Yangi bilimlarni qo‘llang.
Bilish va tushunish
1
.
Ekologik omillarning qanday turlarini bilasiz.
2. Abiotik omillarning qanday turlari bor?
3. Biologik optimum deganda nimani tushunasiz?
4. Har xil turlar bitta ekologik nishani egallashi mumkinmi
Qo‘llash
Qanday omillar cheklovchi omil deyiladi? Libixning minimum qoidasi mohiyatini
tushuntirib bering
Tahlil.
Quyidagi omillarning qaysilari o‘simliklar, qaysilari hayvonlarning yashash
sharoitlarini belgilaydi: suv, shamol, yorug‘lik, karbonat angidrid, organik moddalar,
mineral tuzlar? Fikringizni asoslang
Sintez.
Qishda kuchli shamol esgan vaqtida shamolsiz kunlarga nisbatan o‘simliklarni sovuq
urish ehtimoli ko‘proq. Bu hodisa qanday ekologik qonuniyatlar bilan bog‘liq? Fikrin-
gizni asoslang
157
Biologiya 10
Baholash.
Quyida berilgan antropogen omillar ta’sirining oqibatlarini baholang: o‘rmonlarni kesish;
okean tubidan neft qazib olish, uni transportda tashish va qayta ishlash; hayvonlarni ovlash;
zararkunandalarga qarshi kimyoviy moddalarni qo‘llash; suv havzalarining sanoat va xo‘jalik
chiqindilari bilan ifl oslanishi
6.4 LOYIHA ISHI.
TURLI MUHIT SHAROITIDA O‘SGAN
O‘SIMLIKLARNING TUZILISHINI TAQQOSLASH
Loyihaning maqsadi:
abiotik omillar: yorug‘lik, namlik, tuproq tarkibining tirik or-
ganizmlarga ta’sir qilishini aniqlash, tirik organizmlarga abiotik omillarning ta’sirlarini
tahlil qilish.
Kerakli jihozlar:
xona o‘simliklari (yorongul yoki koleus) novdalari, gultuvaklar.
Ishning borishi:
1. Bir tup xona o‘simligidan bir xil ko‘lamdagi to‘rt dona uchtadan bo‘g‘imi bo‘lgan
yon novdalarini kesib oling. Yuqori bo‘g‘imdagi
bargni qoldirib, pastki bo‘g‘imlardagi barglarni kesib
tashlang. Novdalarni ildiz chiqarguncha suvga solib
qo‘ying.
2. 1- va 2-novdalarni oddiy tuproq solingan
gultuvaklarga, 3- va 4-novdalarni esa chirindiga boy
tuproq solingan gultuvaklarga eking.
3. Gultuvaklarning har biriga yorliq
yopishtiring.
4. 1- va 3-gultuvaklardagi o‘simliklarni janubga qaragan derazalarga qo‘ying.
2- va 4-gultuvaklardagi o‘simliklarni derazadan 3–4 metr uzoqqa joylashtiring.
5. Birinchi uch kunlikda barcha o‘simliklarni ko‘p miqdorda sug‘oring. Keyinchalik
1- va 3-gultuvaklardagi o‘simliklar yetarli miqdorda
sug‘oring, 2- va 4-gultuvaklardagi o‘simliklarni
normadan kamroq sug‘oring.
6. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi ustida
kuzatish olib boring. Kuzatish natijalarini har hafta
jadvalga yozib boring.
158
Biologiya 10
Do'stlaringiz bilan baham: |