Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"


 -jadval. O'zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi organi tomonidan



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

1 -jadval. O'zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi organi tomonidan 
 ________ iqtisodiy kontsentratsiyalarni nazorat qilish amaliyoti ________
2008 yil 2009 yil 2010 yil 2011 yil 
Aktsiyalar 
oldi-sotdisining 
qonunchilikka 
muvofiq tushishi bo’yicha inventarizatsiya 
qilingan bitimlar soni 
2389 
3195 
3714 
9154 
Monopoliyaga qarshi organning ruxsatisiz 
ro’yxatga olingan bitimlar soni 
73 
54 


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsiyasining 35% 
ko’irog’ini sotib olish bo’yicha ko’rib 
chiqilgan murojaatlar soni 
83 
77 
58 
96 
Berilgan roziliklar soni 
76 
71 
54 
74 
Shu jumladan %da 
91,8 
92,2 
93,1 
77,1 
Birlashishlar bo’yicha ko’rib chiqilgan 
materiallar soni 
10 
16 

12 
Tugatishlar 
bo’yicha 
ko’rib 
chiqilgan 
materiallar soni 
133 
74 
97 
106 
Alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga 
ajralib chiqish bo’yicha ko’rib chiqilgan 
materiallar soni 
18 



Kompaniyalar, Shu jumladan, xoldinglarni 
tashkil etish bo’yicha ko’rib chiqilgan 
materiallar soni 




60 


Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratishdagi asosiy 
dastaklardan biri bo’lib raqobat yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga yo’naltirilgan 
monopoliyaga qarshi qonunchilik hisoblanadi. 
O’zbekiston tovar bozorlarida raqobatni rivojlantir ishga yo’naltirilgan birinchi 
me’yoriy hujjat bo’lib 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining 
«Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonuni hisoblanadi. 
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgar ishlar 
tegishli qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruriyatini taqozo etdi. Shunga ko’ra, 
1996 yilning 27 dekabrida yangi - «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash 
va raqobat to’g’risida»gi konuni kuchga kiritildi. 
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishni taqiqlamay, balki bozorda uning 
hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. 
Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari 
uchun, ham O’zbekiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos 
bo’lgan monopolistlar hatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan. 
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi: 
-
 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiste’mol 
qilinishi; 
-
 
xo’jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro 
kelishilgan hatti-harakatlari); 
-
 
boshqaruv barcha darajalaridagi hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga 
yo’ naltirilgan hatti-harakatlari; 
-
 
nohalol raqobat. 
Monopolistik faoliyat ustidan nazorat o’rnatish uchun monopolist-korxonalar 
Davlat reestri joriy etildi. 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reestrda 716 xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo’yicha ro’yxatga olindi. 
Mazkur korxonalar faqat alohida xo’jalik yurituvchi sub’ekt bozoridagi tovarlarning 
ulushi miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha monopolist korxonalar tarkibiga kiritilgan. Bu 
o’rinda bozorning sifat jihatidan tarkibi, xususan, raqobat muhitini yarata olishga 
layoqatli bo’lgan o’rnini bosuvchi mahsulotlarning mavjudligi hisobga olinmaydi. 
Bunday shov-shuvni to’g’ri deb hisoblash mumkin emas. Shunga ko’ra, qonunda tovar 
bozorida ustun mavqega ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mezonlarini 
yanada aniqroq belgilab, ularni monopolistlar toifasiga kiritishda ham miqdoriy, ham 
sifat ko’rsatkichlaridan foydalanish zarur. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq holda tovar bozoridagi monopolistlarni 
nazorat qilishning nisbatan ahamiyatli shakllaridan biri bo’lib narxlarning davlat 
tomonidan tartibga solinishi hisoblanadi. Jahon amaliyotida narxlarning davlat 
tomonidan 
tartibga 
solinishi 
tabiiy 
monopoliyalar 
uchun 
xosdir. 
Tabiiy 
monopoliyalarning mavjudligi sharoitida davlat ishlab chiqarish xarajatlarini tartibga 
solish yoki narxning eng yuqori darajasini belgilash orqali bozor mexanizmi harakati 
vositasida ta’minlanuvchi samaraga sun’iy yo’l bilan erishishga harakat qiladi. 
O'zbekistonda O'z.R. VMning 1997 yil 31 martdagi «O'zbekiston 
Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to’g’risida»gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga 
muvofiq moliyaviy idoralarga erkin narxlarning yuqori chegarasi yoki rentabellik 
61 


darajasi borasida deklaratsiya topshirish orqali barcha monopolist-korxonalaming 
mahsulot (tovar, xizmat)lariga bo’lgan narxlarni davlat tomonidan tartibga solish 
qo’llanilmoqda. 
Amaliyotning ko’rsatishicha, chegaraviy narxlar va rentabellik me’yorlarini 
qo’llagan holda narxni tashkil etishni davlat tomonidan tartibga solinishi ko’pincha 
ijobiy natija bermaydi, chunki u narxlarni shakllantirishning bozor munosabatlarini 
hisobga 
olmagan 
holdagi 
xarajat 
mexanizmiga 
asoslanadi. 
Narxlarni 
deklaratsiyalashning byurokratik taomilining qo’llanishi korxonalarning bozordagi narx 
bo’yicha manevr qilish imkoniyatini pasaytiradi. Buning ustiga, monopolist- 
korxonalar uchun narxni o’rnatishda raqobatchilarning mahsulotiga tarkib topgan 
narxlar hisobga olinmaydi. 
Ko’plab mutaxassislarning fikricha, monopol yuqori narxlar doimo qam 
davlatning aralashuvini taqozo etmaydi. Bunday narxlar hamda foyda olish imkoniyati 
bozorda faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlarning ishlab chiqarish hajmini oshirishga, 
boshqalarining esa bozorga kirib kelishiga rag’bat yaratadi. Davlat faqat bozorga kirish 
uchun to’siqlar paydo bo’lgan holdagina aralashuvi lozim. 
Xalqaro amaliyot hamda keng miqyosda narxlarni davlat tomonidan tartibga 
solishning samarasizligini hisobga olgan holda narxni tashkil ztish sohasidagi 
monopoliyaga qarshi siyosatning asosiy yo’nalishi bo’lib korxonalarning mahsulot va 
xizmatlari narxlarini bevosita davlat tomonidan tartibga solish sohasining qisqartirilishi 
hisoblanadi. Narxlarning umumiy nazoratidan ularning monitoringiga o’tish lozim. 
Tavsiya etilayotgan shov-shuv moliyaviy idoralarga narxlarning chegaraviy darajasi 
to’g’risida deklaratsiya topshirishning bekor qilinishini ko’zda tutadi. Faqat narxlarning 
keskin oshirib yuborilishi holati aniqlanganda tarkib topgan narxlarning iqtisodiy 
asoslanganligi tahlil qilinishi zarur. Faqat monopol yuqori narxlar belgilangan 
holatlarda monopolist-korxonalar uchun narxning mumkin bo’lgan chegarasini 
o’rnatish lozim. Bizning fikrimizcha, taklif etilayotgan mexanizm hozirgi bosqichda 
eng samarali hisoblanadi. 
Ta’kidlash lozimki, Ozbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida 
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi Qonuni xalqaro analoglar 
asosida tuzilgan, biroq, bu qonun amalga oshirilayottan muhit rivojlangan mamlakatlar 
sharoitidan tubdan farq |qilib, uning bajarilishiga ta’sir ko’rsatadi. Qonunchilikning 
samarali oajarilishiga halaqit beruvchi nisbatan muhim omil bo’lib idorachilik 
hisoblanadi. 
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, huquqiy shaxslarning birlashmalari (uyushmalar, 
assotsiatsiyalar, kontsernlar va h.k.) uchun assotsiatsiyalashgan sub’ektlarning xo’jalik 
faoliyatiga aralashuv taqiqlanadi. Biroq, amalda tashkil etilgan birlashmalar, odatda 
ilgari amal qilgan tarmoq vazirliklarining davomchilari bo’lib, hozirgi vaqtda ularga 
xom ashyo resurslarini, markazlashtirilgan kapital qo’yilmalarni taqsimlash, 
mahsulotlarni sotish va boshqa vazifalarning yuklatilishi ko’pincha raqobat muhitining 
rivojlanishini sekinlashtirib qolmay, balki ularning yaratilishiga to’sqinlik ham 
qilmoqda. Ularning amal qilishi kichik va o’rta biznesning xom ashyo resurslariga, 
valyuta mablag’lariga bo’lgan imkoniyatini cheklash orqali to’siqlar qo’yishi jiddiy 
salbiy holat hisoblanadi. 
62 


Tarkib topgan sharoitda amal qilayotgan birlashmalarni tarkibiy qayta tuzish 
monopoliyalarni cheklash va raqobatni rivojlantirishning zarur sharoitlaridan biri 
hisoblanadi. Bunday birlashmalarning vazifasi bo’lib marketing xizmatlari bilan 
ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amalga oshirish, ularning amaliyotga tatbiq 
etilishiga ko’maklashish hisoblanadi. 
O’zbekistonda amal qilayotgan monopoliyaga qarshi qonunchilikning yana oir 
muammosi — davlat monopoliyaga qarshi organiga qonunchilikni buzganlik uchun 
iqtisodiy sanktsiya qo’llash huquqining berilishidir. Chunki xalqaro amaliyotda bu kabi 
masalalar sud ajrimlari orqali hal etiladi. Respublikada monopoliyaga qarshi 
qonunchilikka amal qilish masalalarini ko’rib chiqishda sud amaliyotining 
rivojlantirilishi xo’jalik sub’ektlarining mas’uliyatlarini oshiradi. 
O’zbekistonda yaratilgan raqobat siyosatini olib borish tizimi o’z ichiga 
qonunlar va qonunosti hujjatlarni, uni amalga oshirish hamda iste’molchilar huquqini 
himoya qilish uchun mas’ul bo’lgan maxsus muassasalarni, Shuningdek, mazkur 
siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini o’z ichiga oladi. Biroq, mazkur sohadagi 
ma’lum muvaffaqiyatlarga qaramay, raqobat siyosatini amalga oshirish maqsad va 
usullari uni yanada takomillashtirishni taqozo etadi. 
Bu, eng avvalo, globallashuv miqyoslari va ta’sir kuchlarining o’sishi bilan 
shartlangan bo’lib, buning natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini 
oshirish uchun sharoit yaratish taqozo etiladi. 
Ayniqsa, O'zbekistonda 2003 yilda joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha erkin 
konvertatsiya kiritilgan bo’lib, bu ichki bozordagi milliy va xorijiy ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytiradi. 
Bundan tashqari, Shuni tan olish kerakki, respublikada raqobatni rivojlantirish 
borasida o’tkazilayotgan siyosat yetarli darajada ta’sirchan emas. 
Bozor iqtisodiyoti tarixi - bu ko’p jihatdan monopolizmning salbiy oqibatlariga 
qarshi kurash tarixini namoyon etadi. Nazariyot va amaliyot Shuni ko’rsatadiki, 
monopolizm quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi: 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish