Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Energiya ta’minoti shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Energiya ta’minoti shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari.
Energiya ta ’minoti shartnom asi oldi-sotdi shartnomalarining bir tu ri bo'lib, 
fuqarolik hu qu q in in g o'ziga xos obyektlaridan biri bo'lgan energiya 
turlarini iste’molchilarga bevosita yetkazib berishga qaratiladi. Energiya 
ta ’minoti shartnom asiga muvofiq energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot 
tu tashtirilgan tarm oq orqali abonentga (iste’molchiga) energiya berib 
turish m ajburiyatini oladi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini 
to'lash, shuningdek shartnom ada nazarda tutilgan energiya iste’mol qilish 
tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish 
xavfsizligini ham da o'zi foydalanadigan energiya iste’mol qiluvchi asbob 
va uskunalarning sozligini ta ’minlash m ajburiyatini oladi.
Energiya t a ’m inoti shartnom asining m uhim xususiyati, oldi-sotdi 
shartnomasining boshqa turlaridan farqli ravishda sotuvchidan sotib oluvchiga 
o'tadigan mol-mulk odatdagi yetkazib berish yoki topshirish usulida emas, 
balki tutashtirilgan tarmoq orqali amalga oshirilishi hisoblanadi Masalan, 
gazni ballonlarda yetkazib berish a n ’anaviy oldi-sotdi shartnom asining 
ko'rinishi hisoblansa, gazni quvurlar orqali yetkazib berish energiya ta ’minoti
'Узбекистан Республикасининг Фукаролик хукуки (!!-кисм).-Т.:Адолат. 1999.-53 б.
2 Узбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й., 4-5-сон, 
118-модда.
3 «Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами», 2005 йил, 3-4-сон, 
26-модца.


shartnoma hisoblanadi. Chunki quvurlar tutashtirilgan tarmoqqa kirib abonent 
va energiya bilan ta ’minlovchi tashkilotni bevosita bog‘laydi. Tutashtirilgan 
tarm oq deganda, energiya ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi korxonalar 
bilan abonentni bevosita, to‘g ‘ridan-to‘g‘ri bog'laydigan simlar, quvurlar 
va shu kabi boshqa vositalar tushuniladi. Bunda yetkazib berilayotgan 
energiyaning miqdori maxsus o'lchov vositalari orqali aniqlanadi. Masalan, 
elektr energiyasi, gazning miqdori maxsus hisoblagichda aniqlab boriladi.
Energiya ta ’minoti shartnomasining quyidagi o'ziga xos xususiyatlari 
mavjud:
- energiya ta ’minoti shartnom asida h a r doim m ajburiy sub y ek t 
sifatida energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot ishtirok etishi lozim;
- sh a rtn o m a p red m e ti hisob lan gan e n e rg iy a tu rla ri fu q aro lik
m uom alasining odatdagi ashyolari emas, balki xavfli xossalarga ega 
ashyolar hisoblanadi;
- agar oldi-sotdi shartnom asida sotib oluvchi zimmasiga «tovarni 
qabul qilib olish» m ajburiyat yuklatilsa, energiya ta ’minoti shartnom asida 
abonent «qabul qilingan energiya haqini to'lash» m ajburiyatini bajarishi 
lozim bo'ladi. Bu esa m azkur sh artno m ada abonentga tovarni qabul 
qilish m ajburiyati, aniqrog'i m uayyan miqdordagi energiyani qabul qilish 
m ajburiyati yuklatilmasligini anglatadi;

oldi-sotdi shartnomasining boshqa turlaridan farq qilib, energiya 
ta ’minoti shartnomasida sotib oluvchi (abonent) ga o'zi sotib olayotgan 
tovardan foydalanishga, uni ekspluatatsiya qilishga nisbatan q a t’iy talablar 
belgilangan. Ya’ni abonent qabul qilingan energiyadan foydalanishda 
energiya iste’mol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energet.ika 
shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini ham da o'zi foydalanadigan 
energiya iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini ta ’m inlash 
m ajburiyatini oladi. FKning 478-moddasiga muvofiq, qonun hujjatlarida, 
shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa yoki u m ajburiyat 
m ohiyatidan kelib chiqmasa, tutashtirilgan tarm oq orqali gaz, n eft va 
neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan ta ’minlash m unosabatlariga 
nisbatan energiya ta ’minoti shartnom alari tatbiq etiladi;

shartnom a predm etidan foydalanishda abonentdan m uayyan 
bilim va ko'nikmaga ega bo'lish talab etiladi. Zero, bunday talab energiya 
turlari o'ziga xos qayta tiklanm aydigan va ishlab chiqarilishi k atta m ehnat 
va sarf-xarajatni talab etadigan moddiy n e’m atlar jumlasiga kirishi bilan 
belgilanadi;
Energiya ta ’minoti shartnom asi o'zining huquqiy belgilariga ko'ra, 
ikki tomonlama (energiya bilan ta ’minlovchi tashkilotda va abonentda


ham m uayyan huquq va m ajburiyatlar mavjud), konesensual1 (taraflar 
tomonidan o'zaro kelishuvga erishilgach shartnom a tuzilgan hisoblanadi), 
haq evaziga (qabul qilib olingan energiya uchun abonent haq to'lash 
m ajburiyatini oladi) tuziladigan shartnom a hisoblanadi.
Energiya ta ’minoti shartnom asi energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot 
tarm oqlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ulangan energiya 
qurilmasi, shuningdek energiya iste’molini hisobga olish uskunalari va 
asboblari m avjud bo'lgan abonent bilan tuziladi.
Energiya ta ’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turm ushda 
foydalanadigan fuq aro abonent bo'lgan taqdirda, abonent tarm oqqa 
belgilangan tartib da am alda birinchi m arta ulangan paytdan boshlab u 
bilan shartnom a tuzilgan hisoblanadi.
Energiya t a ’minoti shartnomasining m uddati tugagach, taraflardan 
biri uni bekor qilish yoki o'zgartirish haqida ariza bermasa, u shartnom ada 
n azard a tu tilg a n m u d d a tg a va sh a rtla rd a uzaytirilgan hisoblanadi. 
S h artn o m a yangi m u d d atg a uzaytirilganida uning sh a rtla ri ta ra fla r 
kelishuviga binoan o'zgartirilishi mumkin.
A gar taraflardan biri shartnom aning amal qilish m uddati tugashidan 
oldin yangi shartnom a tuzish haqida taklif kiritsa, taraflarning o'zaro 
m unosabatlari yangi shartnom a tuzilgunga qadar a w a l tuzilgan shartnoma 
bilan tartibga solib turiladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish