43
Rassomchilik san’atining qaysi turi bo‘lmasin, me’moriy
san’atdan tortib moybo‘yoq, chizmachilik,
grafika va boshqa
turlar izchil ifodasini topishi kerak.
Rejissor rassom bilan ishlashda har bir davrning o‘ziga xos
xususiyatlarini, qurol-aslahalarini, kiyim-kechak liboslarini,
urf-odatlarini, ijtimoiy hayotini chuqur o‘rganishi, yaratgan
har bir sahna va ekran asarida ularga e’tibor berishi lozim.
Rassomning badiiy bezagi o‘zining tashqi ifodasi hamda
ichki teranligi bilan ajralib turishi kerak. Teatr san’atida
mashhur teatr rassomlari rejissor bilan hamkorlikning ajoyib
namunalarini qoldirgan. Rejissor rejasi va rassom g‘oyasining
uyg‘unligi yaxshi natijalarga olib keladi.
Badiiy bezak uslubiyati rejissor rejasining ustuvor
yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Rejissor
rassom bilan ishlar
ekan, asar negizida biqinib yotgan yagona tasviriy ifodani
topishi, tashqi obrazli ifodasini asar tabiatidan qidirishi lozim.
Ifodali mizansahnalar, aktyorlarni sahna sahnida yuqoriga,
ichkariga, oldiga joylashtirish, rejissor rejasini amalga
oshirish rassomga bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak. Aktyor
uchun
harakat nuqtalari, maydonchalari qancha ko‘p bo‘lsa,
ifoda imkoniyatlari kengayadi. Voqealarning qachon, qayerda
kechishi rejissor va rassom talqiniga bog‘liq.
Albatta, rassom bilan ishlash jarayonida asar ishti-
rokchilarining ijtimoiy kelib chiqishi, ularning kim, qaysi
tabaqadan ekanligi, liboslar ifodasi ham katta rol o‘ynaydi.
Qatnashuvchilarning tutgan o‘rni, yashash tarzi, o‘zaro
munosabatlari, urf-odatlari qaysi asnoda o‘z
sahna ifodasini
topishi kerakligi muhim ahamiyatga ega. Qaysi rang, qaysi
me’moriy uslubda spektakl yechimini, shaklini izhor qiladi?
Mana shu muammolar rejissor va rassom munosabatlari
o‘rtasida o‘z rivojini topadi. Badiiy bezakni yaratishda
44
ijodkorlarga
muzeylar, kutubxonalar, suratli ko‘rgazmalar,
kinoxronika, matbuot, jurnal, gazeta, tasvirga olingan rasmlar
yordam beradi. Bu ikonografik materiallarni o‘rganish deyiladi.
Spektaklning obrazli ifodasi, xarakteri, uslubi, voqealar
kechishi, makon va zamon hamkorligi
jiddiy izlanishlar
natijasida o‘z samarasini beradi.
Ko‘pincha, rassom va rejissor hamkorligi eskizi stol atrofida
va maketlardan boshlanadi. Kelgusi sahna asarining maket va
eskizi stol atrofida muhokama qilinib, o‘ylangan mizansah-
nalar, liboslar ko‘rinishi, nur bilan yoritilishi, sahnaning rang
ifodasi, spektakl sur’ati, kartinalarning joylashishiga bog‘liqligi
maket va eskizlarda o‘ylab chiqiladi.
Jihoz va ashyolarning
joylashishi aktyor ijrosiga yordam berishi kerak. Umuman,
sahnadagi barcha shart-sharoit aktyorning qiyofa yaratishiga
imkon tug‘dirishi lozim. Pardoz-andoz, kiyim-kechak, yasama
jihozdan tortib haqiqiysigacha, barcha-barchasi rejissor
rejasining ro‘yobga
chiqishiga, aktyorning ijrosiga qaratilishi
kerak. Rassomning barcha izlanishlari asarning mag‘zini
tasvirda ifodalashga, yechimining topilishiga qaratilishi lozim.
Mo‘jizakor sahnaning imkoniyati keng. Rejissor va rassom
hamkorligi – mana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib
san’at asarlarini yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: