O'QUVCHILARNI SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA
JISMONIY TARBIYA DARSLARINING AHAMIYATI
Yòldoshov Abror Xuddiyevich
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi Jismoniy tarbiya òqtuvchisi
Annotatsiya: Barkamol avlodni voyaga etkazish, shu asosda ijtimoiy munosabatlarni
sog'lom turmush tarzining ma'naviy-ahloqiy ta'sirini ilmiy asoslash. Sog'lom turmush tarzini
qaror toptirish va uning asosiy-madaniy darajasini yanada oshirish yo`llarini ilmiy yoritish.
Kalit so'zlar: psixofiziologik , neyrogumaral , ob'ektiv.
Mustaqil Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati qurilmoqda. O'tish jarayoni hayotimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy
islohatlariga o'z ifodasini topmoqda. Islohotlar jamiyat hayotining jabhalarini o'zida ifodalab, hal
etilmagan, ammo yechimini topish zarur bo'lgan dolzarb muammolarni ko'ndalang qilib
qo'ymoqda. Ana shunday muammolardan biri sog'lom: hayot kechirish masalasidir. Binobarin,
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
271
sog'lom hayot har bir inson, millat salomatligining manbai, jamiyatda barqaror taraqqiyotini
belgilovchi muhim omildir. Jamiyatning ma'naviy qiyofasini sog'lom turmush tarzini
shakllantirishga qaratib jamiyat qonun va qoidalariga amal qilib yashashni turmush tarziga
aylantirmas ekanmiz, sog'lom turmush tarzini shakllantirish ham, jinoyatchilikning oldini olish
ham muammo bo'lib qolaveradi.
"Sog' tanda - sog'lom aql" tamoyilidan kelib chiqib, Respublikamiz fuqarolarining o'z
salomatliklarini tiklash yuzasidan shaxsiy dasturiga ega bo'lishiga, unda shaxsiy salomatlik
madaniyatining jamiyat umummadaniyati bilan uyg'un qaror topishiga, har kimning o'z salomatligi
haqida shaxsan o'zi g'amxo'rlik qilishini ta'minlashi, shu bilan jamiyat madaniyatiga o'z hissasini
qo'shishga erishish zarur.
Ta'lim jarayonida o'quvchining salomatligini saqlovchi alohida sabab bo'luvchi asoslar va
qiziqishni singdirish quyidagi yo'nalishlarida amalga oshiriladi: maqbul estetik tashqi muhitini
yaratish; aqliy va jismoniy yuklamani o'quvchining yoshiga mos holda ilmiy uyushtirishni amalga
oshirish; o'quvchilarning mehnat qilishi va dam olishini to'g'ri almashtirib turish o'z sog'ligiga
nisbatan ongli ijobiy munosabatini tarbiyalash. Sog'lom turmish tarzining motivatsiyasi uchun xos
bo'lgan asosiy omillar quyidagilar:
6.
hayot, tengdoshlari, o'quvchi atrofidagi yaqin insonlariga ijobiy munosabat;
7.
hayotning barcha bosqichlarida mavjud bo'lishning asosiy qadriyati sifatida
salomatlik to'g'risida asosiy nizomni bilish;
8.
boshqalardan yomon bo'lmaslik istagi, hayot farovonligidan foydalanish - faqat
sog'lom odamgina bilishi mumkin bo'lgan qadriyat;
9.
tengdoshlari va yaqin atrofdagilar doirasida o'zini namoyon etishga bo'lgan ehtiyoj.
Katta yoshdagi o'quvchilar uchun barcha bu motivatsiyalar yetarlicha tanishdir, biroq ahamiyati
bo'yicha birday qadrli emas. O'zmirlar axloqida salomatlik motivatsiyasi uni amalga oshirishning
ahamiyatli kuchlanishi bilan bog'liq holda zaif gavdalanadi. Ular mumkin bo'lmagan to'siqlarni,
masalan, salomatlik uchun chekish, qo'zg'atuvchi vositalar (spirtli ichimlik giyohvand moddalar)
ni is'temol qilishning ko'rinib turgan zarariga qaramay osonlik bilan yengib o'tadilar. Shuning
uchun sog'lom turmush tarzini shakllantirish uning bor muftunkorligi bilan murakkab pedagogik
muammo hisoblanadi. Bu muammoni hal qilish pedagogdan salomatlikni saqlovchi
texnologiyalarni chuqur bilishni va professional vakolatga ega bo'lishini taqozo etadi. Aynan
ehtiyoj shaxsning shunday holati sifatida chiqqandiki, unga ko'ra axloq boshqariladi, tafakkur,
tuyg'u va inson ixtiyorining yo'nalishi belgilanadi. Ehtiyojlar madaniyat olamiga moddiy
bo'lganidek ma'naviy qadriyatlarga qo'shilishi bilan shartlanadi. Ehtiyoj faoliyatga qo'zg'ovchi
shubhasiz, ehtiyojning namoyon etish shakli bo'ladigan sabab (xohish, istak, qiziqish) larda
namoyon bo'ladi. Ehtiyojlarda inson faoliyati uning predmeti-jamoatchilik mazmuniga bog'liq,
sabablarda u shaxs faolligi ko'rinadi. Shuning uchun shaxs axloqida ochiladigan sabablar tizimi
ehtiyoj, uning mohiyatining tarkibiga qaraganda belgilar bilan boy va ancha harakatchan. Inson
tomonidan psixologik xislat shaklida ob'yektiv ehtiyojlarning sub'yektiv ifodalanishining o'zi
psixologik ma'noda ehtiyojning o'zidir.
Salomatlikni saqlash maqsadidagi jismoniy mashqlar mashg'ulotlarida ehtiyoj faqat
yetarlicha harakat faolligi sharoitida ehtimoli bo'lgan bola rivojlanishining tug'ma mexanizmi
bilan shartlanadi. Bu ehtiyoj yosh ulg'aygan sari pasayadi. Shuning uchun jismoniy mashqlar
mashg'ulotlarida aniqlangan motivatsiya va qadriyatlar tizimini shaklantirish o'quv tarbiya
jarayonida muhim vazifa bo'ladi. Harakat faoliyuatidagi ehtiyoj hayotiy faoliyat jarayonida
tug'iladigan metoboliq neyrogumoral siljish bilan belgilanadi. Axloqiy aktda operatsiyalar ketma-
ketligida zanjirning yakuni foydali natija olish (ehtiyojni qondirish) hisoblanadi. Psixofiziologik
qulaylikning yoqimli his-tuyg'ulari bilan mustahkamlanuvchi harakatlarda ehtiyojni qondirish
salomatlikni saqlovchi zamonaviy texnologiyalarni qo'llashda muvaffaqiyatli amalga oshishi
mumkin bo'lgan harakatli axloqiy aktni mahkamlashning biologik asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |