Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


Yormabop donlarga qayta ishlov berishning umumiy tamoyillari



Download 7,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/142
Sana26.10.2022
Hajmi7,4 Mb.
#856823
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   142
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv qo`llanma

Yormabop donlarga qayta ishlov berishning umumiy tamoyillari
76-rasm. Oqlash jarayonining bosqichma-bosqich о ‘tishi: 
1 - don; 2 - chiqindilar; 3 - qovuz; 4 - kepak; 5 -maydalangan mag'iz; 6 -mag 
‘iz; 7-mag ‘izning yirik fraksiyasi 
208


Oqlash bo‘limidagi texnologiyaning asosiy mahsuloti bo‘lgan yormani 
aniqlash asosida dondagi tashqi, ichki qobiqlarni aleyron qavat va 
murtakni ajratish bo'yicha jarayonlar kompleksini amalga oshirish kerak.
Shu bilan birga don va tayyor mahsulot turining anatomik 
tuzilishidagi o‘zigaxosliklar, fizik xossalarga bog‘liq holda yo‘qotish 
darajasi turlicha bo‘lishi mumkin, ba’zi anatomik qismlar umuman 
yo'qolmasligi mumkin. Shuning uchun turli xil yormalar ishlab 
chiqarishdagi texkologik jarayonlar taqqoslanganda, ular farqlanishi 
mumkin. 
Oqlash bo‘limidagi jarayonlarning‘ prinsipial ketma-ketligi 76-rasmda 
keltirilgan. 
Yirikligiga ко‘ra saralash, donni geometrik o‘lchamlariga ko‘ra 
ma’lum darajada fraksiyalarga bo’lishni taqozo qiladi. 
Oxirgisi keyingi jarayonlar masalan, oqlash va yorma ajratish (donni 
va mag‘izni oqlanadigan mahsulotlarni saralashda ajratish) jarayonlarini 
o‘tkazishni optimallashtirish kerak. 
Oqlash - bu donning meva, aleyron qismlarini to‘liq yoki qisman 
ajratish jarayoni. Oqlangan mahsulotlarni saralash aralashmalarning sifati 
va fizik xossalariga ko‘ra o‘xshashroq fraksiyalarga ajratishni ko‘zda 
tutadi. Bunda texnologiyaning oxirgi mahsulotlari qovuz, kepak, 
maydalangan mag‘iz ajratib olinadi. Ajratilgan fraksiyalarga qo‘shimcha 
ishlov beriladi: don qaytaoqlanadi,mag4ztexnologiyaga bog‘liq holda 
jilolanadi yoki maydalanadi, oxirgi mahsulotlar nazorat qilinadi. 
Maydalash - bu maydalangan yormalar texnologiyasida yormabop donlar 
mag‘zini nisbatan yirik bo‘laklarga parchalash. Maydalanadigan 
mahsulotlarni saralash qo‘shimcha maydalash talab etiladigan yirik 
fraksiyani va kepak ko‘rinishdagi mayda mahsulotni ajratish bilan 
maydalangan mahsulotning o'xsbashroq fraksiyalari hosil qilishni ko‘zda 
tutadi. 
Jilo berish - tayyor mahsulotning sifat ko‘rsatgichlarini yax- shilash 
uchun mag‘iz yoki uning qismlaridan meva qobiq, aleyron qavat va 
murtakni chiqarib tashlash (qisman yoki to‘liq) ga asos- langan texnologik 
jarayon. 
209


Silliqlash - yormaning sifati va uning ko‘rinishini yaxshilash 
maqsadida sayqallangan mag‘izga keyingi ishlov berish jarayoni. 
Sayqallash yoki silliqlash mahsulotlarini saralash texnolopiyaning 
oxirgi mahsulotlarini ajratishni ko‘zda tutadi. Yormani nazorat qilishda 
tasodifan tushib qolgan aralashmalar ushlab qolinadi. Qovuz oqlanmagan 
donlarni chiqarib tashlashda majburiy jarayon sifatida amalga oshiriladi. 
Maydalanadigan yormalar texnologiyasidagi nazoratda yorma raqami va 
uning bir xilligi shakllantiriladi. 
Yormani joy lash, qadoqlash va qop-qanorsiz saqlash yorma 
zavodining oqlash bo‘limi tarkibiy qismi bo'lib oladigan maxsus tayyor 
mahsulotlar sexida yoki tayyor mahsulot bo‘limida amalga oshiriladi. 

Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish