Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


K im oshdi savdosi, tovar birjalarida



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2.2. K im oshdi savdosi, tovar birjalarida 
savdo-sotiq shartnomalari
Tovar mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud ixtisoslashgan 
tashkilot kim oshdi savdosining tashkilotchisi bo'lishi mumkin. Kim oshdi 
savdosining tashkilotchisi sud qarorlarini ijro etish uchun (musodara 
qilingan, majburiy tartibda haq undirishga qaratilgan ashyolarga, garov 
ashyolari va h.k) ham kim oshdi savdosi tashkil etadi.
Kim oshdi savdosi bo'yicha ixtisoslashgan tashkilot tovar mulkdori 
(mulkiy huquq egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi, ular 
nomidan yoxud o'z nomidan harakat qiladi.
Kim oshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida o'tkaziladi. Kim 
oshdi savdosining shakli, agarda qonunda boshqacha tartib belgilangan 
bo'lm asa, sotiladigan ashyoning mulk yoxud mulkiy huquq egasi 
tomonidan belgilanadi.
Xaridor sifatida faqat bir ishtirokchi qatnashgan auksion yoki tanlov 
bekor hisoblanadi.
Auksionlar va tanlovlar ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin.
Ochiq auksion yoki tanlovda hamma qatnashish imkoniyatiga ega.
Yopiq auksion va yopiq tanlovda maxsus taklif etilgan shaxslargina 
qatnashadilar.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, tashkilotchi 
kim oshdi savdosi o'tkazilishi haqida kamida o'ttiz kun oldin xabar 
qilishi kerak. Xabarda kim oshdi savdosining joyi, vaqti va shakli, kim 
oshdi savdosiga nima qo'yilgani, shu jumladan, kim oshdi savdosida 
qatnashishni rasm iylashtirish tartibi, boshlang'ich narx haqida 
ma’lumotlar mavjud bo'lishi shart.
Umumiy qoidaga ko'ra, kim oshdi savdosi tashkilotchisi auksion 
o'tkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u o'tkaziladigan kundan kamida 
uch kun oldin bosh tortishga haqli.
Kim oshdi savdosining tashkilotchisi uni o'tkazishdan bosh tortish 
haqidagi muddatlarga rioya qilmagan hollarda ishtirokchilarning haqiqiy 
(real) ko'rgan zararini to'lashi shart.
Yopiq auksion yoki yopiq tanlovda tashkilotchi kim oshdi savdosidan 
qaysi muddatda bosh tortganligidan qat’iy nazar, o'zi taklif etgan 
ishtirokchilarning real zararini to'lashi lozim.
Kim oshdi savdosining qatnashchilari kim oshdi savdosi haqidagi 
xabarda ko'rsatilgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat puli


to‘laydilar. Kim oshdi savdosida qatnashgan, lekin g'olib chiqmagan 
ishtirokchilarga zakalat puli qaytariladi. G'olib chiqqan shaxsning puli 
tovar bahosi uchun to'lanadigan haq tartibiga kiritiladi.
Kim oshdi savdosida eng yuqori narx taklif qilgan qatnashchi g'olib 
hisoblanadi va u bilan oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. G'olib bilan 
tashkilotchi o'rtasida kim oshdi savdosi natijalari haqida bayonnoma 
imzolanadi. Agar g'olib bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, bergan 
zakalatidan mahrum bo'ladi. Agar tashkilotchi bayonnomani imzolashdan 
bosh tortsa, zakalat summasini ikki barobar qilib qaytaradi.
Qonunda belgilangan qoidalarga zid ravishda o'tkazilgan kim oshdi 
savdosi manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb 
topilishi mumkin. Masalan, kim oshdi savdosi haqida noto'g'ri maiumot 
berilsa yoki qatnashchilar oldindan til biriktirib olgan bo'lsalar va h.k. 
Kim oshdi savdosini haqiqiy emas deb topish g'olib bilan tuzilgan 
shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi (FKning 381-moddasi).
Birjalar ham oldi-sotdi shartnomalarini tuzadigan maxsus tuzilma 
hisoblanadi.
Fond birjalarida qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi amalga oshiriladi. 
Fond birjalarining faoliyati «Qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat 
ko'rsatish mexanizmi to'g'risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.
Tovar birjalarida esa m ol-m ulk sotiladi. Birjalarda oldi-sotdi 
shartnomalarining xususiyatlari, eng awalo, birja faoliyatining o'ziga xosliklari 
bilan belgilanadi (kim oshdi savdosi, bitimlarni makler yozuvlar orqali 
rasmiylashtiradi, birja sotishga qo'yiladigan mol-mulklar savdosi va h.k).
Birjalarga oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan FKning tegishli 
normalari, «Birjalar va birja faoliyati to'g'risida»gi qonun qo'llaniladi.
Muayyan birjada taqdim etilgan tovarlar oldi-sotdisi bo'yicha birja 
vositachilari o'rtasida tuzilgan birja savdo-sotig'i qoidalariga muvofiq amalga 
oshirilgan va belgilangan tartibda birja ro'yxatidan o'tgan bitimlar, 
summasidan qat’iy nazar, notarial idoradan tasdiqlanmaydi (ko'chmas 
mol-mulk korxonalar oldi-sotdisi bundan mustasno). Birja bitimining 
mazmuni (tovaming nomi, narxi, ijro o'm i va muddatidan bo'lak) oshkor 
etilishi mumkin emas.
Bitimlarda:
bor mavjud tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan, tovarlarni 
darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik huquqini 
beruvchi hujjatlar topshirishni ham ko'zda tutuvchi oldi-sotdi bitimlari;
forvard bitimlar, ya’ni mavjud tovami yetkazib berish muddatlarini 
kechiktirgan holda xarid qilish va sotishga doir bitimlar;


fyuchers bitimlar, ya’ni standart shartnomalarga doir bitimlar; 
opsion bitimlar, ya’ni tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish 
shartnomalarini belgilangan narxlar bo‘yicha kelgusida xarid qilib olish 
yoki sotish huquqlariga doir oldi-sotdi bitimlari va shu kabilar tuzish 
mumkin. Forvard, fyuchers, opsion bitimlar tuzilganda birja o'zining 
hisob-kitob markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi shart.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish