Biologiya 17 14-04-2022. indd


Populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlarga



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   143
Bog'liq
10 sinf

Populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlarga:
mutatsiya, genlar drey�i, populyatsiya to’lqini, alohidalanish kabilarni kiritish mumkin. 
Irsiy materialni o’zgarishiga m
utatsiya 
deyiladi. Bir necha millionlab individlardan 
tashkil topgan populatsiyalar genofondidagi har bir gen avlodlarda mutatsiyalarga 
uchrashi mumkin. Bu mutatsiyalar kombinativ o‘zgaruvchanlik tufayli nasldan naslga 
beriladi. Ko‘pchilik mutatsiyalar retsessiv bo‘lgani uchun geterozigotalar fenotipida 
namoyon bo‘lmaydi, aksincha yashirin saqlanadi. Mutatsiya evolutsion jarayonlar uchun 
material bo‘lib xizmat qiladi. 
Irsiyatning moddiy asoslarini o’zgarishiga qarab mutatsiyalar
gen, xromosoma, 
genom va sitoplazmatik xillarga bo‘linadi. Mutatsiyalarning ko‘pchiligi zararli bo‘ladi 
va tabiiy tanlanish orqali bartaraf etiladi. Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu 
konkret sharoitda foydali bo‘lishi mumkin. Bunday mutatsiyalar organizmlarning 
ko‘payishi orqali kelgusi bo‘g‘inlariga beriladi va nasldan naslga o‘tgan sari populatsiya 
individlarida to‘plana boradi. Mutatsion o‘zgaruvchanlik uzoq vaqt davomida tabiiy 
tanlanish natijasida mustahkamlanib boradi va populatsiya genofondini o‘zgartiradi. 
Genlar dreyfi
– genetik-avtomatik jarayonlar – bir necha avlodlar davomida 
gen allellarining populatsiyada uchrash ehtimolining tasodifiy oʻzgarishi ya’ni 
populatsiyalardagi individlar orasida tasodifiy kombinativ o‘zgaruvchanlikning yuzaga 
kelishi. Kichik populatsiyada ayrim individlar o‘zining genotipidan qat’i nazar, tasodifiy 
sabablarga ko‘ra avlod qoldirishi yoki qoldirmasligi mumkin. Ko‘payish davrida hosil 
bo‘ladigan gametalarning hammasi ham zigota hosil qilishda ishtirok etmasligi orqali bu 
hodisaning mexanizmini tushunish mumkin. Bu esa populatsiyada u yoki bu allellarning 
uchrash chastotasi (takrorlanish tezligi)ni o‘zgartiradi. 
Tasodifiy ravishda genlar chastotalarining oʻzgarishi tufayli ayrim allellarning 
saqlanib qolishi, boshqasining yoʻqolishi roʻy beradi. Genlarning tasodifiy dreyfi 
natijasida, bir xil sharoitda yashayotgan, genetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan populatsiyalar 
asta-sekin o‘zining ayrim allellarini yo‘qotib boradi va populatsiyaning genetik 
strukturasi o‘zgaradi.
Genlar dreyfi amerikalik genetik S. Rayt tomonidan o‘rganilgan. U bir necha 


169
Biologiya 10
oziqli probirkaga A geni bo‘yicha geterozigota bo‘lgan ikkitadan erkak va urg‘ochi 
drozofilalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida kuzatish o‘tkazdi. Bir necha 
bo‘g‘indan so‘ng probirkalardagi drozofilalar tekshirilganda, ba’zi populatsiyada faqat 
mutant gomozigota borligi, boshqa populatsiya tarkibida u tamoman uchramasligi, 
uchinchilarida esa dominant hamda retsessiv allel formalar borligi aniqlandi ( -rasm). 
Demak, genlar dreyfi populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladi. Genlar 
dreyfi tabiiy ofatlar (oʻrmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunandalarning keng 
tarqalishi va boshqa hodisalar natijasida populatsiya individlari soni keskin kamayib 
ketganida aniq namoyon boʻladi. 
-rasm.Genlar dreyfi (S.Rayt tajribasi)
-rasm. Populyatsiya to’lqini
Populatsiya to‘lqini
populatsiyani tashkil etgan individlar sonining davriy o‘zgarib 
turish hodisasidir. Ob-havo qulay bo‘lgan yillari ayrim hayvon, o‘simlik turiga kiruvchi 
organizmlarning ko‘payib ketishi, hayot uchun noqulay bo‘lgan yillarda esa keskin 
kamayib ketadi. Bahorda yog‘in-sochin ko‘p bo‘lgan yillarda bir yillik, ko‘p yillik o‘t 
o‘simliklar: boychechak, yaltirbosh, qo‘ng‘irbosh, qoqio‘t, ituzum avj olib o‘sib, ko‘p urug‘ 
beradi. Natijada ular bilan oziqlanuvchi hasharotlar, o‘txo‘r hayvonlar soni ham ko‘payib 
ketishi mumkin. 
Hasharotlar, o‘txo‘r hayvonlarning ko‘payishi o‘z navbatida hasharotxo‘r qushlar, 
yirtqich hayvonlar sonining ham ortishiga olib keladi. Individlar sonining ortishi ular 
orasida kasalliklarning tarqalishiga va individlar sonining kamayishiga sabab bo‘ladi. 
Populatsiya tarkibidagi organizmlarning son jihatdan ortib ketishi yoki nihoyatda 
kamayib ketishi populatsiya to‘lqini deb ataladi.
Populatsiya to‘lqini harorat, namlik, yorug‘likning mavsumiy o‘zgarishi, oziq 
miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi, tabiiy ofatlar tufayli yuz berishi mumkin. Populatsiya 
to‘lqini natijasida ayrim individlar soni ortishi, ba’zilari sonini kamayishi kuzatiladi. 
Halok bo‘lgan individlardagi genlar va ularga mos belgilar populatsiya doirasida yo‘qolib 
boradi. Yashab qolgan individlarning genofondi saqlanib qoladi. Bunday voqealarning 
tez-tez takrorlanishi populatsiya genofondining o‘zgari shiga sabab bo‘ladi. 
Alohidalanish
. Tabiatda populatsiyalarning aralashib ketishiga geografik, biologik, 
ekologik va boshqa alohidalanishlar toʻsqinlik qiladi. Alohidalanish har xil populatsiyalar 
individlarining qisman yoki to‘liq chatishmasligidir. 
Populatsiyalar orasida genlar oqimi bo‘lib turganda, ularda genetik farqlar 
to‘planmaydi. Alohidalanish esa irsiy axborot almashinuvini to‘xtatadi va populatsiyani 
yangi mustaqil genetik tuzilmaga aylantiradi. Alohidalanishning bir qancha turlari farq 
qilinadi. 
Geografik alohidalanish
daryolar, tog‘lar va boshqa geografik to‘siqlarning 


170
Biologiya 10
paydo bo‘lishi natijasida populatsiyalarning alohidalanishidir. 
Ekologik alohidalanish
esa bir turning populatsiyalari tur tarqalgan arealning 
turli qismlarida turli muhitda yashashi natijasida bir-biri bilan chatishmasligiga olib 
keladi.
Biologik alohidalanish
tur ichidagi individlarning jinsiy organlaridagi tafovutlar, 
o‘simliklarda gulning tuzilishidagi farqlarning yuzaga kelishi natijasida organizmlarning 
chatishmasligiga olib keladi. 
Etologik alohidalanish
hayvonlarning xatti-harakati bilan aloqador. Ba’zi 
qushlarning o‘ziga xos sayrashi, urg‘ochisini o‘ziga jalb qilishi bilan bir-biridan farq 
qilishi bunga yorqin misoldir.

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish