http://interscience.uz/ 270
chunki u yoki bu harakatni ifodalovchi so`zlarning ma‘nosini tushunmaydilar. Shuning uchun
maktabda u yoki bu harakatni ifoda etuvchi so`zlarni mazmunini ochib berishga alohida e‘tibor
berish kerak. Shu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini hisobga
olish kerak.
1.
Tohirda 6 ta, Ahmadda 2 ta mashina bor. Ikkalasida nechta mashina bor?
Yechish: 6+2= 8
Javob: Ikkalasida hammasi bo`lib 8 ta mashina bor.
Vali 5ta sabzini rasmini, Nodir esa 4 ta sabzini rasmini chizdi. Ikkalasi nechta sabzi rasmini
chizdi?
Yechish: 5+4=9
Javob: Ikkalasi 9 ta sabzi rasmini chizishdi.
Sodda masalalarni shartlari bolalar uchun tushunarli bo`lishi kerak . Sodda masalalar yechish
yordamida matematika boshlang`ich kursining asosiy tushunchalaridan biri arifmetik amallar
haqidagi tushuncha va boshqa bir qator tushunchalar shakllanadi. Matnli masalalar yechish
bolalarda , avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish ularning programmada
belgilab berilgan nazariy bilimlarini o`zlashtirish bilan birga o`quvchilarning fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalalar yechish haqida fikr yuritish aqliy
rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir ko`rsatadi, chunki u taqqoslash va umumlashtirishni o`rganadi.
1-sinf o`quvchilari masala yechish orqali izlanayotgan sonlar orasidagi bog`lanishlarini aniqlash
uchun fikr yuritadilar. Masala yechish mobaynida o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan belgilar
sonlar va izlanayotgan son orasidagi masalalar ustida ishlashga doir o`quvchilarni avval bir turdagi
masalalarni yechishga, so`ngra boshqa turdagi masalalarni yechishga fikr yurita oladilar Sodda
masalalar xila-xil bo`lib ular turlari bilan tugallanmaydi. 1-sinfda qo`shish va ayirishga doir
masalalar yechiladi.
Masala. Nodir polizdan 4 ta tarvuz uzib chiqdi. Vali esa 3 ta qovun uzib chiqdi. Hammasi
bo`lib nechta tarvuz va qovun uzib chiqildi?
Yechish : 4+3=7
Javob: Hammasi bo`lib 7 ta tarvuz va qovun uzib chiqildi
Masala. 1-likopchada 2 ta olxo`rib or, 2-liqopchada esa 4 ta olxo`rib or. Hammasi bo`lib
nechta olxo`ri bor?
Yechish: 2+4=6
Javob: Hammasi bo`lib 10 ta olxo`ri
Bolalarga dastlabki davridayoq ―qo`shish‖, ―ayirish‖, ―hosil bo`ladi‖ , ―teng bo`ladi‖
so`zlarini o`rgatib boorish kerak.