Biologiya 17 14-04-2022. indd


Ekologik nisha haqida tushuncha



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   143
Bog'liq
10 sinf

Ekologik nisha haqida tushuncha.
Muhitning ekologik omillari bilan murakkab 
munosabatlar tizimida har bir tur o‘zining muayyan ekologik o‘rniga – ekologik nishasi-


155
Biologiya 10
ga ega. Turning biotizim sifatida mavjudligini belgilab beruvchi barcha abiotik va bio-
tik omillarning yig‘indisi 
ekologik nisha
deyiladi. Ekologik nisha organizmning hayot 
tarzi, yashash shart-sharoitlari, oziqlanishi kabilarni o‘z ichiga oladi. Ekologik nisha 
tushunchasini yashash joyi tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Ekologik nishadan 
farq qilib, yashash joyi organizm egallagan hududni anglatadi. Masalan, dasht hayvon-
lari hisoblanadigan qoramol va kenguruning yashash joylari boshqa bo‘lgani bilan bitta 
ekologik nishani egallaydi. 
Olmaxon va bug‘u bir hududda – o‘rmonda yashaydi, lekin turli ekologik nishalarni egal-
laydi. Afrika savannalarida bir necha tuyoqli o‘txo‘r hayvon turlari yashaydi. Ularning 
yashash joyi umumiy, lekin ular shu joydagi mavjud oziq resurslaridan turlicha foydala-
nadi. 
Bir daraxtda yashashiga qaramay, 
olmaxon daraxtning urug‘lari bilan, qiz-
ilishton esa daraxt po‘stlog‘i ostidagi ha-
sharotlar bilan oziqlanadi. Birgalikda ya-
shayotgan turlarning ekologik nishalari 
bir-birini qoplamaydi, aks holda bir tur 
ikkinchi turni siqib chiqaradi. Masalan, 
kulrang kalamush va qora kalamush 
populatsiyalari birgalikda yashaganda 
kulrang kalamush populatsiyasi qora 
kalamush populatsiyasini siqib chiqara-
di. Demak, bir biotsenozda hech qachon 
ikki tur bitta ekologik nishani egallamay-
di. Undan tashqari, bir turga mansub or-
ganizmlar shaxsiy rivojlanishning turli 
davrlarida har xil ekologik nishani egal-
lashi mumkin. Masalan, hasharotlarning to‘liq o‘zgarishi bilan rivojlanishini eslang. Ta-
biatda organizmlarga ekologik omillar birgalikda, ya’ni kompleks tarzda ta’sir ko‘rsatadi. 
Muhit omillari nafaqat tirik organizmlarga ta’sir etadi, balki bir-biri bilan ham o‘za-
ro bog‘liqdir. Bir omilning o‘zi boshqa omillar bilan uyg‘unlashgan holda organizmlarga 


156
Biologiya 10
turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda bir omilning ta’sir kuchi boshqa omil ta’sirida 
kuchayishi yoki aksincha, susayishi mumkin. Masalan, yozning jazirama issig‘iga bar-
dosh berish atmosfera namligi yuqori bo‘lgan vaqtga nisbatan namlik past bo‘lganda os-
onroq kechadi. 
Tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhit omillari har xil ta’sir kuchiga ega. Lekin or-
ganizm bir vaqtning o‘zida har bir omil ta’siriga turlicha javob reaksiyasini namoyon eta 
olmaydi. Masalan, o‘simlik uchun harorat va yorug‘lik miqdori me’yorida, ya’ni optimum 
zonasida bo‘lib, namlik yetishmovchiligi kuzatilganda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi 
susayadi. 
Demak, organizm hayot faoliyatini optimum zonasidan eng ko‘p og‘gan omil chek-
laydi. Agar o‘simlik sun’iy ravishda sug‘orilsa, yana rivojlanishda davom etadi. Cheklov-
chi omilning ta’sir kuchi o‘zgartirilsa, organizm hayotiy faoliyati ham o‘zgaradi. Muhit 
omillarining organizmlarga ta’sir etish mexanizmlarini bilish orqali tirik organizmlarn-
ing tabiatda tarqalish qonuniyatlarini tushunish va ulardan xo‘jalik faoliyatida keng foy-
dalanish mumkin. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyatini cheklovchi omilni aniqlash 
katta amaliy ahamiyatga ega. Cheklovchi omilning ta’sir kuchini o‘zgartirish tabiatda va 
qishloq xo‘jaligining chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ipakchilik, bog‘dorchilik 
va boshqa sohalarida tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarini boshqarish, ularning 
mahsuldorligini oshirish hamda madaniy o‘simliklar va hayvon zotlaridan yuqori hosil 
olish imkonini beradi. 
Ma’lum bir hududdagi muhofazaga muhtoj turni saqlab qolish uchun qaysi ekologik 
omil chidamlilik chegarasidan tashqariga chiqayotganini aniqlash muhim. Ayniqsa, shu 
turning ko‘payish va rivojlanish davrida bu tadbirlar o‘ta ahamiyatli bo‘ladi. Cheklovchi 
omilning ta’sir kuchini maqsadga muvo�iq yo‘naltirish bilan muhofazadagi tur individ-
lari sonini ko‘paytirish va turning saqlanib qolishiga erishiladi. 
Shunday qilib, ekologik omillar bir-biriga bog‘liq, doimiy o‘zaro munosabatda bo‘ladi 
va tirik organizmlarning Yer yuzida tarqalishini belgilaydi. Organizmlar o’zi yashaydigan 
muhitning ekologik omillariga nisbatan moslashgan belgilarga ega bo’ladi.

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish