Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
6
http://ziyonet.uz/
aylantirding. Dunyoning bogʻchasini toza bir varaqqa aylantirib, unga yasalgan panjara
olti tugunli boʻldi. Sening kuch-qudrating tufayli konlardagi gavharlar rang-baranglik
kasb etdi. Sening buyrugʻing bilan qimmatbaho toshlarni togʻ beliga kamar qilib bogʻlab
olgandir.
Yomgʻir iplari sof dengiz suvlari bilan tutashgandan soʻng yelning nozik barmoqlari
ikkisidan ipakli shoyi toʻquvchiga aylandilar. Qora changlarni sen shamol bilan omuxta
qilganingdan keyin, u charxdek dunyo boʻyicha kezib yuripti. Sen bu kabi qancha
gʻaroyib narsalarni yaratgan boʻlsang, ularning barchasi jamoling oynasida aks etgan
narsalardir.
Sening xazinangda bunday boyliklar juda koʻp edi. Lekin ularning barchasini
yaratishdan kuzatilgan asosiy maqsad inson edi. Sen qanday ajoyib gap gapirsang - u
toʻla tushunar, yashirin siriaringni esa ichida saqlar edi. Uning koʻnglini oʻzingga yaqin
xazina bilib, uning jismini xazinangga tilsim etding.
(«Qur’on»da) uni maqtab, boshqa hamma maxluqlardan ortiq koʻrib, «Mukarram
qildik!» deyilgan. «Eng goʻzal qad-qomat unga munosib», deyilgan. Kim sening
sifatlaring bilan bogʻliq bilimlarni bila olmayotgan boʻlsa, uni ushbu ma’rifatni biladigan
qilding.
Allohni bilish uchun shaxslardan guruhlar tuzding. Uning mohiyatini bilishga olam
ahlini yoʻnaltirding.
Ey Xudo, oʻsha xazina, qandaydir mavxum xazina emas, faqat insongagina aniq boʻlgan,
boshqaga nasib boʻlmagan xazinadir.
Ey Xudo, meni avvalo shunday odam qilib yaratki, men shu (Alloh) haramining
maxrami boʻla olay! Qancha siring boʻlsa, meni ishonchli qil! Boshqa yana nima qilsang,
Oʻzing bilasan!
IV - Ikkinchi Munojot
Alloh yaratgan goʻzal narsalarning jilvalari zuhuri haqida lekin bundan oʻsha ashyolarni
yaratganning oʻzining ulugʻ dargohiga biron foyda yetmaydi va u mavjud goʻzallar bilan
bogʻliq buzugʻliq hodisalari toʻgʻrisida boʻlib, bundan donolarning Yagonasi saroyiga
biron kimsa zarar yetkazishni xayoliga ham keltirmaydi
Ey, dunyoda bor mavjudotga vujud boʻlgan, vujud ahliga saxovat fayzini bergan Alloh!
Sirli yoʻqlikdan nima paydo boʻlgan boʻlsa, bari senga sajda qiladi, sen esa ularga
sigʻinish asusisan. Kimki oosni sajoada boʻlsa, uning masjudisen. Kimning yuzi qiblada
boʻlsa, sen uning topinadigan Tangrisisen. Falaklarning muncha tez aylanishining
sababchisi ham yoki Yerning qadimdan sekin aylanishining sababchisi ham Sen boʻlib,
ularning junbushga kelishi ham, tinchligi ham, shuningdek, yaralishi ham, yoʻq boʻlib
ketishi ham Sendan. Havorang gumbaz bilan Osmon toqidagi yulduzlar - sha’m, Quyosh
Do'stlaringiz bilan baham: |