyutsiya va hayotning
paydo bo‘lishi o‘qitilmaydi.
Xorijiy davlatlar ta’limida biologiya fanini o‘qitishning ilg‘or tajribalari sifatida shuni qayd
etish mumkinki, fanni o‘qitishda o‘quvchilarga “tayyor” bilimlarni “berish”dan ko‘ra,
o‘quvchilarning bilimlarni “egallashlari”, o‘qitishning reproduktiv metodlaridan ko‘ra, amaliy,
muammoli, tadqiqotchilik metodlari ustunlik qiladi. Fanni o‘qitishga bunday yondashuv esa
zamon talabi bo‘lgan intellektual salohiyati yuqori shaxsni tarbiyalash imkonini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |