Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Oldi-sotdi shartnomasida taraflar



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1.4. Oldi-sotdi shartnomasida taraflar
Oldi-sotdi shartnomasida taraflar sotuvchi va xaridor hisoblanadi. 
Bunda taraflar sifatida fuqarolar va yuridik shaxslar qatnashishi mumkin. 
Ayni vaqtda muayyan hollarda shartnomada taraf sifatida davlat ham 
ishtirok etishi mumkin.
Oldi-sotdi shartnomasi yuqorida ko'rsatilgan subyektlar o'rtasida, 
shuningdek, o'zaro tuzilishi mumkin Shartnomada taraf sifatida fuqaro 
qatnashganda u muomala layoqatiga ega bo'lishi shart. Binobarin, voyaga 
yetgan, ya’ni 18 yoshga to'lgan va qonunda belgilangan tartibda muomala 
layoqati cheklanmagan har qanday shaxs shartnomada taraf sifatida ishtirok 
eta oladi Ayni vaqtda, qonun muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga 
layoqatsiz fuqarolarning ham oldi-sotdi shartnomasida taraf sifatida qatnashish 
holatlarini nazarda tutadi Masalan, olti yoshdan o'n to'rt yoshgacha bo'lgan 
kichik yoshdagi bolalar mayda maishiy bitimlar tuzishga, masalan, kichik 
summada tovarlar sotish yoki sotib olishga (muzqaymoq, chanqoqbosdi 
ichimliklar, qalam, daftar, havo sharlari va shJ<) haqli (FKning 29-moddasi, 
2-qismi 1-bandi). O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga 
yetmaganlar o'z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlari hisobiga tovarlar 
sotib olish yoxud ularni sotishga haqli (FKning 27-moddasi, 2-qismi 1-bandi).
FKning 22-moddasi, 2-qismi va 28-moddada belgilangan tartibda to'la 
muomala layoqatiga ega bo'lgan voyaga yetmaganlar ham oldi-sotdi 
shartnomasida summasidan qat’iy nazar, to'la huquqli taraf sifatida qatnasha 
oladilar. Spirtli ichimliklar yoxud narkotik moddalar iste’mol qilganligi sababli 
muomala layoqati cheklangan shaxslar ham mustaqil ravishda mayda maishiy 
bitimlar tuza oladilar (FKning 31-moddasi). Bunday shaxslar, shuningdek, 
o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar yirik 
summadagi oldi-sotdi shartnomalarini faqat homiysi, ota-onalari yoki 
farzandlikka oluvchilar roziligi bilangina tuza oladilar.


Har xil tashkiliy tuzilmalar oldi-sotdi shartnomasida taraf bo'lishlari 
uchun quyidagi ikki talabga javob berishlari shart: birinchidan, bunday 
tuzilmalar yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishlari va ikkinchidan, ular 
tuzayotgan oldi-sotdi shartnomasi ularning ta’sis hujjatlariga zid bo'lmasligi 
lozim.
Odatda shartnomada sotuvchi sifatida qatnashayotgan shaxsga 
sotilayotgan ashyo mulk huquqi asosida tegishli boiadi, biroq ayrim 
hollarda sotuvchi sotilayotgan tovarning mulkdori bo'lmasligi ham 
mumkin. U holda sotuvchining tovarni sotishga bo'lgan huquqi qonun 
yoki shartnoma asosida vujudga kelgan bo'lishi lozim (masalan, davlat 
korxonasi tomonidan unga xo'jalik yuritish huquqi asosida biriktirib 
qo'yilgan tovarni sotishi yoxud vositachilik (komission) do'konlarida 
tovarlarni sotish).
Qonunda bir necha subyektga umumiy mulk huquqi asosida tegishli 
bo'lgan ashyolarni sotishning alohida tartibi belgilangan. Mulkdorlardan 
biri o'z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtda qolgan sheriklari 
sotilayotgan ulushni u sotiladigan narxda va boshqa teng shartlarda 
imtiyozli sotib olish huquqiga ega, kim oshdi savdosi orqali sotish hollari 
bundan mustasno (FKning 224-moddasi). Er-xotinga birgalikdagi umumiy 
mulk huquqi asosida tegishli boigan, nikoh davomida orttirilgan mol- 
mulk ham har ikkalasining roziligi asosida sotiladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish