II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 268
TARIX DARSLARIDA INTYEGRASIYA Yakubova Sitora Sharifovna, Sohibova Nilufar Sirojovna Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi, Tarix fani o'qituvchilari
Annotatsiya: Mazkur maqolada tarix darslariklarida boshqa fanlar bilan
tarix fanining
uyg‘unligini ta’minlash, tarix darsliklaridagi ko‘rsatilgan tarixiy lavozimlairni taxlili, didaktik
imkoniyatlari va tarix ta’limining tarkibiy komponenti sifatidagi o‘rni va mohiyati haqida so‘z
yuritiladi.
Tayanch so‘zlar: darslik,
tarixiy lavozimlar,
didaktik imkoniyatlar,
sulolalar.
Ma’lumki so‘ngi yillarda tarix fani darsliklariga katta axamiyat berilmoqda ayniqsa
O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishga mo‘ljallangan dars ko‘paytirilganligi diqqatga sazovardir.
Tarixiy bilimlarni integratsiyalashtirib, o‘zlashtirish o‘quvchilar tafakkurini boyitadi. Umumiy
o‘rta ta’lim maktabining 6 va 8-sinf O‘zbekiston tarixi darsliklarida quyidagi mavzularni
integratsiyalash maqsadga muvofiq va darslikni bir qadar ixchamlashtirishga o‘quv yuklamasining
qisqarishiga olib kelgan bo‘lar edi.
6-sinf tarix fanida o‘qitiladigan Xristian dinining paydo bo‘lishi mavzusi o‘rganilganda
xristian dinning vujudga kelishi va rivojlanishi haqida aytib o‘tiladi. Xristian dini Yevropada keng
yoyilgan bo‘lib, xozirda ko‘p davlatlarda xristian dini vakillari topiladi. 6 sinfda tarixi darsida,
O‘zbeksiton xududiga 7 asrda xristian dini kirib kelganligi xaqida ma’lumotlar berilgan.
O‘zbekiston tarixi 7-sinf 6-mavzusida xududimizdan topilgan cherkovlar va uning manbalari
saqlanib qolgan. 6-sinfda o‘tiladigan xristian dinini paydo bo‘lishi mavzusiga 7-sinfda berilgan
ma’lumotlarni kiritib integratsiyalashtirilsa bo‘ladi.
9 sinfda o‘tiladigan Dinshunoslik darsida Xristian dini haqida ma’lumotlar beriladi, shunda
O‘zbeksitondan topilgan cherkovni va xochlarni shu mavzuga kirgizilsa va xududimizga 7-asrda
xristian dini kirib kelganligini tushintirib mavzuni ixchamlashtirsa bo‘ladi.
8-sinf O‘zbekiston tarixi mavzularida xonlikdagi davlat lavozimlari qayta-qayta keltirilgan.
Bizga ma’lumki 3 xonlik bir davlatning parchalinishi natijasida yuzaga kelgan. Shunday ekan
davlatlar xududlari bilan farq qilgan, lekin davlatning boshqarish tuzumi va lavozimlarning
ko‘pchiligida deyarli farqlar yo‘q.
Masalan: Qo‘shbegi, mirshab, dodxox, miroxur, yuzboshi, o‘nboshi, qozikalon, mutvali,
muftiy, sadr, shayxulislom va xakozalar. Shu o‘rinda 3-xonlikda yerga egalik munosabatlari ham
bir xildir. Ular xususiy yerlar, vaqf yerlari, va podsho yerlaridan iboratdir. Soliq tizimida ham
asosiy soliqlar bir xildir. Bularni Ashtarxoniylar davlati parchalanishidan keyingi mavzularda
kiritib o‘tilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
O‘rta Osiyo xududlarin egallash borasida Rossiya va Angliya o‘rtasida raqobat boshlandi.
8-sinf O‘zbekiston tarixining 41-mavzusida xorijdan kelgan josus-elchilar M.Murkroft,
A.Byorns, D.Ebbot, D.Volf, Ch.Stoddart va A.Konnolini shaxsi, ular tomonidan qilingan ishlar
yetarli darajada yoritilgan.
9-sinf O‘zbekiston tarixining 6-7 mavzularida bu yana takrorlangan.
Angliya va Rossiya o‘rtasidagi bu xududlarni bosib olish uchun kurash Jahon tarixi va
O‘zbekiston tarixida ham yoritilgan. Bu mavzularni ixchamlashtirib jahon tarixida o‘tilganligi
to‘g‘riroqdir sababi Jaxon tarixida Yevropa davlatlarining mustamalakalar uchun kurashi keng
yoritilgan. O‘rta–Osiyoni bosib olinishini ham shu mavzularga kiritilsa, yaxshi natija beradi.
Tarix fanini o‘qitishda ham ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki tarix fani orqali
o‘quvchilar o‘tgan davrlar tarixiy voqea xodisalarni o‘rganish va bilimga ega bo‘lish bilan barcha
siyosat, madaniyat, san’at, iqtisod, va ijtimoiy hayot haqida ma’lumotlar va namunalar
berilayotganligi ayni muddao bo‘lib, o‘quvchilar tarix fanini o‘zlashtirish bilan birga tasviriy
san’at asarlaridagi bilimlariniham oshiradilar. Tasviriy san’at asari orqali o‘sha davr ijtimoiy-
siyosiy hayoti madaniyati va xalqning nechog‘lik rivojlanganliklari haqidagi tasavvurga ham ega
bo‘ladilar.