NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOT
— jismoniy va yuridik shaxslar
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‗z faoliyatining asosiy
maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‗z qatnashchilari o‗rtasida
taqsimlamaydigan o‗zini o‗zi boshqarish tashkilotidir. N.n.t. jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni
himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma‘rifiy maqsadlarga erishish, ma‘naviy va boshqa
nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda
boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.
NODAVLAT SEKTOR
— milliy iqtisodiyotning davlat tasarrufida bo‗lmagan
sohalari. N.s. g‗arb mamlakatlarida privat, ya‘ni xususiy sektor deb yuritiladi.
O‗zbekistonda xususiy korxonalar, qo‗shma korxonalar, shirkatlar, kooperativlar,
xo‗jalik uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, fermer va dehqon xo‗jaliklari N.s.ga
kiritilgan. U xususiy mulkning ustuvorligi bilan ajralib turadi va uning milliy
iqtisodiyotdagi hissasi turli mamlakatlarda turlicha. N.s. korxonalari, birinchidan, o‗zaro
bozor aloqalari o‗rnatsa, ikkinchidan, davlat sektori bilan bog‗lanib, turli resurslar va
xizmatlarni sotib oladi. N.s. xo‗jalikning hamma jabhalarida mavjud bo‗lib, savdo-sotiq,
xizmat ko‗rsatish, qishloq xo‗jaligi, transport, qurilish, iste‘mol buyumlari ishlab
chiqarishda yetakchilik qiladi, ammo bazaviy tarmoqlarda uning hissasi nisbatan kichik.
N.s. iqtisodiyotning erkin, davlat aralashuvidan holi sohasi sifatida bozor qoidalariga
binoan rivojlanadi. Bu yerda ishlab chiqarish strategiyasini bozordagi talab va taklif
nisbati belgilab beradi. N.s.da daromadlar erkin taqsimlanib o‗zlashtiriladi. N.s. o‗z
tovarlarini davlat buyurtmalariga binoan, davlat sektoriga sotadi, davlat sektoridan esa
kerakli tovar va xizmatlarni kelishilgan narxda sotib oladi. N.s. erkin bo‗lganidan unga
iqtisodiy faoliyatni xilma-xilligi xos. N.s.ning iqtisodiyotdagi hissasi shu sektor
korxonalarida jamg‗arish yuz berib, daromadlar investitsiyaga yo‗naltirilishi natijasida
ishlab chiqarishning kengayishi va davlat mulkining xususiylashtirilishi tufayli
korxonalarning N.s.ga o‗tishi yo‗li bilan o‗sadi. Bu hissa 4 ko‗rsatkichga binoan
aniqlanadi: yalpi ichki mahsulot (YAIM), ishlovchilar soni, kapital mablag‗lar va asosiy
kapital (fond) miqdori ko‗rsatkichlari. Bular orasida asosiysi - N.s.ning YAIMdagi
hissasi hisoblanadi. O‗zbekiston iqtisodiyotida N.s. hissasi 2000-yilda yalpi ichki
199
mahsulotning 70,2 foizni, band bo‗lganlar sonining 76 foizni, korxonalar soni bo‗yicha,
87,7 foizni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |