YEVROPA HAMJAMIYATLARI
— G‗arbiy Yevropa mamlakatlarining
davlatlararo birlashmasi; G‗arbiy Yevropa mintaqaviy tashkilotlari (Yevropa iqtisodiy
hamjamiyati, Yevropa ko‗mir va po‗lat birlashmasi hamda Atom energiyasi bo‗yicha
Yevropa hamkorligi)ning umumiy nomi. 1957-yilda Rimda imzolangan maxsus
konvensiyaga asosan E.h.ning yagona Yevropa parlamenti assambleyasi (1962-yildan
Yevropa parlamenti) ta‘sis etildi. 1967-yildan E.h.ning Vazirlar Kengashi Strasburgda va
Komissiyalari Bryusselda joylashgan.
YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI (YEIH)
— mintaqaviy integrasiya
tashkilotlaridan biri. 1957-yilda Rim shartnomasiga ko‗ra tuzilgan, ba‘zida ―Umumiy
bozor‖ deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya,
Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot a‘zosi bo‗lgan, keyin Buyuk Britaniya,
Daniya, Irlandiya (1973-yildan), Gretsiya (1981-yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986-
yildan) qo‗shilgan. YEIH qit‘ada - iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko‗tarish yo‗li bilan
yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-yil Yevropa Ittifoqiga
tarkibiy qism bo‗lib kirdi.
YEVROPA ITTIFOQI (YEI)
— o‗zida xalqaro tashkilot va federativ davlat
xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati
(―Umumiy bozor‖) nomi bilan atalgan. YEI to‗g‗risidagi shartnoma 1992-yil Maastrixt
shahrida (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga a‘zo bo‗lgan 12 davlat va hukumat
boshliqlari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta - iqtisodiy
ittifoqini vujudga keltirish to‗g‗risidagi bu shartnoma 1993-yil 1-noyabrdan kuchga
kirgan. YEIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga
keltirish, ichki chegaralari bo‗lmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy o‗zaro ta‘sirni
kuchaytirish yo‗li bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam
berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu
maqsadga 2002-yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va
xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib
borish yo‗li bilan xalqaro sohada o‗ziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki
ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va
ko‗paytirish. YEI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi
Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga Avstriya, Belgiya, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, Shvesiya, Polsha, Chexiya, Norvegiya,
kabi davlatlar a‘zo. Qarorgohi Bryusel shahrida (Belgiya). O‗zbekistonning jahon
hamjamiyatiga integrasiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida o‗rin tutadi. Tashkilot
TASIS dasturi doirasida O‗zbekistonga texnikaviy yordam ko‗rsatadi. 1999-yil 1-iyulda
O‗zbekiston bilan YEI o‗rtasida Sheriklik va hamkorlik to‗g‗risidagi bitim ratifikatsiya
qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-ma‘rifiy aloqalar
332
rivoji uchun imkoniyat tug‗dirdi. Jumladan, tomonlar o‗zaro savdoda bir-birlariga eng
qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni o‗z hududlari orqali erkin tranzit
qilishni ta‘minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |