YALPI ICHKI MAHSULOT
— mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr
(oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko‗rsatkich. Mamlakat
hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qo‗shma korxonalari ham shu hisobga
kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va
xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo‗lib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi
asosida hisoblab chiqiladi.
YALPI MILLIY MAHSULOT
— mamlakatning ma‘lum muddat (odatda, oy,
kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi
daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish
omillari tufayli yuzaga kelishidan qat‘i nazar) jami yig‗indisini ko‗rsatadi. YAMM milliy
hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.
YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLAR
— XX asrning so‗nggi o‗n
yilliklarida iqtisodiy taraqqiyotda keskin o‗zgarishlarga erishgan rivojlanayotgan
mamlakatlar guruhi. Bu mamlakatlar ko‗pgina ko‗rsatkichlar bo‗yicha jahondagi o‗rta va
hatto yuqori rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi. Ya.i.m.da sanoat ishlab chiqarish
hajmi va uning milliy daromaddagi hissasi o‗sdi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot
hajmi ko‗paydi. Yangi qatlam — tadbirkorlar sinfi mavqei mustahkamlandi. Ya.i.m.ga
Lotin Amerikasining rivojlangan mamlakatlari — Argentina, Braziliya, Meksika va
Janubiy Sharqiy Osiyoda ―Osiyo yo‗lbarslari‖ nomini olgan bir qator mamlakatlar va
hududlar — Singapur, Tayvan, Koreya Respublikasi, Xitoy tarkibidagi Syangan kiradi.
Bulardan bir qadar keyinroq ikkinchi avlod Ya.i.m. deb nom olgan mamlakatlar ham
paydo bo‗ldi. Bu mamalakatlarda aholining katta qismi hamon qishloq xo‗jaligida band
bo‗lishiga qaramay, sanoat ishlab chiqarish hajmi va sanoat mahsulotlari eksporti tez
o‗smoqda, milliy kapital vakillarining mavqei mustahkamlanmoqda. Bularga Lotin
Amerikasida Venesuela, Kolumbiya, Peru, Urugvay, Chili, Janubiy Sharqiy Osiyoda
Malayziya, Filippin, Tailand, Indoneziya kiradi. Iqtisodiy va sanoat rivojining hozirgi
darajasiga ko‗ra, Ya.i.m.dan eng rivojlanganlari — Koreya Respublikasi, Argentina,
Meksika, Singapur sanoati rivojlangan mamlakatlarga deyarli yaqinlashdi va Ispaniya,
Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa davlatlari bilan bir darajada turadi. Meksika va
Koreya Respublikasining rivojlangan mamlakatlarning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti (OESD) a‘zoligiga qabul qilinganligi ham buning isboti bo‗la oladi.
YASHILLAR
— ekologik siyosatni amalga oshirish tarafdori bo‗lgan, tabiiy
muhitni sog‗lomlashtirish va himoyalashni asosiy maqsad qilib olgan jamoatchilik
harakati yoki siyosiy partiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |