Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

M.X.RUSTAMBOYEV, 
Toshkent davlat yuridik instituti 
rektori, yuridik fanlari doktori, professor


29-bob. OLDI-SOTDI SHARTNOMASI
l - § . O ldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risida um um iy qoidalar
1.1. Oldi-sotdi shartnomasi, uning tushunchasi, 
belgilari va turlari
Oldi-sotdi insoniyat tomonidan eng qadim zamonlardan buyon 
qo'llanilib kelayotgan shartnomalardan biri hisoblanadi. Jamiyatda tovar- 
pul munosabatlari qaror topishi bilan turli kasb-hunar kishilari oldi- 
sotdi shartnom asi orqali boshqa kasb-hunar kishilari mehnati 
mahsulotlarini sotib olib, iste’mol qilish va ayni vaqtda, o‘z mehnatlari 
mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Oldi-sotdi shartnomasi jihatdan bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa 
taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi 
esa bu tovarni qabul qilish va buning uchun belgilangan pul summasini 
(bahosini) to'lash majburiyatini oladi (FKning 386-moddasi, 1-qismi).
Oldi-sotdi shartnomasi o ‘z huquqiy tabiati bo'yicha mol-mulkka 
nisbatan mulk huquqi yoxud mulkiy huquqlarni bir shaxsdan ikkinchi 
shaxsga o'tkazish bo'yicha majburiyatlar turkumiga kiradi. Ayni vaqtda 
ushbu shartnomani boshqa o'xshash shartnomalardan ajratib turuvchi 
huquqiy belgilari mavjud bo'lib, unga quyidagilar kiradi:
birinchidan, oldi-sotdi shartnomasi haq baravariga tuziladigan (pulli) 
shartnoma hisoblanadi. Bunda har doim sotuvchi topshiradigan mol- 
mulk (tovar) evaziga sotib oluvchi muayyan miqdorda pul (so'm, valuta) 
bilan belgilangan haq to'laydi;
ikkinchidan, oldi-sotdi shartnomasi konsensual shartnomalar guruhiga 
mansub. Boshqacha aytganda, bu shartnoma bo'yicha taraflar o'rtasidagi 
huquq va majburiyatlar shartnomaning barcha muhim shartlari to'g'risida 
o'zaro kelishilgan va shartnoma tegishli shaklda rasmiylashtirilgan vaqtdan 
boshlab vujudga keladi;
uchinchidan, shartnoma munosabatlari tarkibiga ko'ra, u ikki 
tomonlama shartnoma bo'lib hisoblanadi. Yuqorida Fuqarolik Kodeksida 
mustahkamlab qo'yilgan shartnomaga berilgan ta’rifdan ham ko'rinib 
turibdiki, ushbu shartnomada ikki taraf - sotuvchi va sotib oluvchi 
qatnashadi va har ikkala taraf ma’lum huquq va majburiyatlarga ega 
bo'ladi: sotuvchi ashyoni topshirish burchini va buning uchun haq olish 
huquqini oladi, oluvchi esa ashyo (tovar) qiymatini to'lashi lozim va 
sotilgan ashyoning o'ziga topshirilishini talab qilish huquqini oladi.


Ayni vaqtda shuni ta’kidlash loizki, oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha 
sotilgan ashyo (tovar)ga nisbatan mulk huquqi sotuvchidan sotib oluvchiga 
o'tadi va bu holat shartnomaning eng asosiy belgisi hisoblanadi. Bunda 
tovarlar muomalasida bevosita tovar egalari, ya’ni tovarlarni tasarruf 
qilishga haqli bo'lgan shaxslar ishtirok etadilar.
Bozor munosabatlari tizimida oldi-sotdi shartnomasi xo'jalik yurituvchi 
turli subyektlar o'rtasida munosabatlarni rasmiylashtirishning muhim va 
asosiy huquqiy vositalaridan bo'lib hisoblanadi. Ayni vaqtda, u kishilaming 
kundalik turmushida ham eng ko‘p qo'llaniladigan shartnoma sifatida 
e’tirof etiladi.
Oldi-sotdi shartnomasi savdo munosabatlarining xususiyat va 
shakllariga ko'ra, bir necha turlarga bo'linadi: ulgurji savdo; ehakana 
savdo; kim oshdi savdosi; nasiyaga tovarlarni sotish va h.k. Shartnoma 
predmeti bo'yicha esa u turar-joylarning, korxonaning, ko'chmas 
mulkning, qimmatli qog'ozlarning oldi-sotdi shartnomalari, mahsulot 
yetkazib berish, 
kontraktatsiya, energiya ta’minoti va shu kabi 
shartnomalarga bo'linadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish