cheklovchi omil
deb ataladi. Masalan, tuproqda biron-bir
mikroelementning yetishmasligi o‘simlik rivojlanishining susayishiga va hosildorlikning
pasayishiga olib keladi. Shu o‘simliklar bilan oziqlanuvchi hasharotlar oziq yetishmasligi
tufayli hobud bo‘ladi. Hasharotlar sonining kamayishi esa o‘z navbatida shu hasharotlar
bilan oziqlanuvchi entomofag – yirtqich hayvonlar, hasharotlar, suvda hamda quruqlikda
yashovchilar (am�ibiyalar), sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilarning yashab
qolishi va ko‘payishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Cheklovchi omillar har bir turning tarqalish arealini belgilaydi. Masalan, ko‘pchilik
o‘simlik va hayvon turlarining shimol tomonga tarqalishini haroratning pastligi, yorug‘li-
kning yetishmovchiligi cheklasa, janub tomonga tarqalishini esa namlikning tanqisligi
cheklaydi. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati va rivojlanishini ekologik omilning na-
faqat minimum chegarasi, balki maksimum chegarasi ham susaytirishi mumkin. Turn-
ing muayyan ekologik omilga nisbatan chidamlilik chegaralarining kengligi shu omilga
«evri» so‘zini qo‘shish orqali ifoda etiladi. Keng ko‘lamda o‘zgaruvchan muhit sharoitida
yashashga moslashgan yoki chidamlilik chegaralari doirasi keng bo‘lgan o‘simlik va hay-
vonlar evribiontlar (yunoncha «eurys» – keng, «biontos» – yashovchi) deyiladi. Masalan,
kosmopolit turlar muhitning o‘zgaruvchanligiga keng doirada moslanuvchan bo‘ladi.
Kosmopolitlar – keng tarqalgan, ya’ni Yer yuzining juda katta hududlarini egallagan tur-
lardir. Masalan, kalamushlar, suvaraklar, pashshalar, burgalar kosmopolitlar sanaladi.
Muhit omillarining keng doirada o‘zgarishiga turning bardosh bera olmasligi yoki chid-
amlilik chegaralari doirasi torligi tegishli omilga «steno» so‘zini qo‘shish orqali ifoda eti-
ladi. Nisbatan doimiy muhit sharoitida yashashga moslashgan, harorat, namlik, atmos-
fera bosimi kabi omillarning tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan
o‘simlik va hayvonlar stenobiontlar (yunoncha «stenos» – tor, cheklangan, «biontos» –
yashovchi) deb yuritiladi. Masalan, Janubiy Amerikada yashovchi kolibrilar ma’lum bir
turdagi o‘simlik nektari bilan oziqlanadi. Shuning uchun bu qush turining areali tor
bo‘lib, aynan shu o‘simlikning areali bilan belgilanadi. Avstraliyada yashovchi xaltali ayiq
– koala faqat evkalipt daraxtida yashab, uning bargi bilan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |