51
yakor orqali paydo bo‘ladi. Mikrofon XX asrning so‘nggida
yaponiyalik olim Yoguti tomonidan, ixtiro qilindi.
Bunda
dielektrik maxsus materialga ishlov berilgandan so‘ng unga
elektr zaryadi yuboriladi va u kondensatorga ulandi.
Dinamik mikrofon.
Mazkur mikrofon tovush g‘altagining
doimiy magnitdagi magnit maydon tarqalishining o‘zgarishi
asosida ishlaydi. Mikrofon diafragmasi g‘altak bilan qattiq
mahkamlangan bo‘lib, elektromagnit induksiyasi qonuniga
binoan unda tovush ovoz bosimiga proporsional o‘zgarish
paydo bo‘ladi. Dinamik mikrofonning sifat ko‘rsatkichlari:
uning uncha katta bo‘lmagan o‘lcham va og‘irlikka
ega ekanligi,
mustahkamligi, ortiqcha yuk va mexanik
52
silkinishlarga bardoshliligi. Shu bois u studiyalarda, sahna va
ochiq maydonlarda keng qo‘llaniladi. Dinamik mikrofonlarga
tasmali mikrofonlarni ham kiritish mumkin.
Bunda uning
tirqishiga o‘ralgan yupqa qat-qat tasmacha tebranib, uning
chetlaridagi elektr taranglik paydo qiladi va moslashuvchi
transformatordan so‘ng ekranlangan kabel orqali elektr
kuchaytirgichga uzatiladi.
Tasmali mikrofonlar
yaxshi
ko‘rsatkichga ega bo‘lsa-da, yuk-
lamaga chidamsiz. Bu mikrofonlar
yaqin
masofalarda ham past
chastotalarni ajratib uzatadi.
Shuning uchun ularni ochiq
maydonlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Ovoz yozish studiyasida
eng ommabop mikrofonlar kon-
densatorli mikrofonlardir. Bunda
tovush qabul qilishning bir
tekisligida havoli kondensatorni
namoyon etuvchi kapsul
muhim omil sanaladi. Uning bir plastinasi harakatsiz bo‘lsa,
boshqasi yengil, ixcham bo‘lib, tovush to‘lqinlari ta’sirida
tebranadi. Harakatchan membranalar ikkita bo‘lishi mumkin.
Kondensatorli mikrofonlar uchun quvvat manbayi mikrofonga
ovoz ekranlangan kabel bilan qo‘shiluvchi maxsus to‘g‘rilovchi
moslama orqali pultdan olinadi.
So‘nggi vaqtda uzun kabel va shnurlarsiz ishlovchi
radiomikrofonlar ham keng tarqalmoqda. Ular radio va
teleko‘satuvlar, tok-shoularda va konsertlarda,
ommaviy
tantanalarda qo‘llaniladi.
Alohida guruhni tashkil etuvchi ilmoqli mikrofonlar
suxandon va boshlovchilar uchun nihoyatda qulay hisoblanadi.
53
Mikrofondan foydalanish borasida ayrim ko‘rsatmalar.
Mikrofonlarni ularning soni va texnik xarakteristikasiga
qarab yozuv vaqtida ishlata bilish eng murakkab va zarur
shartlardan biridir. Bu kabi muammolar bilan ovoz rejissorlari
va operatorlari har kungi ish jarayonlari davomida to‘qnash
keladilar.
Ma’lum bo‘lishicha, hech bir adabiyotda mikrofonlarni
o‘rnatishning batafsil prinsipi (sxemasi) berilmagan. Bunda
professional ovoz rejissorlari va operatorlari mikrofonlarning
ishlash prinsipi va o‘z bilimlariga tayangan holda o‘rnatishlari
mumkin. Har bir makonning akustik parametri bir-biridan farq
qilishi tufayli ovoz rejissorlari yuzaga keluvchi qo‘shimcha
muammolarni hal qilishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Qoniqarli
mikrofon repetisiyasini tashkil qilib,
ovoz yozuvini bir necha
bor amalga oshirgandan so‘nggina sifatli natijaga erishish
mumkin. Bunda studiyada ovoz yozish tajribasiga ega bo‘lish,
musiqiy sozlarning jarangi, ularning akustik tuzilishi va turli
ko‘rinishdagi musiqiy dasturlarni yaxshi bilish lozim bo‘ladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqorida aytib o‘tilganlarga
rioya qilinsa, boshqa rejissorlarga ham shu usulda ovoz
yozishni tavsiya etsa bo‘ladi.
Eng avvalo, ovozni sifatli
yozish uchun studiyani
ijrochilar bilan to‘ldirish me’yoriga amal qilish kerak.
Musiqiy yozuvlarda har bir ijrochiga 35–50 m
3
, 50 kishilik
orkestr uchun 2000 m
3
, opera, oratoriya, simfonik asarlarni
yozish uchun ixtisoslashgan 150–200 kishilik jamoaga
6000–10000 m
3
hajmdagi studiya talab qilinadi.
Bu talablarga
javob bermagan studiyalarda ovoz yozish sifati past bo‘ladi.
Ovoz sifatli chiqishida akustik joylashuv ham muhim rol
o‘ynaydi.