Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
2
http://ziyonet.uz/
ragʻbat bildirar ekanlar, bundan cheksiz zarar kelishi aniq. «He»si xalok etish uchun
qarmoq vazifasini oʻtayotgandek, xavf-xatar markazida turib changak solmoqda.
Xalqni qoʻrqitish uchun «Nun» kamondek tortilgan, yanada toʻgʻrirogʻi, abadiy
dehqonchilik uchun oʻrogʻi shay. «Yo»si dushmanlarga qarshi nido belgisi. Ya’ni bu,
mening uchun oldimda hayotingni fido qil! - demakdir.
Yoʻl-yoʻlakay bir qancha nuqtalar boʻlib, ular bamisoli toshlar boʻlib, ularni toshlar
emas, kesilgan boshlar, desa ham boʻladi. «Mim»lar u yerda tugun-tugun boʻlib, niyatlar
esa jingila-jingila.
Har yerida undosh harflar takror-takror keladi va buning sanogʻi koʻp. Shiddat bilan
oʻqilganda, kishilar buni darxol sezadilar. Kimning maqsadi nimaligini kuzatib turgan
nazarlar qancha koʻp boʻlmasin, yaxshiroq koʻruvchilar ularni rad etar edi.
Lekin u yoʻlni bosib oʻtishni xulq-atvori yaxshi kishilar niyat qilar ekanlar va u yerga
qoʻnar ekanlar, «Bo»si avvalo bashoratdan darak bersa, belgilar ichkariga kirishga
ishoradir. «Sin»i salomatlik yoʻlining zinasi, yoʻq, zinasi emas, balki saodat oynasidir.
«Mim»i maqsad manziliga yoʻl, yanada toʻgʻrirogʻi, bu manzildagi buloq boshidir.
Bundagi har bir «alif», odatda (arabiy alifboda) «jon» soʻzining oʻrtasida kelsa, bu yerda
begʻubor kechaning sham’i vazifasini bajaradi.
«Lom»lari zafar bayrogʻi oʻrnida boʻlib, unga zafar quchish orzusi jilva berib turibdi.
«Ho»sida mohiyat jilvagoh boʻlib, «Lom»i bilan «Podshohlik uningdir», deyilgan.
«Ro»lari jannat bogʻining eshiklaridir. «Ho»lari esa vahdat gʻunchalariga beshikdir.
«Mim»i «nun»dan nixoya topib, oʻz jonini cheksiz qiynaydi.
Karam dengiziga gʻarq boʻlish uchun «yo» bilan «mim» oʻzaro qoʻshilib, daryolikni
namoyon etdilar. Bunda nuqta va undoshlarning ortishi yuz berib, chaqmoq va toshga
aylandi.
Bu esa «alif»ning sham’idan yorugʻlik chiqishiga olib keldi.
Bunday qaror koʻngil boʻyniga xalqa solib, nuqta esa boqiylik durrini jon qoʻyniga
joylashtirdi. Mazkur harakatlardan yordam yuz berib, maqsadga yetishmoq uchun intilish
yanada kuchaydi.
Ham toʻxtash osoyishtalik oshkor qilib, bunda tek turishga yoʻl koʻrsatildi. Qachonki
sayr etuvchi yurishga qadam qoʻyar ekan, uning oyogʻidan koʻtarilgan chang atrofga
jonlar sochayotgandek edi. Bosh-oyogʻi boshidan-oxirigacha jon boʻlib, boshdan-oyogʻi
jon boʻldigina emas, jonon boʻldi.
Bu yurishda ul qavmga issiqdan dogʻ ustiga dogʻ yuz berib, bu yoʻlni bosib oʻtishda bu
guruhga bogʻ ustiga bogʻ uchradi. Buning hikmatli tomoni ham qaxrda, ham lutfda
Do'stlaringiz bilan baham: |