Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

MUNOZARA (siyosiy munozara)
— turli nuqtai nazarlar oydinlashuviga olib 
keluvchi, bahs, muammoli mas.,i muhokama qilib ko‗rib chiqish. 
MUQOBILLIK
— bir-biriga qarama-qarshi (boshqa-boshqa) ikki yoki undan ortiq 
narsa yoki nomzodlardan birini tanlash. 
MUSTABID ONG
— ijtimoiy voqeelikka bir yoqlama, tor manfaatlardan kelib 
chiqib yondoshiladigan nooqilona siyosiy ong turidir. U ijtimoiy muammolarni aql - 
idrokka, ilmiy salohiyatga tayanib emas., balki murosasiz, kuch ishlatish yo‗li bilan hal 
qilishga intiladi. 
MUSTABID TUZUM
— davlatni idora etish shakllaridan biri, mutlaq hokimiyatga 
ega bo‗lgan siyosiy tuzum. Bunday tuzum sharoitida ishlab chiqaruvchilar, fuqarolar 
mulkdan, jamiyatni idora etishdan, madaniyatdan bebahra qilinadi. Bu ma‘muriy-
buyruqbozlik usulidir. Bunday tuzumda ilm-fan siyosat dasturiga aylanib qoladi. 
Ikkinchidan, bozorsiz ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodi tashkil etiladi. 
MUSTABIDLIK
(despotiya) — yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy 
tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zo‗ravonlik, bosib olish, ba‘zan esa, qonuniy 
hokimiyatni ag‗darib tashlash natijasida o‗rnatiladi. Bunday davlatda huquqiy, axloqiy 
asoslar bo‗lmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning o‗zi juda kam bo‗ladi. U zo‗ravonlik, 
ba‘zan esa terror va genosid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. M. 
tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. M. rejimi insoniyat taraqqiyotining 
dastlabki bosqichlariga xos bo‗lsada, ayrim hozirgi zamon davlatlarida ham uning o‗ziga 
xos jihatlarini ko‗rish mumkin. 
MUSTAMLAKA
— ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy etgan, metropoliya 
davlatlari qo‗l ostida bo‗lgan, siyosiy va iqtisodiy mustaqillik huquqlaridan mahrum 
etilgan, maxsus rejim asosida idora etiladigan mamlakat va hududlar. 
MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO„STLIGI (MDH)
— davlatlararo tashkilot. 
1991-yil 8-dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana 
shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib 


189 
ketish natijasida yo‗q bo‗lganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, 
madaniy va b. sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-
dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Moldaviya
Tojikiston, Turkmaniston, O‗zbekiston hammuassis sifatida qo‗shildi, ular Belorussiya, 
Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari to‗g‗risidagi 
Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil MDHga Gruziya qo‗shildi 
(Gruziya 2009-yildan MDHga a‘zoligini to‗xtatgan). 1993-yil MDH Ustavi qabul qilindi, 
u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, tashqi siyosiy faoliyatini 
muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa 
tizimlarini rivojlantirish, aholi sog‗lig‗i va atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy 
masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi qurash, mudofaa 
siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qo‗riqlashda birgalikda faoliyat 
yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy a‘zolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim 
turlarida qatnashuvchi a‘zolar bo‗lishi mumkin. Mug‗iliston va Afg‗oniston kuzatuvchi 
davlatlar hisoblanadi. MDHning qo‗yidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliqlari 
kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo 
iqtisodiy qo‗mita, markazi Sankt-Peterburgda bo‗lgan Parlamentlararo assambleya va 
b.lar. MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi 
maslahat qo‗mita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat 
boshliqlari kengashi bir yilda kamida ikki marta o‗tkaziladi. MDH organlarining faoliyati 
MDH Nizomi bilan tartibga solinadi. Shtab kvartirasi Belorussiyaning Minsk shahri va 
Rossiya Federatsiyasining Moskva shaharlari hisoblanadi. A‘zo davlatlarning aholisi 283 
mln. kishini tashkil etadi. O‗zbekiston o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot emas., balki 
mustaqil davlatlarning harakatini muvofiqlashtiruchi organ sifatida qaraydi. MDH 
hududida davlatlarning teng huquqliligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, 
tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar o‗rtasida 
savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.
 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish