Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Tashqi savdo munosabatlarida oldi-sotdi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1.2. Tashqi savdo munosabatlarida oldi-sotdi 
shartnomasining huquqiy asoslari
Oldi-sotdi shartnomasi, nafaqat mamlakat ichki muomalasida, balki 
tashqi iqtisodiy munosabatlarda ham ko‘p qo'llaniladigan shartnoma 
hisoblanadi. Ushbu shartnoma xalqaro miqyoslarda keng qo'llanilayotgani 
sababli ham xalqaro tashkilotlar tomonidan uning huquqiy negizlari 
shakllantirilishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, 1980-yili Venada 
qabul qilingan BMTning “Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi shartnomalari 
to‘g'risida”gi konvensiyasi, savdo-sotiqda qo'llaniladigan «Inkoterms» 
atamalarini talqin etish b o 'y ich a xalqaro qoidalar, shuningdek 
iste’molchilaming huquqlari haqida xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan
Vena Konvensiyasi xalqaro savdo-sotiqda ko'pchilik tomonidan 
qo'llaniladigan o'ziga xos umumiy (universal) huquqiy hujjat sifatida 
muhim ahamiyatga ega. Ushbu Konvensiyada umumiy huquq va Qit’a 
huquqi tizimlarini savdo-sotiq bo'yicha shartnomalarining turlicha 
yondashuvlarini, ziddiyatlarini yumshatib, huquqiy-texnik jihatdan 
murosaga keltirish va umumiy qoidalar ishlab chiqilishiga erishilgan.
Vena Konvensiyasi turli mamlakatlardagi subyektlar o'rtasidagi 
tovarlar oldi-sotdisini tartibga solishga qaratilgan umumiy va yagona 
me’yorlami o'zida mujassam etadi.


Konvensiya, asosan, tadbirkorlik sohasidagi xalqaro oldi-sotdi 
shartnomalarini tartibga soladi, shu sababli ham shaxsiy, oilaviy yoxud 
uyda foydalanish uchun tovarlar xarid qilishda qo‘llanilmaydi. Ayni 
vaqtda, Konvensiya undiruvga qaratilgan mol-mulkni auksionlarda 
sotishga, qimmatli qog'ozlar, aksiyalar, ta’minlov qog‘ozlari va muomala 
hujjatlari, suv transporti va havo transporti kemalari, elektr energiyasi 
sotib olishga nisbatan ham qo'llanilmaydi.
Vena Konvensiyasi faqat oldi-sotdi shartnomasining tuzilishini va 
ushbu shartnoma asosida taraflarda huquq va majburiyatlar vujudga 
kelishini tartibga soladi. Shu sababli ham agarda boshqacha qoida 
belgilanmagan bo'lsa, u shartnomaning o‘zi, uning shartlari haqiqiyligi, 
shuningdek sotilgan tovarga nisbatan mulk huquqi haqida shartnoma 
belgilagan oqibatlarga taalluqli emas. Shu bilan birga, Konvensiya 
sotuvchining tovar biror shaxs sog‘lig‘ining shikastlanishi yoxud o‘limiga 
sabab bo'lgan holatlar uchun javobgarlik masalalariga ham qo'llanilmaydi.
Konvensiyaning 11-moddasiga asosan oldi-sotdi shartnomasi yozma 
shaklda tuzilishi shart qilib qo'yilmagan, umuman shartnoma shakliga 
nisbatan talablar mavjud emas. Shartnomaning mavjudligi yo'l qo'yiladigan 
dalillarning barchasi, shu jumladan, guvoh ko'rsatuvlari orqali ham 
isbotlanishi mumkin. Vena Konvensiyasida oldi-sotdi shartnomasining 
tuzilishi masalalari hal etilgan, sotuvchi va xaridor majburiyatlari, taraflar 
tomonidan shartnoma shartlari buzilganda huquqiy muhofaza vositalari 
belgilab qo'yilgan, shuningdek unda tovar shikastlangan yoki nobud 
bo'lgan hollarda xaridorga zarar tahlikasi (xavf-xatari) qanday o'tishi 
haqidagi qoidalar taraflarni javobgarlikdan ozod qilish asoslari va shu 
kabi m e’yorlar mavjud.
Konvensiyaning 28-m oddasiga asosan tuzuk taraf shartnoma 
shartlarini buzgan tarafdan majburiyatni asl (natura) holicha bajarish 
yoxud yetkazilgan zararlami to'la qoplashni talab qilishga haqli1.
Ma’lumki, oldi-sotdi shartnomasida qo'llaniladigan iboralar turli 
m am lakatlarda turlicha talqin etiladi. Binobarin, tashqi savdo 
munosabatlaridagi subyektlar o'rtasida bu borada turli anglashilmovchiliklar, 
nizolar kelib chiqishi mumkin Bu holatlaming oldini olish uchun “Inkoterms” 
savdo-sotiq iboralarini talqin etish bo'yicha xalqaro qoidalar ishlab chiqilgan 
Qachon sotuvchi o'z majburiyatini bajargan hisoblanishi va demak, sotilgan 
tovaming shikastlanishi yoki nobud bo'lishi natijasida vujudga keladigan 
zarar va xarajatlar qachondan boshlab xaridor zimmasiga yuklanishi
1 Комаров А. С. Ответственность в коммерческом обороте. М.: Юр. Лит. 1996. -182 б.


qoidalarini belgilovchi franko turlarining yagona talqini ham “Inkoterms”da 
mustahkamlab qo'yilgan. Bundan tashqari, tegishli shartnoma turida tovarni 
sug'urtalash, tovarning eksporti uchun bojni kim (xaridor yoki sotuvchi) 
to'lashi masalalari ham nazarda tutilgan. Taraflar «Inkoterms» qoidalari 
orqali o'zlari uchun ma’qul variantlami tanlab olishlari mumkin. «Inkoterms»ni 
qo'llash tadbirkorlarga turli mamlakatlar savdo-sotiq amaliyotidagi 
tafovutlar, bunday farqlar natijasida kelib chiqadigan nizolar va ularni sud 
tartibida hal etishda vujudga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va 
qiyinchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish