Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
7
http://ziyonet.uz/
esa - naqshinkor qubba. Bularning hammasini aql muhandislari koʻzdan kechirar ekan,
buni.idrok etishga xislari ojizdir.
Bunday me’morlikni yuzlarcha kishilar havas qilgan. Biroq ularning ustozlariga ham bu
qiyin boʻlgan. Masalan, bu qurilmaning buzilishini xohlar ekansan, buning uchun Sen
qaxringni namoyon etsang, shuning oʻzi kifoya. Sen xosil etgan bir boʻron oldida bular
hammasi bir siqim tuproq, yoki shamol qarshisida bir tutam xashak misolidir. Sening
qaxring goʻyoki bir pahlavon toshyoʻnarga aylanib, togʻlar bulutlar kabi kuchli na’ra
tortgandek boʻladi. Osmon bir etak kul kabi sovurilib ketishi, yulduzlar bir xovuch
guldek qoʻzgʻalishi mumkin. Zuxal esa yelkasidan qoʻngʻiz singari pat chiqarib, adam
dashtiga mayl koʻrsatishi mumkin. Mushtariy oʻz hayotini tugagan hisoblab, oʻltirgan
minbari taxta va tobutga aylanishi turgan gap. Bahrom ham oʻzini oʻldirish uchun tigʻ
tortib, oʻz ahvoliga dod solib yigʻlagani yigʻlagan. Bunday qora kunda yorugʻ quyosh
qorayib, kuygan kulchaga aylanadi. Zuxra esa chirmanda va changini sindirib, taqdirga
mos kuy tuzib, Atorud qoʻlida na qalam, na raqam - ularning oʻrnida «jaffal-qalam» oyati
raqam etiladi. Oy abadiy yer osti shu’lalari bilan yoʻqlik ahllari shomiga zulmatini
oshirgani oshirgan. Rahmsiz shu’lalar olov purkab, yulduzlar bilan osmonni oʻrab oladi.
El Osmon bilan Yerni xarob qilib, binobarin, mazlumlar oh tortishda. Dengizlarni
toʻlqinlar egallab olgan, undan sachragan suv qatralari yulduzlarning yuziga uriladi. Yer
joyidan qoʻzgʻalib, atrofga hamla qilar ekan, lcjuvard osmon unga yiqilib tushganday. Bu
paytda odamiylik shunday yoʻqlikka yuz oʻgiradiki, odamda ham vafo va karamdan
nishon qolmagan boʻladi.
Yer balandga koʻtarilgan, falak esa quyiga tushib ketgan, goh u yuqori koʻtarilsa, bunisi
pastga tushib ketadi.
Oʻt dengizda gʻavvoslik qilayotgan boʻlsa, togʻ osmonda raqqoslik etadi. Bulutlar osmon
bilan urilib toʻqnashganda jin urganlar devni koʻrgandek yigʻlashadi. Shu sababli
togʻlarda ham, falaklarda ham taraqa-taraq, bu taraqa-turuqlardan - «Alvido!» degan
ovozlar eshitiladi.
Bir necha vaqt hamma shunday toʻs-toʻpolonda - to qattiq shamol esa boshlagunga
qadar. U yangidan esa boshlab, eskirgunga qadar - ma’lum bir fursat orasida «Qur’on»da
«boʻlgani boʻldi», «boʻlmagani yoʻq!» deyilganidek, Tangrining oʻzi doimiy qolib,
boshqa istiqomat qiluvchilar yoʻq, vor abadiy nolib, agʻyor qolmagani ma’lum boʻladi.
Yeru osmonning borligi yoki yoʻqligidan, barcha odamlarning oʻzini mahfiy tutishi yoki
dili ochiqligidan Uning buyukligiga hech qanday foyda, na Uning kuch-qudratiga hech
qanday ziyon yoʻqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |