Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


E n erg iy a ta ’m in o ti sh artn om asi taraflarin in g



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2. E n erg iy a ta ’m in o ti sh artn om asi taraflarin in g
huquq va m ajburiyatlari
E n e rg iy a t a ’m in o ti s h a rtn o m a s id a ikki ta ra f: e n e rg iy a bilan 
ta ’minlovchi tashkilot va abonent ishtirok etadi. Energiya bilan ta ’minlovchi 
tashkilotlar jumlasiga, “O'zbekenergo” DAK tizimidagi va “O'zbekneftgaz”, 
“O'ztransgaz” Milliy holding kompaniyalari, “O'zkommunxizmat” davlat 
agentligiga qarashli korxonalar kiradi. Abonentlar sifatida esa, shartnomada 
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat organlari ishtirok etishlari mumkin. 
U shbu shartnom a oldi-sotdi shartnom asidan farqli ravishda o'ziga xos
1 Энергиядан турмушда ф ойдаланадиган фукаро абонент булганда энергия 
таъминоти шартномаси реал шартномалар тоифасига киради. Зеро, ФКнинг 469- 
моддасида “энергиядан турмушда фойдаланадиган фукаро абонент булган такдирда, 
абонент тармокка белгиланган тартибда амалда биринчи марта уланган пайтдан 
бошлаб у билан шартнома тузилган хисоблианши» назарда тутилган. Бу холат эса 
реал шартномаларга хос хусусият хисобланэди


m ajburiy shartlar oldindan belgilab qo'yilishi bilan, shartnom a ishtirokchisi 
hisoblangan abonent shartnomaning zaif tomoni sifatida uning qo'shimcha 
o'zgartirish huquqiga ega bo'lmasligi bilan ajralib turadi. Zero, energiya 
ta ’m inoti shartnom asida qan d ay sh a rtla r ifodalanishi lozimligi qonun 
h u jjatlarid a q a t’iy belgilab quyiladi. Masalan, “E lektr energiyasidan 
foydalanish” Qoidalariga muvofiq, abonent va energiya ta ’minoti tashkiloti 
o'rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
- shartnom a mavzusi;
- iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilishning va elektr 
energiyasi sifati ko'rsatkichlarini kelishishning majburiyligi;
- tarm oqlar va energiya uskunalarining balans bo'yicha mansublik 
chegaralari;
- elektr energiyasi uchun haq to'lash bo'yicha iste’molchilarning 
tarif guruhlari;
- iste’molchining tasarrufidagi tarm oqlar va energiya uskunalaridan, 
hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va ularning 
sozligini ham da energiya ta ’minotining ishonchliligini ta ’minlash;
- subabonentlarni abonentning tarm og'iga ulash (iste’molchining 
nomi, q u w a ti, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa m a’lumotlar);
- alohida shartlar;
- ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;
- nizolarni hal etish tartibi;
- tomonlarning rekvizitlari.
E n e rg iy a bilan t a ’m inlovchi ta sh k ilo tn in g asosiy m a jb u riy a ti 
tutashtirilgan tarm oq orqali energiyani berib turish hisoblanadi. Shu bilan 
birga, energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot energiyani energiya ta ’minoti 
shartnom asida nazarda tutilgan m iqdorda va taraflar kelishgan energiya 
berish tartibiga amal qilgan holda berib turishi lozim. Energiyaning miqdori 
o'lchov asboblari ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi. Energiya “kilovatt”da 
hisoblansa, energiya ta ’minlovchi bergan va abonent qabul qilgan gazning 
miqdori esa “kubom etr”da aniqlanadi.
Energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarm oq orqali 
abonentga energiya ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va 
taraflar kelishgan energiyani, ya’ni 220 v - 360 v yoki 110 v dan uzluksiz 
hamda belgilangan (kelishilgan) vaqtda yetkazib berilishini ta ’minlashi lozim. 
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bergan va abonent qabul qilgan energiya 
miqdori o'lchov asboblari ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Q o nu n h u jja tla rid a e n e rg iy a bilan t a ’m in lo v ch i ta sh k ilo tn in g
m ajburiyatlari aniq belgilab quyilgan. Masalan “Issiqlik energiyasidan


f o y d a la n is h ” Q o id a la rig a m u v o fiq , issiq lik t a ’m in o ti ta s h k ilo ti 
quyidagilarga m ajbur:
- shartnom aga m uvofiq iste’molchiga issiqlik energiyasi uzluksiz 
berilishini t a ’m inlash, issiqlik m anbayi kollektorlaridan berilayotgan 
issiqlik m anbalari param etrlarin in g (bug1 va issiq suv) shartnom aga 
muvofiqligini ta ’minlash, ularning:
- bug' bo'yicha (bosim va harorat) - (Q) 5 foizga;
- issiqlik beruvchi quvurda suv harorati bo'yicha - (Q) 3 foizga.
Suv bosimi bo'yicha:
- issiqlik beruvchi quvurda - (Q) 5 foizga;
- orqaga qaytadigan quvurda - (Q) 20 kPa chetga chiqishiga yo'l 
qo'ymaslik;
- issiqlik to'liq yetkazib berilmaganligi to'g'risida iste’molchilarning 
yozma arizalarini iste’molchilardan ariza olingan kundan boshlab 10 kun 
m uddatda ko'rib chiqish;
- issiqlik ta ’minoti tashkilotining aybi bilan texnologik m aqsadlardagi 
to'liq yetkazib berilm agan energiya qiymatini qoplash. To'liq yetkazib 
berilm agan energiya hajm i iste ’m olchining vakili ishtirokida issiqlik 
t a ’m in o ti ta s h k ilo ti to m o n id a n a n iq la n a d i va d a lo la tn o m a bilan 
rasmiylashtiriladi.
Elektr energiyasini yetkazib beruvchi energiya ta ’minoti tashkiloti 
esa quyidagilarga majbur:
- elek tr energiyasini elek tr tarm oqlarining bo'linish chegarasiga 
shartnom ada ko'rsatilgan m iqdorda yetkazib berish;
- elektr energiyasi sifat ko'rsatkichlarini elektr tarm oqlarining balans 
bo'yicha mansublik chegarasida shartnom a va standartlar bilan belgilangan 
darajada saqlab turish;
- e n e rg iy a t a ’m inoti ta sh k ilo tin in g e le k tr ta rm o q la rin i rejali 
ta ’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta ’minlashdagi m um kin bo'lgan 
uzilishlar to'g'risida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;
- elektr energiyasi berishning rejadan tashqari to'xtat.ilishi sabablarini 
xab ar qilish;
- h isob-kitob e le k tr hisoblagichlarini am aldagi d a v la t norm ativ 
hujjatlari talablariga muvofiq alm ashtirish m uddatlarini x ab ar qilish;
- joriy etiladigan cheklashlar haqida cheklashning joriy etilish hajmi 
va vaqtini ko'rsatgan holda o'z vaqtida xabar qilish;
- elektr energiyasining energiya ta ’minoti tashkiloti va iste’molchi 
o'rtasida tuzilgan shartnom aga muvofiq iste’molchiga uzluksiz yetkazib 
berilishini ta ’minlash;


- iste’molchilarning elektr energiyasining to'liq berilmaganligi yoki 
elek tr t a ’m inotidagi boshqa qoida buzilishlari to'g'risid agi arizalarini 
iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikm ay ko'rib 
chiqish va ushbu qoidalarga m uvofiq mufassal javob yuborish.
Energiya ta ’minoti shartnom asida abonentning o'zi qabul qiladigan 
e n e rg iy a n in g sh a rtn o m a d a b e lg ila n g a n m iq d o rin i e n e rg iy a bilan 
t a ’m inlovchi tash kilo tnin g e n e rg iy a n i sh a rtn o m a d a b elgilanm agan 
m iqdorda berishni ta ’minlash bilan bog'liq xarajatlarini qoplash sharti 
bilan o'zgartirish huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Energiyadan turm ushda foydalanadigan fuqaro energiya ta ’minoti 
shartnom asiga muvofiq abonent bo'lgan taqdirda u energiyadan o'zi 
uchun zarur bo'lgan miqdorda foydalanishga haqli.
Energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot beradigan energiyaning sifati 
standartlashtirish bo'yicha qonun hujjatlarida yoki energiya ta ’minoti 
shartnom asida belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Energiya ta ’minoti shartnom asiga m uvofiq, ab o n entga quyidagi 
m ajburiyatlar yuklatiladi:
1. Energiya bilan ta'minlovchi tashkilot bergan energiya haqini o'z 
vaqtda to'lash;
2. Shartnom ada nazarda tutilgan energiya iste’mol qilish tartibiga 
rioya etish;
3. Tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini 
ta ’minlash;
4. O 'zi fo y d a la n a d ig a n e n e rg iy a is te ’mol q ilu v c h i asbob va 
uskunalarning sozligini ta ’minlash.
A b o n e n t is h la tila y o tg a n e n e r g e ti k a ta r m o q la r i , a s b o b va 
uskunalarning zarur texnikaviy holati va xavfsizligini ta ’minlashi, energiya 
ishlatishning belgilangan tartibiga am al qilishi, shuningdek avariyalar
yong'inlar, energiyani o'lchash asboblaridagi nosozliklar va energiyadan 
foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar to'g'risida energiya 
bilan t a ’minlovchi tashkilotga darhol xabar berishi lozim.
Energiya ta ’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turm ushda 
foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida 
boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, energetika tarm oqlari, shuningdek 
energiya iste’molini hisobga olish asboblarining zarur texnik holati va 
xavfsizligini ta ’minlash m ajburiyati energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot 
zimmasiga yuklatiladi.
Elektr energiyasi iste’molchilari quyidagilarga m ajbur:
- elektr energiyasi va iste’mol qilinadigan q u w a t uchun shartnomadagi 
miqdorning kamida 30 foizi miqdorida oldindan haq to'lash va iste’mol


qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitobni hisob-kitob oyi 
tugaganidan so'ng 30 kun mobaynida amalga oshirish;
- energiya ta ’minoti tashkiloti talabiga ko'ra quyidagilarni hisobga 
olish va xabar qilish:
- h a r sutkalik, h ar oylik sarflar va iste’mol qilinadigan q u w atn in g
haqiqiy miqdori;
- energiya tizimining eng k a tta va eng kichik yuklamali davrlarida 
reaktiv energiya va q u w a tn in g h a r sutkalik sarfi;
- energiya tizimining eng k a tta yuklamasi vaqtida h a r 30 daqiqadagi 
aktiv energiya (q u w at) sarfi.
E lek tr energiyasi iste’molchilari energiya ta ’m inoti tashkilotidan 
quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:
- e le k tr energiyasini e le k tr tarm oqlarining bo'linish chegarasiga 
shartnom ada ko'rsatilgan m iqdorda yetkazib berish;
- elek tr tarmoqlarining balans bo'yicha mansublik chegarasida elektr 
e n e rg iy a sin in g sifat k o 'rs a tk ic h la rin i s h a rtn o m a va s ta n d a rtla rd a
belgilangan qiym atda saqlash;
- en e rg iy a ta ’m inoti tashkilotining elek tr tarm o q larin in g rejali 
ta ’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta ’minlashdagi m um kin boigan 
uzilishlar to'g'risida ogohlantirish;
- elektr energiyasi ta ’minoti tashkiloti bilan kelishgan holda elektr 
energiyasi iste’molining oylik shartnom aviy miqdorini choraklik miqdor 
doirasida joriy yil mobaynida 2 m arta (1 va 2-oylarda ular tugagungacha 
10 kundan kechikmay) qayta taqsimlash.
Energetika tarmoqlari, asbob va uskunalarning texnik holatiga va 
ularni ishlatishga qo'yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya etilishini 
nazorat qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
A gar qonun hujjatlarida yoki energiya bilan ta ’minlash shartnomasida 
boshqacha tar tib nazarda tutilgan boim asa, energiya haqi abonent amalda 
qabul qilgan energiya miqdori uchun to'lanadi.
A bonent energiya bilan t a ’minlovchi tashkilotdan tutashtirilg an
tarm oq orqali qabul qilib olgan energiyani boshqa shaxs (qo'shimcha 
abonent) ga faq at energiya bilan t a ’minlovchi tashkilot roziligi bilan 
berishga haqli.
A g ar qonun h ujjatlarid a yoki energiya ta ’m inoti shartnom asida 
b o s h q a c h a ta r tib n a z a rd a tu tilg a n b o im a s a , a b o n e n t to m o nid an
energiyani qo'shim cha abonentga berish shartnomasiga nisbatan energiya 
ta ’minoti shartnom asi qoidalari qoilanadi.
A gar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boimasa,


energiyani qo'shimcha abonentga berish chog'ida abonent energiya bilan 
ta ’minlovchi tashkilot oldida javobgar bo'lib qolaveradi.
Energiya ta ’minoti shartnom asi bo'yicha m ajburiyatlar bajarilmagan 
yoki lozim darajada bajarilm agan hollarda energiya bilan ta ’minlovchi 
tashkilot yoki abonent shu tufayli yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi 
shart.
A gar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi 
sababli energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot tomonidan qonun hujjatlari 
asosida iste’molni tartibga solish natijasida yuz bergan bo'lsa, energiya 
bilan t a ’minlovchi tashkilot a y b d o r bo'lgan taq d ird ag in a shartno m a 
m ajburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarm agani uchun 
javob beradi.
Energiya berishdagi uzilishlarga, energiya berishni to'xtatish yoki 
cheklashga taraflar kelishuviga muvofiq yo'l qo'yiladi. Abonentga qarashli 
en erg etik a qurilm alarining qoniqarsiz ahvoli av a riy a xavfini keltirib 
chiqarishi m umkinligi yoki fu q aro lar hayoti va xavfsizligiga tah d id
tug'dirayotgani davlat energetika nazorati organi tom onidan tasdiqlangan 
hollar bundan mustasno. Energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot abonentni 
energiya berishdagi uzilishlar, energiya berishni to'xtatish yoki cheklash 
to'g'risida ogohlantirishi lozim.
Abonent bilan kelishmasdan va uni ogohlantirm asdan, biroq unga 
darhol xabar bergan holda energiya berishni v aqtincha uzib qo'yish, 
to'xtatish yoki cheklashga energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot tizimida 
avariyaning oldini olish yoki uni tugatish uchun kechiktirib bo'lmaydigan 
choralarni ko'rish zarur bo'lgan hollarda yo'l qo'yiladi.
Energiya ta ’minoti shartnom asiga muvofiq energiyadan turm ushda 
fo y d alan ad ig an fu q aro a b o n e n t b o 'lgan ta q d ird a u en erg iy a bilan 
ta ’minlovchi tashkilotga m a’lum qilish va foydalanilgan energiya haqini 
to'liq to'lash sharti bilan shartnom ani bir tomonlama bekor- qilish huquqiga 
ega.
Energiya ta ’minoti shartnom asiga muvofiq energiyadan turm ushda 
foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan taqdirda abonent o'zi foydalangan 
energiya haqini to'lamagani tufayli energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot 
shartnom ani bajar ishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega, bunda 
u shartnom ani bajarishdan bosh tortishdan kam ida bir oy oldin abonentni 
bu haqda ogohlantirishi lozim.
Energiya ta ’minoti shartnom asiga muvofiq yuridik shaxs abonent 
bo'lgan hollarda energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot abonent shartnom ani 
jiddiy buzgan taqdirda shartnom ani b ajarishdan b ir tom onlam a bosh


tortishga haqli, qonun h ujjatlarid a belgilab qo'yilgan hollar bundan 
mustasno.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish