II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
274
1918 y. Toshkentda Turkiston untining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo f-tining
ochilishi O‘zbekistonda Kimyo fanining rivojida yangi bosqich bo‘ldi.
Kimyo va uning sanoatiga yondosh bo‘lgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va b. tarmoqlar
rivojlanishi bu ishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiyev, 3.
Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetishib chiqtsi.
Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo‘shdilar.
Respublikamizda Kimyo fanining rivojlanishida O‘zbekiston FA tarkibida hamda turli
vazirliklar tarmoq intlari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan i. t. va loyiha in-tlari xizmati ham
salmoqlidir. Kimyo in-ti (hoz. Umumiy va noorganiq kimyo institutы), O‘simlik moddalari
kimyosi instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti, Kataliz instituti, O‘zMU,
ToshTU, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat inti va
b. oliy o‘quv yurtlari kimyo lab. larida olib borilayotgan i. t. ishlari mamlakatimizda Kimyo fanini
yuqori pog‘onalarga ko‘tarishda muhim omillardan bo‘ldi.
MATEMATIKA FANIDAN O‘TKAZILADIGAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNING
TURLARI, ULARNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI
Muxsinova Nodira Shuxratovna
Buxoro muhandislik texnalogiya instituti akademik litseyi Matematika fani o'qituvchisi
Maktab tajribasida matematikadan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
viktorina, tanlov, olimpiada, matematikadan devoriy gazetalar, to‘garak va boshqalar.
Matematikadan viktorinalar ma’lum mavzu, bo‘lim, yoki umuman matematikaga
doir
masalalar bo‘yicha savol-javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi.
Matematikadan viktorinalar 10-20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5-6
savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi.
Matematikadan viktorinalarni tizimli o‘tkazib turish o‘quvchilarni masalalarni turli
usullarda yechishga o‘rgatadi, ularning fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.
Umuman, viktorinalar qizg‘in musobaqa tarzida o‘tadi, eng bilag‘on, topqir va hozirjavob
o‘quvchini yoki ilg‘or sinfni taqdirlash imkonini beradi.
Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni matematika
to‘garagiga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi.
Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo‘lib, unga ko‘proq
o‘quvchilarning qatnashuviga erishish kerak.
Matematikadan viktorinalar har xil o‘tkazilishi mumkin. Quyida ularning ikki xilini misol
tariqasida keltiramiz:
1. Savollar (misol, masalalar) o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga og‘zaki beriladi yoki
doskaga oldindan yozib qo‘yiladi. Javobni ham o‘quvchilar og‘zaki tayyorlaydilar yoki o‘z
daftarlariga qisqa, ya’ni o‘zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. O‘qituvchi
o‘quvchilardan bir nechtasi qo‘l ko‘targuncha kutib turib, keyin birinchi bo‘lib qo‘l ko‘targan
o‘quvchidan so‘raydi. Agar birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa, ikkinchi,
uchinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilardan (to‘g‘ri javob olguncha) so‘raladi.
2. Agar o‘qituvchi savolni doskaga yoki katta qog‘ozga oldindan yozib qo‘yadigan bo‘lsa u
o‘quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to‘g‘riligiga ishonch
qilgandan keyin qo‘l ko‘tarish kerakligini aytadi. O‘qituvchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilar oldiga
borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko‘radi. So‘ngra avval qo‘l ko‘targan o‘quvchiga
javobni aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi.
Matematikadan ertaliklar (kechalar) ommaviy tadbirlardan biri bo‘lib, o‘quvchilar va ota-
onalar o‘rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini
Do'stlaringiz bilan baham: |