«
Tahlilnoma
»
,
«
Yuzma-yuz
»
,
«
Inson va qonun
»
va h.k.).
57
3. Badiiy janrlar.
Muallif tasavvurida o‘ylab topilgan, rejissor tomonidan
sahnalashtirilgan mavzular, loyihalar. (
«
Otalar so‘zi-aqlning
ko‘zi
»
, teleseriallar va h.k.)
Hayotiy voqelikni umumlashtirish, ularni sarxil qilib tartib-
ga solish, har xil janrlarda tomoshabinga yetkazish rejissor
va jurnalistning mahoratiga bog‘liq ekanligini ko‘ramiz.
Demak:
axborot
– qayd qilayapti, muhrlayapti, ta’kidlayapti;
publitsistik
a – umumlashtirayapti, tahlil qilayapti;
badiiy ijod
– ifodalayapti, yaratayapti.
Televizion janrlarning vujudga kelishi ikki manbaga
asoslanadi:
Birinchisi – avvalgi adabiyotdagi an’anaviy janrlarning
televideniyega kirib kelishi. Misol: ocherk – adabiyotda va
televideniyeda.
Ikkinchisi – yangi televizion texnologiyalarning kirib
kelishi tufayli paydo bo‘lgan janrlar.
Masalan: ko‘chma televizion stansiyalar; reportaj, na-
moyish, to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish va h.k.).
Axborot janrlari.
Axborot janrlaridan asosiy nuqtayi nazar korxonalarga,
muassasalarga, ishlab chiqarish jarayonlariga, maishiy
mavzularga, tadbirlarga qaratilgan bo‘ladi. Voqealarni
ko‘rsatishdan maqsad ommani boxabar qilish, sodir bo‘lgan
hodisa va jarayonlardan voqif qilish. Axborotda asosiy mezon
tezkorlik, to‘g‘ridan to‘g‘ri olib ko‘rsatish, tomoshabin
voqealar shohidi bo‘lishini ta’minlashdir.
Joylardan reportajlar olib borish, voqealarga sharhlar
berish, ishtirokchilardan intervyular olish, suhbatlar uyush-
tirish axborot asosini tashkil qiladi.
58
Sharh – muhim voqealarga, ijtimoiy-siyosiy hodisalarga,
ilmiy, madaniy-maishiy, sport mavzulariga, tadbirlariga
shu soha bilimdonining chiqishi, sharh berishi, ommaga
tushuntirishi (kadrda, kadr ortida).
Intervyu – bir kishi yoki bir necha kishi bilan jurnalistning
muloqoti. Tomoshabin bu muloqotning guvohi. Bu yerda
boshlovchi bilan suhbatdoshning bilim saviyasi, keng
qamrovliligi, qiziqtiruvchi savollariga javob bera olishi,
mavzuga aloqadorligi muhim ahamiyatga ega. Rejissor
ham, jurnalist ham shaxs bilan ma’naviy va ruhiy aloqani
o‘rnata olishi kerak. Intervyuda samimiyat, hozirjavoblik
yo‘qolmasligi kerak. Kutilmaganda to‘satdan tashkil qilingan
muloqot tomoshabinga qiziq.
Presskonferensiya – ko‘pchilik bilan muloqot. Bunda
rejissor bilan jurnalist katta tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Mavzu
ko‘p qirrali, uni har tomonlama yoritish lozim. Ssenariy rejasi,
uning kompozision tuzilishi, beriladigan savollar ko‘lami
muammolar yechimi, ishtirokchilar bilan muloqot shakli
o‘ylangan bo‘lishi kerak.
Reportaj – sodir bo‘layotgan muhim voqeani to‘g‘ridan
to‘g‘ri o‘z holicha aniq va jo‘shqin ko‘rsatish (konsert, futbol,
majlis, bayram va h.k.).
Reportaj turlari.
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reportaj – televizion texnika vosi-
tasida biror voqeani izohsiz, ijodkorning aralashuvisiz, ishlov
bermasdan kadrlashtirib uzatish, bevosita ko‘chirish, muhrlash
tayyorlash jarayoni quyidagilarni talab qiladi:
a) mavzu va joyni tanlash;
b) texnik imkoniyatlarni o‘rganish;
d) kameralar joylashadigan nuqtalarni aniqlash;
59
e) voqea dasturi bilan tanishish.
Bularni amalga oshirishda rejissor bilan operatorning
planlarni tanlashi, ifodali imkoniyatlardan foydalanishi, ruhiy
mazmun berishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Voqeani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatuvda montaj jarayoni
va uning talqini muhim rol o‘ynaydi (tantanali majlislar,
ko‘rgazmalarning ochilishi, festivallar, universiadalar).
Voqeiy reportajlar – bu reportajlar boshlovchi-suxandon
tomonidan sharhlanadi. Bunda rejissor tomonidan jurnalistga
katta talablar qo‘yiladi. Olib boruvchining voqeadan
boxabarligi, keng tushunchaga ega ekanligi, xilma-xil
hujjat va manbalardan foydalanib tomoshabinga yetkaza
olishi ahamiyatli. Bunday holatlarda rejissor va operator
jurnalist gaplarini ochib berishi, tasvir bilan to‘ldirishi, nozik
tomonlarini ilg‘ab olishi, unga ulgurishi muhimdir.
Muammoli, tashkil qilingan reportajlar – bunday
reportajlarda qatnashuvchilar tanlanadi, voqealar sodir bo‘lish
joyi aniqlanadi, oldindan tayyorgarlik rejalashtiriladi. Yozilgan
ssenariyga asoslanib rejissor va muallif-jurnalist muammoni
ko‘taradi, tahlil qiladi, yechimini topadi. Tomoshabinga havola
qilinadi. Bunday reportajlar avvaldan o‘rganiladi va mashqlar
qilinadi.
Publitsistik janrlar.
Bunday ko‘rsatuvlarning asosini aniq hujjatlar, haqiqiy
hayotiy lavhalar tashkil etadi. Muallif-jurnalistning mu-
nosabati va bu voqealar talqini, uning nuqtayi nazari muhim
hisoblanadi. Voqea hujjatlarini to‘plash, ularni tanlash, qayd
qilish hamda tahlil etish rejissor va jurnalist mahoratiga
bog‘liqdir.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |