101
movut, temir, mis, mo‗yna, charm va boshqa mollari o‗rta Osiyoda xaridorgir edi.
Savdo - sotiq ishlari uchun qulay shart - sharoit yaratishda O‗zbek
xonliklari va
Rossiya o‗rtasidagi elchilik munosabatlari muhim o‗rin tutardi.
Rossiya va xonliklar o‗rtasida XVIII asrda olib borilgan elchilik munosabatlari
ham muhim ahamiyat kasb etdi. 1619 - yilda Imomqulixonning elchisi Odambiy
Moskvaga boradi va podsho Mixail Romanov qabulida bo‗ladi. Podsho Odambiy
bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni yuboradi. I.
Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi, rus podshosi iltimosiga binoan o‗z saroyidagi
23 nafar rus asirlarini ozod qiladi. I. Xoxlov 1620–1622 - yillarda Buxoro
xonligining ichki va tashqi siyosati haqida qimmatli ma‗lumotlar to‗playdi. U
qimmatli sovg‗alar bilan Moskvaga kuzatiladi. Yozma manbalarga ko‗ra, XVI–
XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12 marta elchilar
kelishgan. 1583–1600 - yillarda Moskvada 5 marta Buxoro elchilari, 2 marta Xiva
elchilari bo‗lishgan. Bu misollar o‗rta Osiyo va Rossiya o‗rtasida savdo -
diplomatik aloqalarning ancha faollashganligidan guvohlik beradi.
XVIII asrdan boshlab Rossiya imperiyasining O‗zbek xonliklari bilan
bo‗lgan munosabatlarida tazyiq o‗tkazishi ustunlik qila boshladi. Bu Rossiya
imperiyasining siyosatida Markaziy Osiyo xonliklarini
savdo - sotiqda kamsitish,
ularning tabiiy boyliklariga ko‗z olaytirish, strategik maqsadlarni ro‗yobga
chiqarish kayfiyatining kuchayganligida yaqqol namoyon bo‗la boshladi.
Pyotr I
Buxoro va Xiva xonliklarini siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas deb
hisoblab, ularga tazyiq o‗tkaza boshladi. Bunga xonliklardagi ichki siyosiy ahvol
ham qulay sharoit yaratib bergan edi. Masalan, Xiva xoni Shohniyoz 1700 - yilda
Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul
qilishni so‗ragan. 1709 - yili toj - u taxt vorisi Muhammad ham shunday qilgan edi.
Pyotr l Xiva xoniga jo‗natgan yorlig‗ida shunday gaplar yozilgan edi: «Shohona
muruvvat ko‗rsatib, xonning qo‗l ostidagi
jamiki narsalari bilan birga, abadiy
tobeligimizga olamiz». Biroq bu niyat u davrda amalga oshmay qoldi. Xivada
boshlanib ketgan ichki urushlar va chor Rossiyasining «Shimoliy urush» bilan
bandligi bunga sabab bo‗ldi. 1713 - yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas
rus ma‗murlariga, Sankt - Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo
sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko‗p
miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Ana shu ma‗lumotlar ta‗sirida Pyotr I
O‗zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi. U ikki harbiy ekspeditsiya
tashkil etadi. Biriga Aleksandr Bekovich - Cherkasskiyni, ikkinchisiga kapitan
Ivan Buxgolsni rahbar etib tayinlaydi.
Bekovich - Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi tarkibida katta harbiy qo‗shin
bor edi. Ular 1717 - yilda Xiva xonligi hududlariga kirib keladi va harbiy
to‗qnashuvlar bo‗ladi. Xiva xoni Sherg‗ozixon hiyla ishlatib Bekovich -
102
Cherkasskiyni qabul qiladi va uning qo‗shinlarini qirib tashlaydi. Pyotr I
uyushtirgan ekspeditsiyaning halokati Xiva – Rossiya munosabatlarini
keskinlashtirib yubordi. Buxgols «ekspeditsiyasiga» kelsak, uning qo‗shini 1715 -
yili Toboldan Irtish bo‗ylab Yorkentga yo‗l oladi. Bu guruh Yamishchev ko‗lida
bo‗lib, u yerda istehkom quradi. Biroq ular qalmoqlar hujumiga uchrab,
orqaga
chekinishga majbur bo‗ladilar.
1717 - yili Buxoro xoni Peterburgga o‗z elchisini yuboradi. Elchi Qulibek
Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g‗alabasi munosabati bilan
yozilgan qutlov maktubini topshiradi. Abulfayzxon o‗z maktubida ayni paytda
Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so‗ragan edi. Bunga javoban Rossiya
hukumati 1721 - yili Florio Benevenini elchi qilib jo‗natadi. Rossiya elchisiga
Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik yo‗llarini o‗rganish; rus
savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; Buxoro xonini Rossiya bilan
ittifoq tuzishga ko‗ndirish; xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish;
qayerda
qancha oltin borligini aniqlash va ularni xaritaga tushirish; xonlikdagi qal‗a va
qo‗shinlari ahvolini o‗rganish hamda xonlikning Eron va Xiva bilan o‗zaro
munosabatlarini o‗rganish vazifalari yuklatilgan edi. F. Beneveni Buxoroga yetib
keladi va Abulfayzxon qabulida bo‗ladi. F. Beneveni Buxoroda 3,5 yil turdi va o‗z
oldiga qo‗yilgan masalalar bo‗yicha qimmatli ma‗lumotlar to‗plashga muvaffaq
bo‗ladi.
XVIII asrning birinchi choragida Kichik, o‗rta, Katta juzga bo‗lingan qozoq
sultonlari o‗rtasida o‗zaro kurash kuchaydi. Natijada ular nochor ahvolga tushib,
tashqaridan yordam so‗rashga majbur bo‗ldilar. 1730 - yilda Kichik juz sultoni
Abulxayr Rossiyaga elchi jo‗natib, Rossiya tobeligiga o‗tish istagini bildiradi.
1732 - yilda Kichik juz, 1739 - 1740 - yillarda Semekexon boshchiligidagi
O‗rtajuz, 1747 - yilda Katta juz ham Rossiya tobeligiga o‗tadi.
Natijada Rossiya
hukumati uchun o‗rta Osiyoni o‗z ta‗siriga bo‗ysundirish yo‗lida qulay imkoniyat
yuzaga keladi. 1734 - yili senat kotibi Kirilov boshchiligida harbiy guruh
tayinlanadi. U «Orol dengizida Rossiya bayrog‗ini ko‗tarish», «Buxoro va undan
Hindistonga» boradigan yo‗lni ochishi, oltin konlarini izlashni davom ettirishi
lozim edi. 1735 - yilda Kirilov guruhi Or daryosi bo‗yida Or qal‗asini qurdi
(keyinchalik bu qal‗a atrofida Orenburg shahri vujudga keladi), Yoyiq va Irtish
sohillari (Sibir)da istehkomlar barpo etdi. Xonliklar savdogarlari Rossiya bilan
Orenburgda savdo - sotiq qiladigan bo‗lishdi.
XIX asr oxiriga kelib jahonning yetakchi lider mustamlakachi davlatlari
dunyoni bosib olishni yakunlashdi. Asosiy yirik mustamlakalar Buyuk Britaniya,
Rossiya, Fransiya qo‗lida to‗plandi. Bu kurashga
masalan Germaniya kech
qo‗shildi. Natijada dunyoning bunday taqsimlanishidan norozi davlatlar paydo
bo‗ldi, ularning manfaatlari turli joylarda to‗qnash kela boshladi. Natijada 1882 -
103
yilda Germaniya imperiyasi, Avstro - Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi
ishtirokida Uchlar Ittifoqi tuzilgan edi. Bu ittifoq birinyai galda Buyuk Britaniya
va Rossiya qarshi qaratilgan edi. Markaziy Osiyo xonliklarining Rossiyaga qarshi
turishda Buyuk Britaniyaga suyanishi mumkinligi ehtimoli ham o‗zini oqlamadi.
Bunga Rossiya – Buyuk Britaniya munosabatlarida o‗zgarish yuz berganligi sabab
bo‗lgan edi. Afg‗onistonga qarshi urushda mag‗iubiyatga uchragan Buyuk
Britaniya Rossiya bilan kelishishga qaror qiladi. Bu kelishuvga binoan Rossiya
Markaziy Osiyo bilan cheklanadi, Hindistonga chiqish niyatidan voz kechadi.
Buyuk Britaniya esa Rossiyaning Markaziy Osiyoda olib borgan siyosatiga
qarshilik qilmaydigan bo‗ladi. Afg‗oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning
Osiyodagi mustamlakalari o‗rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifatida e‗tirof
etiladi. Markaziy Osiyo xonliklari
endilikda yakkalanib qolib, ularni faqat o‗zaro
ittifoqlarigina saqlab qolishi mumkin edi. Afsuski, ularning o‗rtasidagi o‗zaro
ziddiyat shu darajada kuchli ediki, hatto tashqi hujum xavfi ham ularni birlashtira
olmadi. Oqibati yomon bo‗ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: