Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1.7. Oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun 
taraflarning javobgarlik holatlari
Oldi-sotdi shartnomasida qatnashuvchi har ikkala taraf qonun yoki 
shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgardir.
Sotuvchi quyidagi holatlarda xaridor oldida javobgardir:
a) sotilgan tovarni topshirmasa yoki topshirishni kechiktirsa;
b) sotilayotgan tovarda uchinchi shaxslarning huquqlari mavjudligi 
haqida xaridorni ogohlantirmasa;
d) sotilayotgan tovar miqdori, assortimenti haqidagi shartlarni buzsa 
yoki sifatsiz tovar sotsa.
Sotib oluvchi ham o'z navbatida sotuvchi oldida quyidagi hollarda 
javobgar boiadi:
a) sotilgan tovar uchun haqni toiamasa yoki to'lashni kechiktirsa;
b) sotilgan tovarni o'z vaqtida qabul qilib olmasa yoxud qabul qilib 
olishni kechiktirsa.
Taraflar yuqoridagi holatlardan biri sodir boiishiga yo'l qo'ygan 
hollarda ularga nisbatan fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralari qoilanadi. 
Bunday choralar m ajburiyatni bajarish va zararlarni qoplash, 
shartnomadan bir tomonlama bosh tortish va zararlarni qoplash 
ko'rinishida boiishi mumkin.
Umumiy qoida bo'yicha sotuvchi xaridorga sotilayotgan tovaming 
kamchiliklari haqida ogohlantirmog'i lozim.
Sotilgan tovardagi kamchiliklar uchun sotuvchining qay hollarda 
javobgar boiishi hujjatlarda belgilab qo'yilgan Bozor munosabatlari tizimi 
xaridor - iste’molchini alohida huquqiy maqomga ko'tardi. Sotilayotgan 
tovarlarning sifatli darajada boiishi uchun sotuvchi xaridor oldida 
mas’uldir. O'zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g'risida»gi, 
«Metrologiya to'g'risida»gi, «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish 
to'g'risida»gi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi 
qonunlarida bunday huquqiy asoslar o'z ifodasini topgan.
Sotuvchi sotib oluvchiga sifati oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan 
tovarni topshirishi shart. Bunday shartlar shartnomada ko'rsatilmaganida 
esa tovar sifati belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo'lishi lozim Tovar


namunasi bo'yicha yoki ta’rifi bo'yicha (reklama bo'yicha) sotilganda tovar 
sifati namuna yoki ta’rifga mos kelishi lozim
Agarda qonunda belgilangan tartibga muvofiq sotilayotgan tovar 
sifatiga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan boisa, tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi xaridorga ushbu majburiy 
talablarga javob beradigan tovarni topshirishi shart (masalan, poliz 
mahsulotlari laboratoriya tekshiruvidan o'tgan boiishi lozim), oziq-ovqat 
mahsulotlari albatta muvofiqlik sertifikatiga ega boiishi lozim.
Tovariarning sifati talab darajasida boiishi me’zonlari boiib tovarning 
kafolat muddati va tovarning yaroqlilik muddati hisoblanadi
Tovar sifatining kafolati uning mavjud talablariga javob berishi va 
oqilona muddat davomida belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo'lishini 
anglatadi. Umumiy qoida bo'yicha kafolat muddati tovar xaridorga 
topshirilgan paytdan o'ta boshlaydi. Agar xaridor sotuvchiga bog'liq boigan 
holatlar tu fa y li (masalan, yo'riq n om an i yoki texnik pasportni 
topshirmagani sababli) tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum 
boisa, kafolat muddati o'tishi to'xtab turadi. Tovar (butlovchi buyum) 
almashtirilganda kafolat muddati yangidan o'ta boshlaydi (FKning 404- 
moddasi).
Qonun hujjatlarida, shu jumladan, davlat standartlarida tovar o'z 
vazifasi bo'yicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi, deb 
hisoblanadigan vaqt (yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin.
Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab 
foydalanish uchun yaroqli boigan davr bilan yoki tovar foydalanish 
uchun yaroqliligi aniqlanadigan son bilan belgilanadi. Yaroqlilik muddati 
tugagan tovardan foydalanish inson hayoti, sogiig'i uchun xavf tug'diradi. 
Shu sababli ham bunday tovarlarni sotishga yo'l qo'yilmaydi.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada tovarning sifatini tekshirish 
nazarda tutilgan boisa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq 
amalga oshirilishi, davlat standartlarida, texnik shartlarda va sh.k.da 
majburiy talablar belgilangan bo'lsa, tovar sifati ulardagi ko'rsatmalarga 
muvofiq ravishda tekshirilishi lozim. Tekshirish sotuvchi tomonidan ham, 
xaridor tomonidan ham, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan ham 
o'tkazilishi mumkin, biroq bunda tekshirish shartlari o'zgarmasligi lozim.
K o'p hollarda tovarlar sifatini tekshirish maxsus tuzilmalar - tovar- 
ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston 
Respublikasida m ahsulotlarni sertifikatlashtirish, y a ’ ni ularning 
belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash, guvohlantirishga oid 
faoliyat bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar tizimi mavjud. Bozorga sotish


uchun chiqarilgan tovarlar «muvofiqlik sertifikati» (tovarning belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat), «m uvofiqlik belgisi» 
(muayyan tovar aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos 
ekanligini ko'rsatish uchun tovarga doir h ujjatga q o'yila d iga n , 
belgilangan tartibda ro'yxatga olingan belgi)ga ega ekanliklari ularning 
sifati maxsus tekshiruvdan o'tganligini bildiradi. Sertifikatlashtirish shart 
b o'lg a n tovarlar ro'yxatin i O'zbekistan Respublikasi H ukum ati 
tasdiqlaydi. Odatda bunday tovarlar odamlaming sog'lig'i, hayoti, yuridik 
va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar 
yetkazishi m um kin b o'lg a n m ahsulotlar hisoblanadi. M a jb u riy
sertifikatlashtirilishi shart bo'lgan tovarlarni sertifikatlashtirish 
o'tk a zm a sd a n tu rib sotish man q ilin a d i. Q onun ix t iy o r iy
sertifikatlashtirishni ham nazarda tutadi. Har qanday tovar tegishli 
talablarga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy 
shaxslar tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirilishi mumkin.
Sertifikatlashtirish tizimi sifatsiz tovarlarni sotuvga chiqarishning 
oldini oluvchi muhim tashkiliy-huquqiy vositadir.
Agar tovarning kamchiliklari sotuvchi tomonidan ma’lum qilinmagan 
boisa, tegishli darajada sifatli boimagan tovar topshirgan sotuvchi sotib 
oluvchining xohishiga ko'ra:
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada 
boigan tovarga almashtirishi;
xarid narxini tegishlicha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi 
(m odeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada b o ig a n tovarga 
almashtirishi;
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishi yoki sotib oluvchi 
yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish 
uchun qilingan xarajatlarni qoplashi;
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishi;
ko'rilgan zarar o'rnini qoplashi lozim (FKning 434-moddasi).
Shu bilan birga, sotib oluvchi tomon shartnomaning bekor qilinishini 
talab qilish huquqiga ham egadir. Tovar uchun to'langan pul summasini 
sotib oluvchiga qaytarish vaqtida sotuvchi undan tovardan to'liq yoki 
qisman foydalanganligi, tovar ko'rinishi yo'qolganligi yoki boshqa shunga 
o'xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan boisa, shuncha 
summani chegirib qolishga haqli emas. Xaridorga sifati lozim darajada 
boimagan tovar sotilganida uning sotuvchiga nisbatan qanday talablar 
qo'yishga haqli ekanligi, ya’ni yuqorida ko'rsatilgan huquqlar alternativ 
harakterga ega boiib, xaridor ulardan o'zi uchun ma’qulini tanlaydi.


Xaridor tovardagi kamchiliklar tovar unga topshirilgunga qadar 
paydo boiganligi yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli 
vujudga kelganligini isbotlab berishi lozim.
Sotuvchi tovardagi nuqson yoki kamchiliklar quyidagi holatlar sababli 
yuz berganligini isbotlab bera olsa, javobgarlikdan ozod boiadi:
sotib oluvchi tovardan foydalanish yoki saqlash qoidalarini buzganligi 
sababli;
uchinchi shaxslar harakati tufayli;
oldini olib bo'lmaydigan kuch ta’sirida (FKning 409-moddasi).
Qonunda topshirilgan tovaming kamchiliklarini aniqlash muddatlari 
ham belgilab qo'yilgan Kamchilik yoki nuqson ushbu muddatlar davomida 
aniqlansa, xaridor tegishli talab bilan sotuvchiga da’vo qilishga haqli 
bo'ladi. Bular: qonunda yoki oldi-sotdi shartnomasida belgilab qo'yilgan 
yoxud kafolat muddati bilan yoki tovarning yaroqlilik muddati bilan 
belgilanadi.
Kam chiliklar oqilona muddatda, biroq tovar sotib oluvchiga 
topshirilgan kundan boshlab ikki yil davomida aniqlanganida ham (agar 
yuqoridagi muddatlar belgilanmagan bo'lsa) xaridor sotuvchiga talab 
qo'yishga haqli.
Tovarning kamchiliklari xaridor tomonidan kafolat muddati yoki 
yaroqlilik muddati tugaganidan keyin aniqlangan hollarda, xaridor bu 
kamchiliklar tovar unga topshirilgunga qadar paydo bo'lganligini yoki 
shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo bo'lganligini isbot 
qilib bergan hollarda javobgarlik sotuvchi zimmasiga yuklanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish