shartnoma hisoblanadi. Chunki quvurlar tutashtirilgan tarmoqqa kirib abonent
va energiya bilan ta ’minlovchi tashkilotni bevosita bog‘laydi. Tutashtirilgan
tarm oq deganda, energiya ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi korxonalar
bilan abonentni bevosita, to‘g ‘ridan-to‘g‘ri bog'laydigan simlar, quvurlar
va shu kabi boshqa vositalar tushuniladi. Bunda yetkazib berilayotgan
energiyaning miqdori maxsus o'lchov vositalari orqali aniqlanadi. Masalan,
elektr
energiyasi, gazning miqdori maxsus hisoblagichda aniqlab boriladi.
Energiya ta ’minoti shartnomasining quyidagi o'ziga xos xususiyatlari
mavjud:
- energiya ta ’minoti shartnom asida h a r doim m ajburiy sub y ek t
sifatida energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot ishtirok etishi lozim;
- sh a rtn o m a p red m e ti hisob lan gan e n e rg iy a tu rla ri fu q aro lik
m uom alasining odatdagi ashyolari emas, balki xavfli xossalarga ega
ashyolar
hisoblanadi;
- agar oldi-sotdi shartnom asida sotib oluvchi zimmasiga «tovarni
qabul qilib olish» m ajburiyat yuklatilsa, energiya ta ’minoti shartnom asida
abonent «qabul qilingan energiya haqini to'lash» m ajburiyatini bajarishi
lozim bo'ladi. Bu esa m azkur sh artno m ada abonentga tovarni qabul
qilish m ajburiyati, aniqrog'i m uayyan miqdordagi energiyani qabul qilish
m ajburiyati
yuklatilmasligini anglatadi;
-
oldi-sotdi shartnomasining boshqa turlaridan farq qilib, energiya
ta ’minoti shartnomasida sotib oluvchi (abonent) ga o'zi sotib olayotgan
tovardan foydalanishga, uni ekspluatatsiya qilishga nisbatan q a t’iy talablar
belgilangan. Ya’ni abonent qabul qilingan energiyadan foydalanishda
energiya iste’mol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energet.ika
shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini ham da o'zi
foydalanadigan
energiya iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini ta ’m inlash
m ajburiyatini oladi. FKning 478-moddasiga muvofiq, qonun hujjatlarida,
shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa yoki u m ajburiyat
m ohiyatidan kelib chiqmasa, tutashtirilgan tarm oq orqali gaz, n eft va
neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan ta ’minlash m unosabatlariga
nisbatan energiya ta ’minoti shartnom alari tatbiq etiladi;
-
shartnom a predm etidan foydalanishda abonentdan m uayyan
bilim va ko'nikmaga ega bo'lish talab etiladi. Zero,
bunday talab energiya
turlari o'ziga xos qayta tiklanm aydigan va ishlab chiqarilishi k atta m ehnat
va sarf-xarajatni talab etadigan moddiy n e’m atlar jumlasiga kirishi bilan
belgilanadi;
Energiya ta ’minoti shartnom asi o'zining huquqiy belgilariga ko'ra,
ikki tomonlama (energiya bilan ta ’minlovchi tashkilotda va abonentda
ham m uayyan huquq va m ajburiyatlar mavjud), konesensual1 (taraflar
tomonidan o'zaro kelishuvga erishilgach shartnom a tuzilgan hisoblanadi),
haq evaziga (qabul qilib olingan energiya uchun abonent haq to'lash
m ajburiyatini oladi) tuziladigan shartnom a hisoblanadi.
Energiya ta ’minoti shartnom asi energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot
tarm oqlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ulangan energiya
qurilmasi, shuningdek energiya iste’molini hisobga olish uskunalari va
asboblari m avjud bo'lgan abonent bilan tuziladi.
Energiya ta ’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turm ushda
foydalanadigan fuq aro abonent bo'lgan
taqdirda, abonent tarm oqqa
belgilangan tartib da am alda birinchi m arta ulangan paytdan boshlab u
bilan shartnom a tuzilgan hisoblanadi.
Energiya t a ’minoti shartnomasining m uddati tugagach, taraflardan
biri uni bekor qilish yoki o'zgartirish haqida ariza bermasa, u shartnom ada
n azard a tu tilg a n m u d d a tg a va sh a rtla rd a uzaytirilgan hisoblanadi.
S h artn o m a yangi m u d d atg a uzaytirilganida uning sh a rtla ri ta ra fla r
kelishuviga binoan o'zgartirilishi mumkin.
A gar taraflardan biri shartnom aning amal qilish m uddati tugashidan
oldin yangi shartnom a
tuzish haqida taklif kiritsa, taraflarning o'zaro
m unosabatlari yangi shartnom a tuzilgunga qadar a w a l tuzilgan shartnoma
bilan tartibga solib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: