Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
8
http://ziyonet.uz/
«Mulk kimniki?» degan ibora oʻsha damda Uning ogʻzidan chiqqan boʻlib, mamlakat
kimniki boʻlsa, oʻshanga boʻysunadi.
Ey Xudo, oʻsha kunga aniq yetsam yoki oʻsha tomonga borishga oldinroq azm qilsam,
oʻsha damda imonimni menga hamroh qil! Koʻnglimda boshqa xudoga sevgimni maxv
et! Barchaga boʻlgan rahmatingni menga nisor etib, hammaga yoʻnaltirilgan lutfingni
ham yor qil!
V - Uchinchi Munojot
Olam va odamni vujud koshonasidan yoʻqlik faromushxonasiga solmoq vujudi mutlaqdin
oʻzga vujud turmasligi haqida boʻlib, bu ma’nodagi fikrni vujud ahli (moddiyunlar)
boshqa vujudga mutlaqo yaqin keltirmas va isyon zulmatida nazardan qolganlarga Olam
yakunining shafoati yordam koʻrsatur va oʻsha shafoat koʻrsatganlarga olam va odamni
yaratgan shafoat tilagay
Ey, qahr etishni ham, lutf qilishni ham oʻziga odat qilib olgan! Borni yoq hamda yoʻqni
bor etding. Hech narsa avvalda yoq edi - bor qilding. Ularning hammalariga aql-
zakovatni doʻst etding. Toʻqqiz osmonni ham keng qilib yaratding. Yer yuzini ham yoyiq
qilding. Sen yaratgan falakiyot boʻladimi, unsur (suv, havo, tuproq, olov) boʻladimi,
ularning barchalari eng qimmatbaho javohirlardir. Kon boʻladimi, hayvonot yoki
oʻsimliklar dunyosi boʻladimi -ularning har biri eng oliy sifatli gavharlardir. Ularning har
birini garchi latif qilib yaratgan esang-da, ammo hammasidan ham Insonni eng sharofatli
qilib yuzaga keltirding. Bir qatra suvdan tortib toʻla dengizgacha, zar sochuvchi
quyoshdan zarragacha - unisini bunisiga, bunisini unisi bilan bogʻlab, ularning
hammasini bir-biriga payvand qilib, bunga vositalar qatma-qat, tuklar-tuklar bilan
tutashgandir. To bu oliy borgoh (Olam) tikilguncha, undagi ulugʻ korgoh - dunyo
qurilishi ham muhayyo boʻldi. Bu dunyo keng va goʻzal yaratilgan boʻlib, hatto unda
ortiqexa soch tolasiga ham oʻrin qolmagandir.
Biroq agar Sen bularning barchasini buzmoqchi, boshidan-oxiriga qadar ostin-ustun
qilmoqchi boʻlsang - aql uchun ham bu qoʻrqinchlidir! Lekin bu Sening uchun osondir.
Sen oʻz qudratingni koʻrsatmoqchi boʻlsang. undan biron nishon qoldirmasliging
mumkin.
Endi-chi, saxovat dengizi junbushga kelgan ekan, yoʻqlikdan jismlarni paydo qila
boshlaysan. Kimningdir qachon oʻlganini hisob qilib, bunga oʻn bir ming yil boʻlgan
boʻlsa ham, tanasining daftari boʻlak-boʻlak boʻlib, boʻlaklarga boʻlinmaydigan boʻladi.
Bunday xolatda («Qur’on»dagi) «Qabrda nima boʻlsa, sochiladi», «Koʻkrakda nima
boʻlsa ochiladi» iboralari jilva qiladi. Alloh yaratgan oʻsha kuni - «Oʻsha bir kuni kishi
oʻz birodaridan qochur» .
Oʻsha ohu nadomat kuni qanday kun boʻldi?! Uni ohu nadomat kuni emas, qiyomat kuni
desa ham boʻladi! Oldin oʻtganlar ham, keyin oʻtganlar ham chorasiz, bandi xolida, har
Do'stlaringiz bilan baham: |